Mundarija kirish I. Bob. Arxeologik va me’moriy yodgorliklarning o’lkashunoslikda tutgan o’rni
II BOB. O’LKAMIZDAGI QADIMGI VA O’RTA ASRLAR DAVRI SHAHARLARI VA ME’MORIY OBIDALAR
Download 45.22 Kb.
|
Arxeologik va me’moriy yodgorliklarning o‘lkashunoslikda tutgan o‘rni
II BOB. O’LKAMIZDAGI QADIMGI VA O’RTA ASRLAR DAVRI SHAHARLARI VA ME’MORIY OBIDALAR.
2.1 O’zbekistonda olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari va ularning asosiy natijalari Tarix taqozosi shunday bo’ldiki , O’rta Osiyo mintaqasida markaziy o’rinni egallovchi O’zbekiston hududi qadim zamonlardan boshlab , o’troq dehqonchilik va ularning chorvador ko’chmanchilar madaniyati bilan o’zaro tasirga kirishi jarayoni yuz bergan makonga aylandi . Mazkur sivilizatsiyasining moddiy yodgorliklarini o’zbek tuprog’i o’z bag’rida saqlab kelyapti O’zbekiston arxeologiyasini o’rganish davri 3 ga bo’linadi . 1. Rossiya mustamlakasi davri 2. Sovet hukmronligi davr. 3. O’zbekiston mustaqilligi davri Rossiya mustamlakasi davrining I bosqichi 1819 – yilda kapitan Muravyov boshchiligidagi arxeologik ekspeditsiyaning yuborilishi bilan bog’liq . Bu ekspeditsiya Xiva xonligi hududidagi turli xil arxeologik yodgorliklarni ro’yxatga oladi . U o’zining ilmiy xulosalarini fransuz , ingliz va nemis tillariga tarjima qilib , bu ilmiy xulosalarga tayangan holda 1 – bo’lib O’zbekiston hududida ibtidoiy odamlar yashaganligi haqida fikr yuritadi6 . II bosqich XIX asrning II yarmida boshlangan . Bu davrda Bartold , Jukovskiy , Veselovskiy kabi sharqshunos olimlar , Pun , Lerx , Vyatkin , Paslavskiy , Postroumov va boshqa havaskorlarning O’rta Osiyo arxeologiyasi va tarixini o’rganishga xizmatlari katta bo’ldi . III bosqich Turkiston havaskor arxeologlar to’garagining tuzilishi bilan bog’liq . 1895 – yilda Bartold tomonidan to’garak tashkil etilgan . 1895 – yilda Astroumov rahbarligida Muzey tashkil etiladi . O’zbekiston arxeologiya havaskorlar to’garagi Bartold boshchiligida tashkil etilgan. II bosqich ham 3 davrga bo’lib o’rganiladi : 1). 1917 – 1938 – yillarda davom etgan . 1918 – yilda Moddiy madaniyat tarixi va Rossiya akademiyasi tuzildi . Unga barcha arxeologik , san’at , madaniyat va memorchilik yodgorliklarini hisobga olib ularni davlat himoyasiga olish vazifasi qo’yildi . Arxeologik tadqiqotlarni kengaytirish maqsadida O’rta Osiyo hududida 5 ta ekspeditsiya tashkil etiladi . 1. 1936 – yilda Masson boshchiligida Termiz arxeologik ekspeditsiyasi; 2. 1937 – yilda Bernshtam boshchiligida yettisuv arxeologik ekspeditsiyasi; 3. 1937 – yilda Tolstof rahbarligida Xorazm ekspedidsiyasi; 4. 1937 –yilda Masson rahbarligida Farg’ona arxeologik ekspeditsiyasi; 5. 1937 – yilda Shishkin rahbarligida quyi Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasi; 2). Ikkinchi bosqichda O’zbekiston hududida arxeologik tadqiqotlar anchagina rivojlandi. Unda sobiq SSR fanlar akademiyasining O’rta Osiyo respublikalaridagi filiallari, Lelingrad va Moskvadagi ilmiy tashkilotlar , moddiy madaniyat tarixi akademiyasi , sharq madaniyati muzeyi kabi tashkilotlar O’zbekiston hududida arxeologik tadqiqotlarni olib bora boshladi . 1939 – yildan boshlab fanlar akademiyasi tashkil topgan. 3). Uchinchi bosqich 1945 – yildan keyingi davrlarni o’z ichiga oladi . Bu davrda yuqoridagi ekspeditsiyalar tarkibiga o’zgartirish kiritildi . Yettisuv eksoeditsiyasina - 1944 – 1949 – yillarda Tyanshan Oliy ekspeditsiyasi , 1951 – 1955 – yillarda esa Qirg’iziston arxeologik etnografik ekspeditsiyasi davom ettiradi . 1946 – 1952 – yillarda Farg’ona arxeologiyasini Bernshtant rahbarligida Pomir oloy va Pomir Farg’ona ekspeditsiyalarini o’rgandi 1970 – yilda Farg’ona ekspeditsiysi tashkiletildi . O‘zbekiston arxeologiyasi fanida uzoq yillar mobaynida o‘tkazilgan fundamental tadqiqotlar natijalarini tom ma’noda o‘zbek xalqi tarixi bilan bog‘lash mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlandi. Mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab xalqimizning qadim o‘tmishi, shonli tarixi, ajdodlarimizdan qolgan nodir madaniy merosni ilmiy o‘rganish, uni asrash bo‘yicha yangicha yondashuv, talab va vazifalar davlat miqyosida kun tartibiga qo‘yildi. Ayniqsa, O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning 1998 yilda respublikamizning bir guruh yetakchi tarixchi, arxeologlari bilan o‘tkazgan uchrashuvi va ushbu uchrashuv natijasi o‘laroq, Respublika Vazirlar Mahkamasining “O‘zR FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” chiqqan qarori istiqbolda, tarixchi, arxeologlar tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqotlarning dasturi amali bo‘lib xizmat qildi. Mazkur qarorning qadimgi tarix, xususan arxeologiyaga oid bandlaridagi vazifalardan kelib chiqqan holda, Arxeologiya institutida “O‘zbekistonda Arxeologiya fanini rivojlantirish konsepsiyasi” ishlab chiqildi7. Mustaqillik yillarida nihoyatda faollashgan tadqiqotlar ko‘lami va ularning ilmiy samarasi tufayli, O‘zbekiston arxeologiyasi dunyo ilm-fani darajasiga ko‘tarildi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston arxeologiyasi uchun dunyodagi yetakchi arxeologiya markazlari bilan ilmiy hamkorlik o‘rnatishga, teng asosda xalqaro kelishuvlar tuzishga zamin yaratdi. Ayni paytda, O‘zbekiston hududida Avstraliya, AQSH, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Polsha, Rossiya, Fransiya, Yaponiya kabi davlatlarning arxeolog olimlari bilan hamkorlikda xalqaro miqyosda arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda. 1959 yildan “O‘zbekiston moddiy madaniyati tarixi”, 2002 yildan “O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” yillik to‘plamlari nashr etilib, ularda Respublikamiz hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarning umumlashma ilmiy xulosalari berib boriladi. 2010 yildan esa “O‘zbekiston Arxeologiyasi” ilmiy jurnali chop etila boshlandi. O‘zbekiston arxeologiyasi hozirgi paytda millat manfaati, uning madaniy –ma’naviy hayoti, mustaqillik g‘oyalari talab va istaklaridan kelib chiqqan holda faoliyat yuritmoqda, fanga xizmat qilmoqda. Belgili tavallud yoshlari nishonlangan Ahmad al–Farg‘oniy, imom Moturudiy, imom al–Buxoriy, Burhoniddin Marg‘inoniy, sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek kabi ulug‘ salaflarimizning ilmiy merosi, ular yashab o‘tgan davr madaniyati taraqqiyotini o‘rganishda, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, Xiva, Termiz, Toshkent, Marg‘ilon singari qadimiy shaharlarimizning muborak tarixiy sanalarini rasman aniqlashda, o‘zbek arxeologiyasining xizmatlari beqiyos bo‘ldi. Download 45.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling