Mavzuning dolzarbligi.
Bizning mavzuyimiz “Asosiy sharq tili leksikasini o‘rgatishda qo‘llaniladigan metodlar va mashqlarning turlari (Bizning oila matni asosida) bo‘lib, bizning asosiy tilimiz sharq tili hisoblanadi.
Kurs ishida fors tilida “Bizning oila” matni asosidan kelib chiqqan holda yangi so‘zlarni o‘rgatish, ularga tasavvur uyg‘otish uchun mashqlar orqali, video, musiqa eshitishlar bilan yoritib berdik. Mazkur kurs ishimiz fors tilini endigina o‘rganayotgan talabalarni so‘z boyligini oshirishga mo‘ljallangan.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.
Mazkur kurs ishida “Bizning oila”matni orqali oila mavzusiga oid yangi so‘zlar berilib o‘yinlardan foydalanib talabarga so‘zlarni oson eslab qolish usullari o‘rgatildi, turli xil metodlar tahlil qilinib bo‘lajak o‘qituvchilar uchun samarador metodlar ko‘rsatib o‘tildi, matnga oid mashqlar berish orqali o‘tilgan oila mavzusini mustahkamlash ko‘nikmalarini tahlil qilindi. Bir qancha olimlarning fikrlari taqdim etildi. Leksikaning tasnifi masalasini ilmiy tekshirgan olimlar (V. A. Buxbinder, S. V. Kalinina, L. Z. Yakushina, M. S. Latushkina, N. V. Nikolayev, A. A. Zalevskaya, M. A. Pedanova, Y. V. Gnatkevich, H. Soynazarov va boshqalar) turli nuqtayi nazarlardan turib, chet til leksikasining toifalarini aniqlaganlar. Leksikani tasniflash borasida I. V. Raxmanov4 birinchilardan bo‘lib, ilg‘or ilmiy g‘oyalar bilan chiqqan. 1960- yillarda leksikani farqlab o‘rgatishning ayrim masalalari metodik tadqiq qilindi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari:
Dastlab talabalarga “mening oilam” mavzusiga oid yangi so‘zlarni o‘rgatish;
“ Bizning oila ” mavzusi bo‘yicha talabalar o‘z fikrlarini to‘liq bayon eta olishlariga erishish;
Tinglash ko‘nikmasini shakllantirish;
Talabalarni xotira va aqlini rivojlantirish;
Talabalarga til o‘rganilayotgan til mamlakatining va bizning oilalarimiz o‘rtasidagi o‘xshashliklar, qarama-qarshiliklar haqida ma’lumot berib, talabalarni tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |