On filologiyasi kafedrasi “Sharq tillarini o‘qitish metodikasi” fanidan kurs ishi mavzu


Download 265 Kb.
bet9/10
Sana29.01.2023
Hajmi265 Kb.
#1137796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
adabiyot kurs ishi Normo\'minova Manzura ertaklar

Qorbo‘ron metodi
Metod mashg‘ulotni o‘zaro musobaqa ko‘rinishida tashkil etilishini ta’minlaydi. Uni qo‘llashda o‘quvchi (talaba)lar mavzu yuzasidan tezkor, asosli, to‘g‘ri fikrlay olishlari lozim. Metodni qo‘llash quyidagi tarzda kechadi:

  1. O‘qituvchi muhokama uchun tanlangan mavzu (masala)ni e’lon qiladi.

  2. O‘qituvchi o‘quvchi (talaba)larni metodning mohiyati, shartlari bilan tanishtiradi.

  3. O‘quvchi (talaba)lar ikki guruhga ajratiladi.

  4. O‘qituvchi guruhlarning e’tiboriga mavzu bo‘yicha tuzilgan savollarni havola qiladi.

  5. Guruhlar o‘qituvchining savollariga birinchi bo‘lib, to‘g‘ri javob topishga harakat qiladi.

  6. Guruhlarning har bir to‘g‘ri javobi yumaloqlangan qor ko‘rinishida ularning hisobiga yozuv taxtasida yozib boriladi.

  7. Barcha savollarga javob topilgach, guruhlar tomonidan to‘plangan ballar umumlashtiriladi va g‘olib jamoa (guruh) aniqlanadi.


Mavzu tushuntirilgach, “qorbo‘ron metodi” orqali amaliy mashg‘ulot o‘tildi. Elektron doskada oila rasmi ko‘rsatildi. Va o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lindi. O‘quvchilar 10 daqiqa vaqt ichida bu rasmni tasvirlab berishlari kerak edi. Va so‘ngida rasmni aniq va mukammal tasvirlagan guruh g‘olib bo‘ldi.

Xulosa

  • Kurs ishida dastlab leksikani o‘qitish malakalari va ko‘nikmalari o‘rganildi;

  • Dars davomida qo‘llanadigan usullar va metodlar bilan tanishtirildi;

  • Talabalarning chet tillarini oson o‘rganishlariga foyda beradigan o‘yinlar berildi;

  • Bizning oila matni va mashqlar orqali yangi so‘zlar berildi;

  • yangi so‘zlarning leksikasini qo‘llashda qulayliklar paydo bo‘ldi.

Chet til o‘rganish ko‘p qirrali ta'limot bo‘lib, bu jarayonda inson murakkab psixologik o‘zgarishlarni boshdan kechiradi. Jumladan ona tili bilan chet tilini taqqoslash jarayoni yuzaga keladi. Bu jarayonda o‘rgatishning turli metod va texnologiyalaridan foydalaniladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida chet til bilan ona tilini taqqoslab o‘rgatish samarali natija beradi. Chet til o‘rgatish uning metodikasiga oid bilimlarga ega bo'lishni taqozo etadi. Metodika va texnologiyalar chet til o‘rganish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Darsni tashkil qilishda metodika fanining turli usullari mavjud. Chet til o‘qitish metodikasida keng qo‘llaniladigan metodlar: tarjima metodi, aralash metodi va qiyosiy metod hisoblanadi. Uchala metod bir biri bilan chambarchas bog‘liq va bir - birini to‘ldiradi. Chet til o‘rganish natijasida o‘zga mamlakat madaniyati ham o‘zlashtiriladi. Chet til ta'limida kerakli bilimlarni egallash uchun " mashqni tashkil qilish texnologiyasi " muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha bilimlarni o‘zlashtirish uchun mashq eng yaxshi usul hisoblanadi Mashq nafaqat chet til ta'limida balki barcha soha bilimlarini o‘zlashtirishda ham ijobiy natija beradi. Darsni samarali tashkil etish, unda pedagog faoliyati va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni beqiyosdir.


Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling