Mundarija kirish I. Bob. Arxeologik va me’moriy yodgorliklarning o’lkashunoslikda tutgan o’rni
Bronza davridagi (mil.av. III-II ming y.) ilk shaharsozlik elementlari va shahar tipidagi manzillar
Download 45.22 Kb.
|
Arxeologik va me’moriy yodgorliklarning o‘lkashunoslikda tutgan o‘rni
2.2 Bronza davridagi (mil.av. III-II ming y.) ilk shaharsozlik elementlari va shahar tipidagi manzillar.
Ibtidoiy davr ma‘naviy madaniyatining vujudga kelishida birinchidan, mehnat qurollarining takomillashib borishi, ikkinchidan, ibtidoiy odam nutqi va ongining ta‘siri benihoya katta bo’lgan. Chunki ibtidoiy odam mehnat qurollari orqali, avvalo o’zining oziq ovqatlarga bo’lgan biologik ehtiyojini qondirgan bo’lsa, so’ngra ana shu qurollarni ishlatish natijasida o’zini qurshab turgan tabiat sirlariga chuqurroq kirib borgan. Ilk paleolit davrida ibtidoiy odamlarning ob‘ektiv voqelik haqidagi tasavvurlari birmuncha aniq, hatto o’zlari yovvoyi odam, guruh, aralash oila haqida ham muayyan tasavvurlarga ega bo’lgan. So’nggi paleolit davridan boshlab odamlar atrof-muhitga ta‘sir ko‗rsatib o‗z tabiatini ham o’zgartirib borganlar. Shu davrdan boshlab jamoa turarjoylari o’zgargan. Endi kishilar yerto’la, yarim yerto’la va yer ustiga chaylalar qurib yashay boshlaganlar8. Bronza davriga kelgach, diniy tasavvur va tushunchalar murakkablashib borgan. Ikkinchi tomondan esa yirik qishloqlar va hatto eng dastlabki shaharlar, qo’rg’onlar, diniy e‘tiqod markazi hisoblangan ibodatxonalar vujudga kelgan. Markaziy Osiyo hududida me‘morchilik va binokorlik qadim zamonlardan – m.av. 3 minginchi, ba‘zi ma‘lumotlarga ko’ra 10 minginchi yillardan boshlangan. Juda ko’p arxeologik qazilmalar bu yurtda otashparastlar va budda dinlariga mansub bo’lgan ibodatxonalar qurilganligidan dalolat beradi. O’sha davrlarda qal‘alar qurilishi ham keng rivojlangan. Qal‘alar balandlik joylarda qurilib, tashqi yovlardan mudofaa vazifasini o’tagan. Hozirgi kunda ham 400 ga yaqin qal‘larning qoldiqlari O‗zbekiston hududida mavjuddir. Mamlakatimiz hududida topilgan eng qadimiy san‘at yodgorliklari (Zarautsoy) Mezolit davriga mansubdir. Neolit davri (mil.av. 6-4 ming yilliklar) so‗nggi yillariga kelib Yaqin va O’rta Sharqda bo’lgani kabi Markaziy Osiyo yerlarida qo’rg’on tepalar qurilishi zaminida shahar va shahar davlatlari rivojlanib bordi. Bunday qalalar tabiiy yoki sun‘iy tepaliklar ustiga, tez oqar suvlar o’rtasidagi katta maydonlarda qurilib atrofi qalin va pishiq devor bilan aylantirib o’rab olingan. Qalalar zaminida shaharlar va ular asosida esa dastlabki shahar va shahar davlatlar paydo bo’ldi. Shunday qal‘alar zaminida keyinchalik Xorazm, Baqtriya kabi davlatlar shakllanib borgan. Markaziy Osiyoning janubiy tomonlarida miloddan av. IV-III minginchi yillarda shakllana boshlagan qal‘a devorlari qalin va pishiq ishlangan. Shaharga kirish darvozalariga ham katta e‘tibor berilgan. Darvoza ikki chekasida pilonminoralar bo’lib ular plyastrlar bilan pardozlangan. Qurilishda ko’pxonali uylar paydo bo’lgan, devorlari katta-katta xom g’ishtdan ishlangan, devor va pollariga esa rang berib pardozlana boshlangan, uncha katta bo’lmagan arka(ravoq)lar yordamida tepa tomonini yopishga harakat qilingan, ayrim uy devorlariga tasvir tushirishga intilish seziladi. Xorazm, Xorazmdagi Jonbos qala - eramizdan avalgi 111 ming yilliklarda odamlar yashagan manzillardandir. Bu yerdan qadim odamlarning turmush va madaniyatiga oid ko’p ashyoviy dalillar bu davrda turar joylar tartibga kela boshlaganligidan, sinchdan foydalanish, yog’och va qamich yordamida tomni yopish odati rivojlana boshlaganligini ko’rsatadi. Mil. avv. 1 minginchi yillarga kelib (temir asri) zaminning ko’pgina yerlarida yangi iktisodiy hayot boshlandi. Jamoa boshliklari o’rnini harbiylar egalladi, harbiy demokratiyani yuzaga keltirilishi odamlar orasidagi munosabatlarda o’z ifodasini topdi. Shu davrdan boshlab bu yerlarda shahar davlat, kurg’on va qal‘alar, o’z harakteri jihatidan davlat harakteridagi yirik jamoalar ko’paydi. Shu davrga kelib ijtimoi jamoalar o’rnini dastlabki o’z harakteri jihatidan qishloq jamoalari va sodda davlat tizimiga xos xususiyatlar paydo bo’la boshladi.Shunday jamoa va birlashmalar asosida dastlabki davlatlar shakllandi. Kuchuk tepa (Termiz yaqinida) yodgorligi olimlar fikriga kura mil. avv. X-UІІ asrlarga kadar shakllangan. Bu yerda ko’p xonali uylar mavjud bo’lgan uning ichki qismi xonalari yo’laklar(karidorlar) bilan tutashtirilgan. Devor esa to’rt metrli asos ustida qurilgan. Mudofaa devorlari paxsa va xom g’ishtdan ishlangan.O’zbekistonning janubiy tomonlarida shakllangan Baqtriya davlati shaharlari va odami bilan mashhur bo’lgan. Uning poytaxti Baktra mustaxkam devor bilan o’ralgan qo’rg’onning (akropolni) tashkil etgan. Baqtriyaning Qizil tepa (Shurchi, Surxandaryo vil.)shaharchasi e.a. UІІ-UІ asrlarda shakllangan edi. Shahar to’rt burchak shaklida bo’lib kalin devor, uning atrofi esa zovur bilan o’rab chiqilgan. Devorlari shinakli, yarim dumalok minoralar esa muhim o’rin egallab, odamlar yashaydigan boshqa manzillardan ajralib turgan. Shunday shaharlar Baqtriyaning boshqa yerlari uchun harakterli bo’lgan. Turar joy va yashash qo’rg’onlari ko’p xollarda kvadrat yoki to’rtburchak shaklida bo’lib bu kurg’onlar ichki hovli, ayvonlarga ega yog’och ustunlar qurilishda keng ishlatilgan. Qizil Tepa yaqinidan Qizilcha kurg’oni shunday kadimiy yodgorlik namunasi hisoblanadi. Jarqo‗ton me‘morligi, ayniqsa uning ibodatxonasi alohida o’rin egallaydi. Bu ibodatxona hashamatli bo’lib uning mehrobida mukaddas olov yonib turgan. Kal‘ada kommunikatsiya ishlari yo’lga kuyilgan. Qal‘a ichida 7 m. chukurlikdagi kuduq bo’lgan. Miloddan avvalgi VIII-VI asrgacha bo’lgan davrda Markaziy Osiyo yerlarida bir qator kudratli kuldorlik davlat birlashmalari vujudga keldi. Ular mustaqil tarzda xo’jalik yuritib o’z kudratlarini oshirib borganlar. Shunday davlatlardan biri So’g’d yoki So’g’diyona bo’lgan. Uning poytaxti Marokand (Samarqandning kadimiy nomi) bo’lib Zarafshon Kashkadaryo vohalarini o’z ichiga olgan. Bu vohada kadim paytlarda o‗rtoq va ko‗chmanchi qabilalar yashab kelgan. Shu vohada І-minginchi yillarda dastlabki shahar madaniyati shakllana borgan. Buyuk Ipak yo’li ustidan utganligi ham uning madaniy hayotini jonli bo‗lishni taminlagan Shark va Garb o’rtasida joylashgan bu davlat miloddan avval Old Osiyo va O’rta dengiz xavzasidagi davlatlar bilan, jumladan Yunon-Rim davlatlari bilan yaqin aloqada bo’lish imkoniyatini bergan. Sug’d madaniyat nihoyatda yuksak bo’lganligi so’g’d yozuvi mavjudligida ham ifodasini topgan. Bu yozuv So’g’diyonadan tashqarida ham malum bo’lgan. So’g’dda talim tarbiyaga alohida etibor berilgan.Ayniqsa zodagon va kiborlarning bolalari talimiga ayniqsa bolalar o’qishiga katta etibor berilgan. So’g’d yozuvi 25 belgidan iborat bo’lib, chapdan ungga qarab yozilgan. Bu yozuv keyinchalik Markaziy Osiyoda ham keng ishlatilgan. So’g’d yozuvi asosida keyinchalik uyg’ur yozuvi yaratilib, u Markaziy Osiyo yerlarini arablar bosib olganidan keyin ham uzoq vaqt ishlatilgan. So’g’dda haykaltaroshlik ham keng yoyildi. Bunda ayollar ko’proq tasvirlangan9. So’g’dda bu davrda Markaziy Osiyodagi muhim dehqonchilik markazi bo’libgina qolmay, xunarmandchilik, ayniqsa kulolchilik nihoyatda yuksak bo’lgan. Milodaan avvalgi 1 minginchi yillar o’rtalarida Xorazm Markaziy Osiyodagi yirik davlatlardan biri bo’lgan. Shu davrga oid yodgorliklardan biri Qo’yqirilgan qal‘aning qoldiqlari bizning eamonamizgacha yetib kelgan. Qal‘a kalin devor bilan uralib, atrofi esa suv to’ldirilgan zovur bilan aylantirilgan. Arxeologik kazish ishlari olib borilganda bu yerdan har xil xumlar, haykallar topilgan. Qal‘a xonalarining devorlari esa rasmlar bilan bezatilgan. Bu yerdan ko’plab astadonlar topilgan, ular ichida odamga o’xshaganlari ham bo’lib, uning ichki bo’shlig’ida o’lgan odamning suyaklari saqlangan. Jonbos, Burgut qala ham Xorazm davlatining muhim qo’rg’onlaridan bo’lib, bu yerda ham muqaddas olov saqlanadigan uylar bo’lgan. Xorazmning Ko’zali qurg’on qalin devor bilan o’ralgan, devor minoralar bilan mustaxkamlangan. Qo’rg’on markazida katta inshoat - hukmdor saroyi qarorgohi bo’lgan. Olimlar fikriga ko’ra bu qo’rg’on qadimgi Xorazm davlatining dastlabki poytaxti bo’lgan. Markaziy Osiyoning yerlari qadimdan bosqinchilar uchun boylik orttirish o’lkasi bo’lib kelgan10. Tarixiy ma‘umotlarga ko’ra miloddan avvalgi IX-VII aslarda dushmanlar Markaziy Osiyoning janubiy tomonlariga yurish qilib juda ko’p boyliklar orttirib qaytgan. Mil. av. VI asrlardan esa O’rta Osiyo yerlarining katta qismi Ahomaniylar davlat tomonidan bosib olinib qariyb 200 yildan ortiq vaqt mobaynida uni asoratida bo’lgan. Ahomaniylar Markaziy Osiyoga yurish qilgan paytda bu yerlarda Baqtriya, So’g’d, Xorazm, Parkana, Parfiya Qang’ hamda uning shimoli tomonida o’troq va ko’chmanchi qabilalardan tashkil topgan Saklar ittifoqi shakllanayotgan edi. Eramizdan avvalgi V asrdan boshlab O’rta Osiyo yerlarida nisbatan tinch hayot boshlandi. Shu davrda qator shaharlar paydo bo’ldi, xunarmandchilik rivojlandi, buyuk Ipak yo’li rivojlana boshladi. Mahalliy zodagon va kiborlar chet el bosqinchilari homiyligida tinch hayot kechirib hashamatli saroylar qurdilar, zebu ziynat va bezakka e‘tibor berdilar. Bu davrda shaharsozlikda silijish ro’y berdi. Eski shaharlar qaytadan tiklandi, yangi shaharlar vujudga kela boshladi. Baqtra, Aorn, Kiriopol, Nautaka, Marokand, Ko’zal qir, Erka qala, Kallalikir (Xorazm) shu davr yodgorliklaridandir. Jumladan, shu davrida vujudga kelgan Ko’zali qir, Kallali qir qal‘alari ham ana shu davr an‘analarida ishlangan. Masalan, Ko’zali qir qal‘asi ko’proq uchburchakka yaqin bo‗lib, uning maydoni qalin devor bilan o‗rab chiqilgan. Kalli qir qal‘asi reja asosida ishlangan. Uning to‗rtburchak maydonini qalin devor bilan mustaxkamlangan. Eramizdan avvalgi VI-IV asr O’rta Osiyo me‘morligi haqida Ko’zali qir, Kallali qir (O‗zbekiston), Erka qal‘a (Turkmaniston) me‘morlik komplekslari qoldiqlari taassurot beradi. So’zsiz, bu me‘morlik komplekslari avvalgi davr an‘analarini davom ettirish asosida yuzaga kelgan. Ular qalin devor bilan o‗rab chiqilgan, darvoza va minoralari mavjud bo’lgan. Ularning markazida sun‘iy tepalik bo’lib, unda saroy yoki ibodatxona joylashgan. Saroylar uchun ishlatilgan ustunlar ko’p xollarda kapitellar bilan tugallangan. Eramizdan avvalgi VI-IV asr me‘morligi namunalarining ilk namunasi Xorazmdagi Kallali qir saroy qoldiqlaridir. Saroyning asosiy qismi kvadratga yaqin bo’lib (75X80 m) unga sharq va janubdan hovlilar tutashgan. Shu hovlilarning so’nggisida binoga kirish uchun mo’ljallangan asosiy darvoza bo’lgan. Saroy xonalari esa, odatda, ichki ikki hovli atrofida joylashgan. Saroy tomlari tekis qilib yopilgan. Ustunlar uzun to‗sinlarga mustaxkamlik bergan va tayanch vazifasini o’tagan. Bino ustunlari tepaga kichrayib boruvchi to’rtburchak va aylanalardan tashkil topgan tag kursiga o’rnatilgan bo’lgan va ular toshlardan ishlangan. Ustunlar esa yog’ochdan ishlangan bo’lib, uning kapiteli burgut boshli grifonlar bilan bezatilgan Kallali qir saroy planirovkasi va ko‗rinishi, ustunlarning harakteri bevosita Axmoniylar me‘morligini eslatadi. Farg’ona vodiysi ham O’rta Osiyoning kadimdan odamlar istikomat qilgan manzillardan hisoblanadi. Miloddan avvalgi 1 minginchi yillar o’rtasida ayni shu yerlarda dastlabki shahar davlat vujudga kelgan. Parkana (Davan) davlati shunday davlat birlashmalaridan bo’lib poytaxti Koson (hozirgi Koson) bo’lgan. O’zbekistonlik olim V. M. Masson shu yerlar iktisodiy madaniy hayoti haqida fikr yuritib bu yerlarda qurg’oshin, metal rudalari ko’p bo’lganligini takidlab bu maxsulotlar Turkmaniston, Buxoro yerlaridagi jamoalar bilan tovar almashtirish asosini yaratganligini etirof etadi. Xulosa Arxeologik malumotlar o ‘qituvchilaming ma’ruzalari davomida bergan bilimlariga yanada aniqlik kiritib mazmunini boyitadi, ikkinchidan esa ma’lum davr yoki hudud tarixini chuqurroq anglashga va o‘rgamshga imkon beradi, uchinchidan, alohida mavzulami o ‘rganishda asosiy manba b oiib xizmat qiladi. To‘rtinchidan, ko‘rsatish vositasi vazifasini o ‘taydi. Tarixiy o ‘lkashunoslik fanida arxeologik materiallaming qo‘llanilishi o ‘quvchilaming ibtidoiy odamlar mashg‘uloti, ulaming mehnat qurollari, ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlikka o‘tish jarayoni, qadimgi va o‘rta asrlar davri shaharsozligi, qadimgi davr davlatchiligi va ulaming shakllari, qadimgi va o‘rta asr davridagi madaniyati, san’at, me’morchilik, xalqning turmush tarzi haqidagi bilimlami aniqroq va mustahkamroq o'rgamshga komaklashadi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda arxeologiya fanining o’lka tarixini o ‘rganishdagi о’rni kattaligi yuqoridagi ma’lumotlardan bevosita xulosa chiqarishimizga imkon yaratadi. Arxeologiya o ik a o‘tmishini o'iganishda muhim manba sifatida yoshlarga atrof-muhit tarixini aniq dalillar asosida chuqur o'rgamshga lmkon beradi. Olkashunoslik o'quvchilarga daxsdan olgan bilimlarini hayot bilan bogiash, davr materiallarini mustahkamlashga ko maklashadi. Ularning dunyoqarashini kengaytiradi. Vatanni anglamoq, vatanni sevmoq mavhum tushunchalar boiib qolmasligi uchun yoshlarga o ‘zlari yashab turgan oikani, ya’ni ko‘cha, qishloq, shahar, viloyat tarixini o'rgamshga va mehr-muhabbat uvg‘otishga sharoit yaratib berishimiz kerak. Buning uchun tarixiy oikashunoslikka ko‘proq e’tibor berib, uning muhim manbalaridan biri boigan arxeologik materiallardan foydalanishni kuchaytirish zarur. Arxeologik materiallar tarix fanining vazifasini bajarish sohasida ham muhimdir. Masalan, Vatanimiz tarixini aniq dalillar asosida o ‘rganish va o‘tmishni moddiy manbalar asosida tanishtirish natijasida o'quvchilar o‘z xalqining tarixi va madaniyati haqida aniq maiumotlarga ega boiadilar. Bu esa yosh avlodda o ‘z xalqining o'tmishi va madaniyatiga nisbatan hurmat bilan qarashga yordam beradi. Download 45.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling