Mundarija: kirish I bob ingliz va o‘zbek xalq ertaklarining janr xususiyatlari


Magistrlik dissertatsiyasining tadqiqot metodlari


Download 215.43 Kb.
bet4/22
Sana21.11.2023
Hajmi215.43 Kb.
#1790908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Ingliz tili va O`zbek tili sehrli ertaklar tipologiyasi Ochilova

Magistrlik dissertatsiyasining tadqiqot metodlari. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy- tipologik va tarjima metodlaridan foydalanildi
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ingliz va o‘zbek xalq sehrli ertaklarga xos janr xususiyatlari hamda tipologiyasi qiyosiy tadqiq etilganligi; ingliz va o‘zbek tilidagi o‘ttizdan ortiq sehrli ertaklardagi tilsim va vazifadosh sehrli predmetlar hamda taom bilan bog‘liq sehrlar qiyosiy o‘rganilganligi hamda syujeti o‘xshash ikki til ertaklardagi farqli va o‘xshash jihatlar aniqlanganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ishdagi nazariy umumlashma va tahlillardan “O‘zbek folklori”, “Bolalar adabiyoti”, “O‘zbek mifologiyasi”, “Adabiyot nazariyasi”, “Xalq og‘zaki badiiy ijodiyoti” fanlari bo‘yicha maxsus kurslar o‘tishda va maʼruzalar o‘qishda, ingliz va o‘zbek folklori fanlaridan dars mashg‘ulotlari olib borishda, o‘quv qo‘llanmalar, darslik, majmualar yaratishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot approbatsiyasi. Tadqiqot ishi bo‘yicha “English and Uzbek language typology of magical fairy tales” va “Comparative analysis of the stepmother theme in the fairy tales “Zumrad va Kimmat” and “Cindrella” ” nomli maqolalar chop etilgan.
Tadqiqot ishining tuzilishi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 90 betni tashkil etadi.

I BOB. INGLIZ VA O‘ZBEK XALQ ERTAKLARINING JANR XUSUSIYATLARI
1.1. Folklorda ertakning janr sifatidagi xususiyati hamda uning tahlili
Ilmiy atamashunoslikda xalq og‘zaki ijodini ifodalovchi folklor (ing.folk - xalq va lore – bilim, donolik) atamasi birinchi marta 1846-yilda ingliz olimi Uilyam Toms tomonidan kiritilgan va O‘zbekistonda termin 1932-yillarda ushbu sohaning yirik vakili H. Zarifov tomonidan qo‘llangan. Ungacha “el adabiyoti”, “og‘zaki adabiyot”, “og‘iz adabiyoti” kabi atamalardan foydalanilgan6.
Ertak – “xalq og‘zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; to‘qima va uydirmaga asoslangan, sehrli-sarguzasht va maishiy mazmundagi epik badiiy asar; cho‘pchak” hisoblanadi7.
Ertakning muallifi – xalqdir. Xalq og‘zaki ijodiga mansub – jamoa mahsuli, og‘zaki yo‘l bilan tarqalishi, anʼanaviylik, anonimlik va ko‘p variantlilik kabi sifatlar ushbu janrga ham xosdir.Ertak so‘zlashning ham o‘ziga xos shart-sharoitlari mavjud bo‘lgan, u professional darajadagi ertakchilar tomonidan ijro etilgan. “Ertakchi – qalbni ovutish, shod etish, xayol og‘ushiga olib kirish, fantastik hodisalar mazmunini his etish, sezish, anglash, zavqlanish, fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga hissa qo‘shib, turli xil axloq normalarini kuzatish, farqlashga o‘rgatuvchi muallim, taʼlimiy-estetik zavq beruvchi sanʼatkordir”8. Ertakchi mos ruhiy holatlarga kira oladi, ayniqsa sehrli ertaklar ijrosida uning sirli olamini his etishlari uchun ovoz jilosini, goh shivirlab, goh ko‘tarib, mimika, ko‘z va gavda harakatlarini qo‘shadi; hayvonlarga xos ovozlarni taqlid qiladi.
Ertak xalq og‘zaki ijodidagi badiiy nasrning eng qadimiy va ommaviy namunasi hisoblanadi. Har birimiz bolalik vaqtimizdan ertak eshitib o‘samiz. Bolalarni ovutish uchun kattalar ertak aytib beradilar, bolalar ham ulg‘ayib, maktabga bora boshlagan vaqtlaridan kichik-kichik ertaklarni o‘zlari ayta boshlaydilar. Bu bolaning bir-biriga aytgan ertaklari qisman kattalardan eshitgani qisman esa o‘zi to‘qigani bo‘ladi. Tadqiqotchi Yu. Sokolovlar shuni nazarda tutib bo‘lsa kerak: «Bolalarning bir-birlariga aytib bergan ertaklari esa, deyarli yozib olinmadi», deb afsus qilgan edilar. Haqiqatan ham to‘plangan xalq ertaklarini aytib beruvchilarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, aksariyat kattalar tomonidan aytilganining guvohi bo‘lamiz.
Har bir millatning, xalqning ertagi o‘sha yurtning tarixini, ma'naviy-madaniy turmush tarzini, ichki dunyosini, imon-e'tiqodini boshqa qardosh el-u elatlar bilan ijtimoiy munosabatlarini, urf-odatlarini, yashash joyining iqlimi va tabiiy shart-sharoitlarini o‘rganishda muhim manba vazifasini o‘taydi. Ertaklar o‘z janriy tabiatiga xos badiiy-kompozitsion qurilishga ega. Ular bir xil badiiy shakliy qoliplar doirasida yaratiladi va ijro etiladi. Kirish, boshlanish, tugun, epik sarguzasht va tugallama ertak kompozitsion qurilmasining asosini tashkil etadi. Ertaklarning an'anaviy kirish bilan boshlanishi jahondagi barcha xalqlar ertakchiligi uchun mushtarak xususiyat hisoblanadi. An'anaviy kirishning vazifasi tinglovchilar e'tiborini bir nuqtaga jalb etish, ertak tinglashga hozirlashdir.
Ertak – xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy janrlaridan biri bo‘lib, unda xalq ruhi, uning donishmandligi, fikr va intilishlari aks etadi. Ertak orqali bola olamni idrok etadi, ma’naviy qadriyatlarni o‘ziga singdiradi, yaxshilik va yomonlikni ajrata olishni o‘rganadi. Ertak yaxshilikning yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishini e'lon qiladi, bir vaqtning o‘zida o‘rgatadi va ko‘ngil ochadi, lekin uning asosiy vazifasi tarbiyadir. Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, “ertak – bu so‘zda mujassamlangan haqiqat va adolatni, muhabbat va baxtni abadiy izlovchi xalqning qalbidir. Bugun ertak uzoq o‘tmishning eskirgan yodgorligi emas, balki milliy madaniyatning yorqin jonli qismidir”
Demak, ertak - bu, odatda, sehrli, fantastik kuchlar ishtirokidagi badiiy qahramonlar va voqealar haqida hikoya qiluvchi og‘zaki xalq amaliy san'atining epik asaridir.
Adabiyotshunoslar ertakning uch turini ajratib ko‘rsatadilar: sehrli ertaklar, maishiy ertaklar, hayvonlar haqidagi ertaklar. Ulardan eng qadimgisi hayvonlar haqidagi ertaklar va maishiy-kundalik ertaklardir. Hayvonlar haqidagi ertaklar qadimiy urf-odatlarni aks ettiradi, ammo hayvonlarning qahramonlari insoniy fazilatlarga ega. Demak, masalan, o‘zbek ertaklarida ayiq ahmoq, bo‘ri ochko‘z, tulki esa ayyorlik timsoli.
Ertaklarda o‘z qonunlari, makon va zamon bilan o‘zgacha fantastik, sehrli olam yaratiladi.
Kundalik ertaklar kundalik hayotda sodir bo‘layotgan voqealar haqida hikoya qiladi va oddiy odamlar ularning qahramoniga aylanadi. Bu asarlarda dangasalik, ahmoqlik, ochko‘zlik masxara qilinadi, topqirlik, mehnatsevarlik, mehribonlik, hayo ulug‘lanadi. Kundalik ertaklar asosiy narsa boylik va kuch emas, balki mehr-oqibat, aql va halollik ekanligini isbotlaydi.
Deyarli barcha ertaklar quyidagi xususiyatlarga ega:
-matn hajmi kichik; 
-syujetning soddaligi va elementarligi; 
-kompozitsiyaning ayrim xususiyatlari;
-epizodni epizod ustiga qo‘yish;
-epizodning bir necha marta takrorlanishi.
Ertaklar tarkibida odatda quyidagi komponentlar farqlanadi:

  1. boshlanish - ertakning boshlanishi; asosiy hikoya bilan bog‘liq ba'zi an'anaviy ertak formulasidan foydalanish mumkin;

  2. asosiy qism - aktual hikoya; 

  3. tugatish - ertakning so‘nggi so‘zlari, ularda ertakning axloqi yoki hikoyaning qanday tugaganligi haqidagi hikoya mavjud; Ko‘pincha ajoyib formula tugatish sifatida ishlatiladi.

An'anaviy ertak formulalaridan foydalanish, doimiy epitetlar, vaziyatlarning uch marta takrorlanishi va leksik takrorlash - bularning barchasi ertaklarni yaxshiroq yodlashga yordam berdi.
Demak, ertak xalq og‘zaki ijodining eng yorqin, o‘ziga xos turlaridan biri bo‘lib, bugungi kungacha saqlanib qolgan, o‘zining qiziqarliligi, obrazliligi, ibratliligi bilan bolalar va kattalar uchun jozibadorligini yo‘qotmagan.
Ma’lumki, ertak xalq ijodining an’anaviy namunasidir va insonlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Inson qandaydir ko‘zga tashlanmaydigan kuch, xavflar qurshovida yashab, uni izohlash imkoniga ega bo‘lmasdan, ochlik va o‘lim kabi dahshatlardan qutulish yo‘lini izlab yashab kelgan. Tabiiyki, bunday chorasizlikdan
mustasno bo‘lishning imkonini topish kerak bo‘lgan, aks holda yashashga hojat qolmaydi. Xuddi shu izlanishlar ertaklar olamining timsol va ramzlar yaratishiga asos bo‘ldi. Oqibatda, maishiy va xayoliy mazmundagi ertaklar paydo bo‘lib, xalq og‘zaki ijodining eng ko‘p tarqalgan janriga aylandi. Ertak asrlar davomida xalq bilan birga yashab keladi, avloddan avlodga milliy qadriyat sifatida yetkaziladi. Ertak so‘z ustalarining jamoaviy ijodi mahsuli bo‘lib qolmay, individuallik xususiyatiga ham ega, chunki unda olamning mifologik idroki aks etadi.
Folklor asarlarining muhim manbasi xalqning hayoti, tarixi, ijtimoiy munosabatlari, an’ana-udumlari, estetik dunyoqarashi, yashash muhiti, atrofdagi tabiat ekanligi ma’lum.
Bundan tashqari, ramziy tasvirlar ham olam manzarasini tasvirlovchi belgilarga aylanadi. Masalan, o‘zbek va ingliz ertaklarida a goose that lays golden eggs, a monstrous giant with two heads, flat nosed imps with pointed ears, a ghost, o‘zbek ertaklarida esa parilar insonlar ko‘makchisi sifatida, kabutarlar xabarchi timsoli, tulki ayyorlik, chumoli mehnatkash jonzot timsolida keladi. Bunday ramziy belgilarning ertak tinglovchilarga pragmatik ta’siri yuqori darajada bo‘lishiga gumon yo‘q. Ramz (simvol)ni “haqiqiy belgiga” tenglashtirgan Ch.Pirs uning mavjudligini faqat interpretant (tinglovchi) yordamida voqelanadigan qiymatda ko‘radi. Zotan, so‘zlar odatda subyektlar o‘rnida turadi, ularning sifatlarini ifodalaydi, chunki ular tinglovchi ongida mutanosib belgilarni uyg‘otishi kerak.9
Ertaklar matnida ma’lum bir zamon va makonda qo‘llanishda bo‘lgan belgilar tizimi voqelanadi. Ushbu turdagi matnlar grammatik, lug‘aviy tuzilishi, mazmun
ifodasi bilan boshqalardan farq qiladi. Bunday belgilar qatoriga so‘z, so‘z birikmalari, gap kabilar kiradi va ularning sintagmatik aloqalari asosida gapdan yuqori sathga tobe birliklar hosil bo‘ladi.
Ertaklarda bayon qilinayotgan voqealar, personajlar bajarayotgan harakatlar, asosan, to‘qima xarakterga ega bo‘lib, ularning real hayotda sodir bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Masalan, faqat ertaklarda “baliq o‘ndan ortiq tilda gapirishi”, “tovuq oltin tuxum berishi”, “odam quyonga aylanib qolishi”, “ko‘zguda ma’shuq sevgilining jamolini ko‘rishi” mumkin. Bu sifat, noreal hodisalarni tasvirlash imkoniyati personajlar tashqi qiyofasi tavsifida ham faollashadi.
Jumladan, ingliz xalq ertaklari personajlari tizimini o‘rgangan V.S.Annatova ularning qiyofasi tasvirida reallik va noreallik qarama-qarshiligi quyidagi qatorlarga egaligini qayd etadi:
-voqea umumiy ko‘rinishga egaligi va ayrim noreal xususiyatlarning mavjud emasligi;
-voqea umumiy ko‘rinish – ayrim noreal belgilarning mavjudligi;
-xayoliy (fantastik) umumiy ko‘rinish – alohida noreal belgilarning mavjudligi;
-xayoliy umumiy ko‘rinish – alohida xayoliy belgilarning mavjud emasligi.10
Voqealar sodir bo‘lishining matnlarda ifoda topish holatlarini kuzatgan tadqiqotchilar reallik (voqelik)ning uch ko‘rinishga egaligini qayd etadilar. Ajratilgan obyektiv, subyektiv va lisoniy realliklarning har biri o‘z obyektiga ega. Obyektiv reallikni voqelikda mavjud predmet-hodisalar tashkil qilsa, qolgan holatlarda referent taffakurda xayolan tasavvur qilinayotgan voqelikdir. Xuddi shu referent lisoniy belgida aks topadi. Bu esa, o‘z navbatida, haqiqatda mavjud bo‘lmagan ertak personajlarini (dev, yalmog‘iz kampir, suv parisi...) nomlashga imkon beradi. Bu xildagi referentlar insonning tafakkur faoliyati zamirida, umumlashtirish va mavhumlashtirish amallari vositasida shakllanadi.11
Xullas, M.Jo‘rayeva qayd etganidek, ertaklar xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy janri sifatida “rang-barangligi, yaratilishi jihatidan qadimiyligi,
g‘oyaviy-badiiy yuksakligi, dunyo xalqlari adabiy merosiga munosib hissa bo‘lib qo‘shiluvchi go‘zal asarlarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Qadimiy ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bu bebaho og‘zaki badiiy meros ... bebaho va ardoqli bo‘lib, ularning mazmuni negizida ezgulik va yovuzlik, soddalik va ayyorlik, muhabbat va nafrat, to‘g‘rilik va egrilik, boylik va kambag‘allik kabi barcha mintaqa hayotiga xos bo‘lgan umuminsoniy g‘oyalar yotadi”12.
Qadimgi zamonlardan og‘izdan-og‘izga o‘tib kelayotgan ertaklar zamonning o‘zgarishi natijasida ro‘y bergan yangiliklarni ham o‘ziga singdirib boradi. Xalq og‘zaki ijodini o‘rganuvchi olimlarning ta`kidlashlaricha, dunyodagi hamma xalqlarda keng tarqalgan janr ertakdir. Sehrli ertaklarning yaratilishida umumiy o‘xshashlik yana ham kuchliroq seziladi. Ertaklarning bu turi qadimdan yaratilganligidan, turli xalqlar maishiy hayotida o‘xshashliklarning ko‘pligidan darak beradi13. Ammo bu degani so‘z ertaklarda milliylik aks etmaydi, degan xulosaga olib kelmaydi. Chunki ertaklar mavzuidagi qahramonlar ismlarida, muammolarida, maishiy masalalarning ifodasida, tabiat tasvirida, voqealar bayonida, kasb – hunarlar ta`rifida milliy til, milliy ruh alohida aks etadi. Xalq ertaklarining ommaviyligi va yashovchanligini ham asosan ularning ana shu xususiyatlari bilan izohlash mumkin.
Ertaklar professional ijrochilikka asoslangan. O‘tmishda ertaklar yilning ma'lum davrida, belgilangan paytda ijrochilik salohiyatiga ega bo‘lgan yoshi ulug‘, dono, hurmatli va e'tiborli kishilar tomonidan aytilgan. Ertak aytuvchilarni qadimda «ertakchi», «matalchi» deb atashgan. Odatda, bunday professional ijrochilar ertakchi deb yuritiladi. Xalq ertak aytmoqqa jiddiy qaragan. Epik turning doston, ertak, naql singari janrlariga oid folklor asarlari muayyan epik xotira, epik bilim va ijrochilik salohiyatiga, ya'ni maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan professional ijrochilar tomonidan aytiladi. Rivoyat va afsonalar esa keng xalq ommasi tomonidan ijro etiladi. Professional aytuvchiga ega bo‘lmaslik afsona janrining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ekanligini qayd qilgan K.Imomov «afsonani faqat professional ertakchi yoki dostonchi aytishi shart emas, balki eshitgan, bilgan shaxs xohlagan formada hikoya qila oladi», - deb yozgan edi14.
Folklorshunos U.Jumanazarov «professional aytuvchilarga ega bo‘lmaslik, keng ommaviy ijro xarakteriga ega bo‘lish xususiyati afsona va rivoyat janrlarining muhim belgisi ekanligini qayd qiladi.15
Folklorshunos M.Jo‘raev esa afsona, rivoyat va og‘zaki hikoya janrlariga oid matnlarni aytuvchi kishilarning folklor asarlarini ommalashtiruvchi professional ijrochilikka daxli yo‘qligini qayd qilar ekan, quyidagi muhim xulosani bayon qiladi: «Ertak, latifa yoki naql ijrochisi o‘rni kelganda afsona yoki rivoyatlarni ham hikoya qilaveradi. Ammo ma'rifiy nasr janrlariga (mif, afsona, rivoyat, og‘zaki hikoya - U.S.) mansub asarlarni aytuvchi har qanday odam xalq ertaklarini professonal ertakchi darajasida maromiga yetkazib aytolmaydi»16 Shu haqdagi nuqtayi nazarini «Ertak ermak emas, ertakchi og‘ziga kelganini demas» maqolida ifodalagan. Ertak ertakchi tomonidan yo bir kishiga, yo butun bir jamoaga qarata aytiladi. Bunda aytish mohiyatan ijroga teng. Ertak, umuman folklor namunalarini aytish jarayonlari ham juda qiziq va o‘ziga xos.
Ertaklarning yuqorida bayon qilingan xususiyatlari ushbu turdagi diskursning ijtimoiy-madaniy mohiyatini belgilashi bilan bir qatorda, uning kognitiv tabiatidan
darak beradi. Zero, ertak inson ongi rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning bilim ko‘lami kengayishiga hissa qo‘shadi. Ertakni tinglab voyaga yetgan bolaning intellektual qobiliyati tez suratlarda rivojlanishi haqiqatdir. Eng muhimi, ertaklar matniga tayangan holda milliy dunyoqarash, milliy tafakkur taraqqiyoti haqida ilmiy xulosalar chiqarish mumkin.
Demak, ertak diskursini lisoniy-tafakkur jarayon sifatida va ijtimoiy-madaniy voqelik namunasi maqomida tasavvur qilish lozim. Uning matnida olam lisoniy konseptual manzarasining voqelanishi bilan bog‘liq holatlar tafsilotlarini yoritish orqali ma’lum bir lisoniy madaniyatga xos milliy konseptosferaning tarkibini aniqlash mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, ertak janrining o‘rganilishiga ayniqsa, keyingi asrlarda juda katta qiziqish bildirilgan. Ayniqsa, XX asrni ertak janri o‘rganilishining eng muhim davri sifatida talqin qilish mumkin. Ushbu janrning folklorshunoslar va tilshunoslar tomonidan struktural va narrativ jihatdan tadqiq etilishi jarayonida yuzaga kelgan nazariyalar, yondashuvlar, o‘zgartirish va qo‘shimchalar nafaqat ertak matnlarini, balki, turli badiiy matnlar tahlilida qo‘llash imkoniyatini beradigan usullarni paydo qildi. XX asrda ertak janri endi tilshunoslarninggina emas, ruhshunoslar, etnograflar va huquq sohasi vakillari tadqiqotlarining o‘rganish obʼektiga aylandi. Amerikalik ruhshunos olim B.Bettelgeym (Sehri ertaklar psixoanalizi), nemis ruhshunos olimi Mari von Frans (Ertak psixologiyasi), Fransiyadagi huquq sohasidagi oliy taʼlim muassasalari vakillari tomonidan chop etilgan asarlar (Sehri ertaklarning yuridik tahlili) shular jumlasidandir. Xalqning maʼnaviy boyligi hisoblanmish ertaklarni har tomonlama o‘rganish hali nihoyasiga yetmagan va ular ko‘plab ilmiy tadqiqotlarning mavzulariga aylanishi shubhasizdir.



Download 215.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling