On filologiyasi kafedrasi “Sharq tillarini o‘qitish metodikasi” fanidan kurs ishi mavzu


Download 265 Kb.
bet1/10
Sana29.01.2023
Hajmi265 Kb.
#1137796
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
adabiyot kurs ishi Normo\'minova Manzura ertaklar


OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
SHARQ FILOLOGIYASI VA TARJIMASHUNOSLIK
FAKULTETI
ERON-AFGON FILOLOGIYASI KAFEDRASI

Sharq tillarini o‘qitish metodikasi”


fanidan

KURS ISHI

Mavzu:

Bajardi: 3-kurs fors-ingliz guruhi talabasi Normo‘minova Manzura


Ilmiy rahbar: Sultanxodjayeva S.U.

Toshkent-2023




Kirish…………………………………………………………………………….3
I BOB. Ertaklar- Xalq og’zaki ijodining ajralmas qismi.
1.1. Fors va o’zbek xalq ertaklarining tarixi……………6
1.2. Fors va o’zbek ertaklarining tasnifi………13
II Bob. Fors va o’zbek ertaklarining tasnifiy-tipologik tahlili.
2.1. …………………………………………………………………17
2.2 ……………………………………………………………………………..19
Xulosa ………………………………………………………………………....28
Adabiyotlar ro‘yhati ………………………………………………………….29

Kirish
Folklorning eng qiziqarli shu bilan birga barcha yosh vakillari auditoriyasini o‘ziga jalb eta olgan janr - bu ertak janridir. Ertaklarni o‘rganish bir asrdan ziyod vaqtdan beri davom etib kelayotgan jarayon hisoblanib, shuning katta ulushi rus olimlari va rus xalq ertaklarini o‘rganishga tegishli desak xato bo‘lmaydi. Rus xalq og‘zaki ijodi tadqiqotlarining asosini strukturaviy tipologik o‘rganish usuli tashkil etadi. XIX asrning oxirida rus olimi A.N.Veselovskiy tomonidan ilk tadqiqotlar boshlandi, keyinchalik xalq ertaklari manbalarini o‘rganish A.I Nikiforov, R.M. Volkovlar tomonidan davom ettirildi. XX asr boshlarida olimlar V.P.Anikin, V.M. Jirmunsk rus xalq og‘zaki ijodini shu jumladan ertaklarni o‘rganish borasida ko‘pgina ilmiy ishlarni yaratdilar1.
Xalq ertaklari ifodalayotgan voqeligining saviyasiga, g‘oyaviy mazmuniga, obrazlar talqiniga, badiiy tili va uslubiga, voqelikni aks ettirish tarziga, sujet va kompozitsiyasi qurilishiga, hamda xayoliy va hayotiy uydirmaning tutgan o ̳rni va vazifasiga ko ̳ra tasnif qilinadi. Shu xususiyatlariga ko‘ra folklorshunos V.Y. Propp rus xalq ertaklarini sehrli, novellistik, kumulyativ, hayvonlar haqida va hayotiy kabi besh turga bo‘lsa, o’zbek ertakshunosi M.Afzalov ertaklarni fantastik va realistik turlarga bo’lib, hayvonlar haqidagi ertaklarni fantastik ertaklar tarkibiga qo ̳shib yuborsa-da, bu tasnifiga rioya qilmay hayvonlar haqidagi ertaklarni alohida o ̳rganadi va shu zaylda o’zbek xalq ertaklarining uch ichki xilga egaligini e'tirof etadi: Bularni: a) hayvonlar haqidagi ertaklar; b) sehrli-fantastik ertaklar va v) hayotiy-satirik ertaklar tarzida ifodalaydi 2. Uning shogirdi K.Imomov esa ustozi tasnifiga asoslanib, o’zbek xalq ertaklarini sehrli va hayotiy singari ikki turga bo ̳lib, hayvonlar haqidagi ertaklarni sehrli ertaklar silsilasida o ̳rganmoqni ma'qul topadi . O ̳z navbatida, hayotiy ertaklarni ham jangnoma tipidagi, ishqiy-sarguzasht tipidagiva hajviy kabi uch ichki xilini farqlab ko ̳rsatadi. S.Jumayeva va Z.Usmonovalarning tadqiqotlari o ̳zbek xalq ertaklari silsilasida hayvonlar haqidagi ertaklar alohida guruhni tashkil etishini, shuningdek, novellistik ertaklar ham talaygina ekanligini yorqin tasdiqlaydi3. Ana shu mulohazalarga tayanib, hozircha o ̳zbek ertaklarining uch ichki turini farqlab o ̳rganmoq ma'qul topildi. Bular qo ̳yidagilar: 1.Sehrli -fantastik ertaklar.2.Hayvonlar haqidagi ertaklar. 3.Maishiy-hayotiy ertaklar. Sehrli-fantastik ertaklar. Bu tipdagi ertaklar batamom xayoliy uydirma asosiga qurilganligi, ibtidoiy insonning animistik tasavvur-tushunchalarini ifodalab kelishi jihatidan boshqa turdagi ertaklardan keskin farq qiladi. Ularda, M. Gorkiy ta'rificha: «hammadan ham «uydirma» hodisalarni oldindan ko ̳ra biluvchi tafakkurimizning ajoyib xususiyati ibratlidir. Ularda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan, asar qahramonlari har narsa qo ̳lidan keladigan mo ̳jizakor kimsalar («Yalmog‘iz», «Devbachcha») yoki jonlantirilgan narsa yoxud hayvonlar («Ur to ̳qmoq», «Ochil dasturxon», «Semurg‘», «Susambil» ertaklari) dan iborat. Bu ertaklarning maqsadi ham turli g‘ayriinsoniy illatlar: yolg‘onchilik, johillik, ikkiyuzlamachilikni la'natlash, aql-farosatlilik, tadbirkorlik, jasurlik, rahmdillik, ahillik kabi chin insoniy xislatlarni targ‘ib qilishdir. Ertakchilar xayoliy «uchar gilamlar»ni aeroplanlar ixtiro qilinmasdan necha asrlar ilgari, afsonaviy tez harakatlarni parovoz, gaz va elektromotorlar bunyodga kelmasdan birmuncha vaqt ilgari bilgan edi... Insonning ajoyib xususiyatlaridan biri» faraz»ni ham fantaziya, «uydirma» vujudga keltirib tarbiyalagan.4»

Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling