Mundarija kirish I. Bob. Arxeologik va me’moriy yodgorliklarning o’lkashunoslikda tutgan o’rni


Download 45.22 Kb.
bet1/7
Sana30.04.2023
Hajmi45.22 Kb.
#1403539
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Arxeologik va me’moriy yodgorliklarning o‘lkashunoslikda tutgan o‘rni


MUNDARIJA


KIRISH…………………………………………………………………….…3-5
I.BOB. ARXEOLOGIK VA ME’MORIY YODGORLIKLARNING
O’LKASHUNOSLIKDA TUTGAN O’RNI………………………………6-14
1.1 O`lkamiz tarixini o`rganishda arxeologiya fanining tutgan 
o’rni va axamiyati………………………………………………………..…..6-12
1.2 O’zbekistonda olib borilgan arxeolik tadqiqot ishlari va
ularning asosiy natijalari…….…..…….…………………………………....13-14
II BOB. O’LKAMIZDAGI QADIMGI VA O’RTA ASRLAR DAVRI
SHAHARLARI VA ME’MORIY OBIDALAR……………………….…15-23
2.1 O’zbekistonda olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari va
ularning asosiy natijalari.……………………………………………..…15-17
2.2 Bronza davridagi (mil.av. III-II ming y.) ilk shaharsozlik
elementlari va shahar tipidagi manzillar……………………..……………18-23
XULOSA……………………………………………………………………...24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….25
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Mustaqillik yillarida mamlakatimiz hududida qadimgi davrlardan boshlab rivojlangan qishloqlar, shaharlar va sivilizatsiya markazlarining boy o‘tmishini arxeologik jihatdan tadqiq etish va tarixiy jarayonlarni tiklash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Fan, ta’lim va iqtisodiyotning jadal integratsiyalashuvida respublika hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarni zamon talablari asosida yo‘lga qo‘yish, qazishmalarni keng ko‘lamda tashkil etish, yoshlarni arxeologik izlanishlar bilan tanishtirish hamda ochilgan qadimiy noyob me’morchilik namunalarini ochiq osmon ostida muzeylar shaklidagi turizm ob’ektlariga aylantirish bugungi kunning muhim masalasi bo‘lib qolmoqda. Arxeologiya tarix fanining tarkibiy qismi bo‘lib, ijtimoiy fanlar orasida alohida o‘rin tutadi. Arxeologiya iborasi «arxayos» qadimgi, «logos» fan degan ikkita grekcha so‘zning birikishidan tashkil topgan bo‘lib, qadimgi bilimlar haqidagi fan degan ma’noni beradi. O‘zbekiston tarixi, ibtidoiy jamoa tarixi, o‘lkashunoslik fanlari va arxeologiya ixtisosligi bo‘yicha maxsus kurslar darslarida va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanilib kelinmoqda.. Tarixiy o‘lkashunoslik fanida arxeologik materiallarning qo‘llanilishi o‘quvchilarning ibtidoiy odamlar mashg‘uloti, ularning mehnat qurollari, ibtidoiy jamoa davridan quldorlikka o‘tish jarayoni, qadimgi va o‘rta asrlar davri shaharsozligi, qadimgi davr davlatchiligi va ularni shakllari, qadimgi va o‘rta asr davridagi madaniyat, san’at, me’morchilik, xalqning turmush tarzi haqidagi bilimlarni aniqroq va mustahkamroq o‘rganishga ko‘maklashadi. Arxeologik materiallar tarix fanining vazifasini bajarish sohasida ham muhimdir. Masalan, vatanimiz tarixini aniq dalillar asosida o‘rganish va o‘tmishni moddiy manbalar asosida tanishtirish natijasida o‘quvchilar o‘z xalqining tarixi va madaniyati haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Bu esa yosh avlodda o‘z xalqining o‘tmishi va madaniyatiga nisbatan hurmat bilan qarashga yordam beradi.
O‘rta Osiyo arxeologiyasining rivojlanishida S.P. Tolstov, M.E. Mason, M.M.Dyakonov, A.P. Okladnikov, M.M. Gerasimov, A.YU. YAkubovskiy, YA.G. G‘ulomov, V.A. SHishkin, B.A, Litvinskiy, G.A. Pugachenkova singari mashhur arxeologlar o‘lkamiz tarixini o‘rganishda o‘zlarining juda katta hissalarini qo‘shdilar.

Download 45.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling