Mundarija: kirish I bob ingliz va o‘zbek xalq ertaklarining janr xususiyatlari


Download 215.43 Kb.
bet7/22
Sana21.11.2023
Hajmi215.43 Kb.
#1790908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
Ingliz tili va O`zbek tili sehrli ertaklar tipologiyasi Ochilova

I bob yuzasidan xulosalar
Ertak xalq og‘zaki ijodidagi badiiy nasrning eng qadimiy va ommaviy namunasi hisoblanadi. Har bir millatning, xalqning ertagi o‘sha yurtning tarixini, ma'naviy-madaniy turmush tarzini, ichki dunyosini, imon-e'tiqodini boshqa qardosh el-u elatlar bilan ijtimoiy munosabatlarini, urf-odatlarini, yashash joyining iqlimi va tabiiy shart-sharoitlarini o‘rganishda muhim manba vazifasini o‘taydi. Birinchi bob yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik:

  • ingliz va o’zbek ertaklar o‘z janriy tabiatiga xos badiiy-kompozitsion qurilishga ega. Ular bir xil badiiy shakliy qoliplar doirasida yaratiladi. Kirish, boshlanish, tugun, epik sarguzasht va tugallama ertak kompozitsion qurilmasining asosini tashkil etishi aniqlandi;

  • ertaklarning an'anaviy kirish bilan boshlanishi jahondagi barcha xalqlar ertakchiligi uchun mushtarak xususiyat hisoblanishi o’rganildi;

  • syujetning soddaligi va elementarligi, kompozitsiyaning ayrim xususiyatlari,

ertak ichida ertak shaklida kelishi va epizodning bir necha marta takrorlanishi tahlil qilindi;

  • ertaklar tarkibida komponentlar farqlanishi o‘rganildi.

Shuningdek, o‘zbek xalq ertaklarimizning badiiy ijod namunasi sifatidagi janr xususiyatlari ko‘rib chiqildi:
1. Ertaklar xalq og‘zaki ijodining epik jinsi (turi)ga mansub.
2. Ertaklar, asosan, nasrda yaratiladi. Faqat ayrim asarlardagina qo‘shiqni eslatuvchi sheʼriy parchalar uchraydi.
3. «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan” boshlamasi va «murod-maqsadiga yetibdi” yakunlanmasi ertaklarning anʼanaviy belgisi hisoblanadi.
4. Hayoliy-fantastik tasvir ertaklar syujetida qo‘llanadigan ustuvor usuldir.
5. Ertaklarning umumiy mazmunida IMF formulasi doimiy takrorlanadi. Har bir ertak I – initsial – boshlanma; M – medial – asosiy qism; F – final – yakunlanmadan iborat bo‘ladi.
Xulosa sifatida shuni ta`kidlash joizki, ingliz xalq ertaklari o‘zbek ertaklaridan keskin farq qiladi. Ingliz ertaklarining o‘zbek ertaklaridan bir farqi ularning oxiri har doim ham yaxshi bo‘lavermaydi, ba'zi hikoyalar qayg‘uli va hatto shafqatsiz tugaydi. Ular bir-biridan makon, janr va hikoyaning o‘ziga xosligi, ayniqsa, personajlar va ularni tanlash usulida farq qiladi. Ingliz tilida yozilgan ertaklar bizda milliy afsonalar, rivoyatlar haqida tasavvur beradi. Bu bizga Angliya madaniyati va turmush tarzini o‘rganish, uning tarixining turli bosqichlarini o‘rganish imkonini beradi.


Download 215.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling