Tadqiqot obyekti sifatida o‘zbek va ingliz folkloridagi sehrli ertaklari tanlangan.
Tadqiqot predmeti ingliz va o‘zbek xalq sehrli ertaklarining janr xususiyatlari hamda syujeti o‘xshash ikki millat sehrli ertaklari qiyosiy tipologiyasi tahlilidan iborat.
Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek xalq sehrli ertaklari tipologiyasini qiyosiy tadqiq etishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
- folklorda ertakning janr sifatidagi xususiyatini ochib berish hamda uni tahlil qilish;
- o‘zbek ertak janri va taraqqiyot asoslarini tadqiq etish;
- ingliz xalq ertaklari janr xususiyatlarini ochib berish;
- ingliz va o‘zbek sehrli ertaklari syujetini qiyosiy tahlil etish;
- ingliz va o‘zbek sehrli ertaklarida “tilsim predmetlar” talqinini aniqlash;
- ingliz va o‘zbek ertaklarida vazifadosh sehrli predmetlar obrazini o‘rganish;
-“Bo‘g‘irsoq” o‘zbek ertagi va ingliz “Johnny Donut” ertagidagi sehrli predmetlarini qiyosiy tahlil qilish;
-“Zumrad va Qimmat’’ hamda “Cindrella” ertaklari tipologiyasini qiyoslab, tadqiq etish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
-ingliz va o‘zbek xalq sehrli ertaklarining janr xususiyatlari ochib berildi;
-ikki xalq syujeti o‘xshash sehrli ertaklari tipologiyasi qiyosiy tahlil qilindi;
-chog‘ishtirilayotgan ikki til sehrli ertaklaridagi tilsim predmetlar,
-vazifadosh sehrli predmetlar hamda oziq-ovqat sehrlari qiyoslab tadqiq etildi;
-chog‘ishtirilayotgan tillardagi syujeti o‘xshash “Bo‘g‘irsoq” va “Johnny Donut” hamda “Zumrad va Qimmat” va “Cindrella” ertaklari tipologiyasi qiyosiy tadqiq etildi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Jahon folklorshunosligida ertak janri muammolari Y.M. Meletinskiy, I.V. Karnauxova, D.N. Sadovnikov, D.K. Zelenin, M. Azovskiy, A. Nikiforov, aka-uka V.Y. Sokolovlar monografiyalarida asosiy obyekt bo‘lgan va bu olimlar o‘z tanlagan mavzulari qamrovida ertak janriga to‘xtalganlar. Xususan, V.Y. Propp asarlarida ertaklar semantikasi, mif va ertak masalalari, bir qator motivlar genezisi va tarixiy taraqqiyoti kabi masalalar atroflicha tadqiq etilgan.
O‘zbek folklorshunosligida ham ertak janri bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, B. Karimov, M. Afzalov, K. Imomov, F.Jalolov, X. Egamov, G‘. Jaxongirov, A. Musaqulov, M. Jo‘rayev, Sh.Turdimov, J. Eshonkulov, N. Do‘stxo‘jayev, Z. Rasulova, Sh. Nazarova va boshqalar ertak janrini maxsus o‘rganganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |