Kompleks texnik mashqlarni she'riy matnlar va ertaklar asosida takomillashtirish reja


Download 22.7 Kb.
bet1/4
Sana25.02.2023
Hajmi22.7 Kb.
#1227610
  1   2   3   4
Bog'liq
8. Kompleks texnik mashqlarni she\'riy matnlar va ertaklar asosida takomillashtirish


KOMPLEKS TEXNIK MASHQLARNI SHE'RIY MATNLAR VA ERTAKLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH


Reja:

        1. Nutq texnikasini kompleks takomillashtirishda ertaklarning o'rni va roli

  1. Ertaklarda xarakter va til uslubi bog‘liqligi

  2. She'riy matnlar asosida nutqni rivojlantirish



Tayanch so’z va iboralar:Ertak,Xalq o’g’zaki ijodi,xayvonlar haqidagi ertaklar,sehirli ertaklar,hayotiy maishiy ertaklar,Sichqon qiz ertagi,kompleks texnik mashqlar, sheriy matn,nutqni rivojlantiruvchi mashqlar
.
Ertaklar xalq og'zaki ijodiyotining eng qadimiy, ommaviy va keng tarqalgan janrlaridan biridir. Ertaklarda mehnatkash xalq ommasining eng yaxshi sifatlari - insonparvarlik, vatanparvarlik, do'stga sadoqat, yorga vafodorlik, shu yo'lda qahramonlik, jasorat ko'rsatish kabi fazilatlar hikoya qilinadi, axloq va odobning yuksak namunalari ulug'lanib, zulm va zo'rlik qoralanadi. Ertaklar kishilarda hayotga muhabbat uyg'otadi, kelajakka umid ko'zi bilan qarashga, eng yaxshi turmush, farovon hayot uchun kurashishga chaqiradi. Yer yuzida adolat va insofning tantana qilishiga ishonch hosil qildiradi.
Ertaklar xalq ijodining epik turiga kiradi. Uning o'ziga xos xususiyati - voqeabandligi, biror voqeani mukammal hikoya tarzida bayon qilishidir. Ertaklar turmush voqeligini ajoyib va g'aroyib, jozibali qilib, kishilarda badiiy zavq uyg'otadigan holda aks ettiradi. Ertak ijrochiligining xarakterli belgilaridan bin shundaki, hikoya qilinayotgan voqea va hodisalar aytuvchi va tinglovchi tomonidan bo'lgan voqea deb emas, balki «muqarrar bo'lmagan hodisalar», deb tushuniladi. Shuning uchun ham ertaklarda voqea va hodisalaming bo'lib o'tgan o'mi va zamoni umumiy tarzda ifodalanadi. Bundan tashqari, ertaklaming zamon va makon e'tibori bilan yuzaga kelgan o'rni ham turlicha. Ular tili va stili (uslubi), shakl va mazmuniga ko'ra o'zaro farq qiladi.
Masalan, sehrli ertaklar hamda hayvonlar haqidagi ertaklar bilan ishqiy-sarguzasht tipidagi yoki hajviy ertaklaming mustaqil jam sifatida tashkil topishi ham turli xil davrda yaratilgan va turli xil jamiyat qatlamlari ta'sirini o'zida saqlagan. «Kenja botir», «Qilichqora», «Malikayi husnobod», «Bulbuligo'yo», «Ur to'q-moq», «Baxtli kal» kabi ertaklaming sujeti, xarakteri, obrazlar sistemasi, tili va hikoya qilish uslubida o'xshash va farqli tomonlar mavjud. Ertaklar o'ziga xos kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, kirish qismi, boshlamasi, tugallamalar alohida ko'zga tashlanadi. Kirish qismi, awalo, ertakchining mahoratini ko'rsatadi, qolaversa, tinglovchilar diqqatinijamlab, ertak eshitishga hozirlaydi.
Hayot haqiqati bilan bog'liq bo'lib, fantastik hamda hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan didaktik g'oya tashuvchi og'zaki hikoyalar ham ertak deb ataladi. Ertaklar obrazlar talqini, g'oyaviy mazmuni va konflikt, sujet va kompozitsiyasi, fantastik uydirma-ning o'rni va funksiyasi hamda tili va stiligako'ra shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklarga bo'linadi.
O'zbek xalq ertakchiligi repertuarida sehrli ertaklar katta o'rin egallaydi. Sehrli ertaklarda personajlar voqea va hodisalar odatdan tashqari g'ayri tabiiy holda tasvirlanadi. Bunda jonsiz narsalar: yer, suv, tosh, oy, quyosh, tog'lar tilga kirib, qahramonlar bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Shunday qilib, mifologik voqealar bilan boshlangan ertak ijtimoiy progressiv g'oyalar tantanasi bilan ajoyib yakuniga erishadi.
Sehrli ertaklar ming yillar mahsuli. Xalq o'z ertagini uzoq zamonlar qayta-qayta tinglagan, unga sayqal bergan, go'zal san'at asari darajasiga ko'targan. Ulug' rus shoiri A.S.Pushkin ertaklar haqida gapirib: «Ertaklarning go'zalligiga qarang, har bin bir doston»,-degan edi. Haqiqatdan ham ertaklar olami nihoyatda go'zal va cheksizdir.
So'z san'ati va sahna nutqini o'rgatish jarayonida bevosita nasr va nazmda yozilgan asarlar bilan birga xalq og'zaki ijodi bo'lgan ertaklardan foydalanish ijrochilik san'atining asosi bo'lgan nutq texnikasining rivojlanishiga juda yaxshi yordam beradi.
Ijrochilik san'ati o'zigagina xos bo'lgan bir qancha xususiyatlar tufayli san'atning boshqa ko'pgina turlaridan farq qiladi. Ana shu xususiyatlardan biri ijrochining sahna asariga bir yo'la material bo'lib xizmat qilishidir. Ijrochilik san'ati tashqi manbalardan mahrum bo'lganligi sababli ijrochining borlig'i: jussasi, nutqi, nafas, ovoz organlari va oliy materiya bo'lgan miyasi material bo'lib xizmat qiladi. Har bir ijrochi asarni tinglovchiga gapirib berish bilan cheklanmay, uni jonlantirishi, badiiy yetuk shaklda talqin etishi lozim. Aslida, ijrochilik san'atining sehri va qudrati ham shundadir. Yomon talaffuz, yomon ovoz yoki ma'lum ish me'yoriga o'rgatilmagan nafas vositasi bilan hech qanday asarni badiiy yetuklikka ko'tara olish mumkin emas.
Nutqning ravon bo'lishi va nutq texnikasini mukammal o'zlashtirish uchun o'zida kompleks mashqlar turkumini mujassamlashtirgan «Sichqon qiz» ertagini namuna sifatida tavsiya etamiz.

Download 22.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling