1. Inflyasiyaning iqtisodiy ma’nosi va vujudga kelish sabablari


Download 10.4 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi10.4 Kb.
#202857
Bog'liq
Bobga oid savol-WPS Office


Bobga oid savollar

1.Inflyasiyaning iqtisodiy ma’nosi va vujudga kelish sabablari.

2. Inflyasiyaning turlarini yoriting .

3. Talab va taklif inflyasiyasi mohiyatini yoriting.

4.Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi omillar.

5. Inflyasiyaning ijtimoiy – iqtisodiy omillari sanab o’ting

6. Inflyasiya va ishsizlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.

7. Inflyasiyaning baholarni oshishi bilan qanday qanday bog‘liqlik

mavjud?

8.Baholarning oshishi doimo ham inflyasiya mavjudligidan dalolat

beradimi?

9.Inflyasiya jarayoni milliy iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

10. YUqori inflyasiya sharoitida ishlab chiqarish jarayonida qanday

holat vujudga keladi?

11.Inflyasiyaga qarshi qanday siyosat olib boriladi?

Javoblar:

1. Inflyasiya – pul muomalasi qonunining buzilishi, iqtisodiyotda tovar massasi

hamda pul massasi o‘rtasidagi nomutanosiblik jarayonida vujudga keladi. Inflyasiyani

vujudga kelishiga qator omillar ta’sir qilib, ularni ichki va tashqi omillarga ajratish

mumkin.


Inflyasiyaning vujudga kelishiga muomala va ishlab chiqarish sohasi,

shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy – siyosiy omillar ham sabab bo‘ladi.

Inflyasiyaning vujudga kelishida pul muomalasi omillariga byudjet taqchilligini

qoplash maqsadida muomalaga qo‘shimcha tarzda chiqarilgan pullar, iqtisodiyotda

asossiz ravishda berilgan kreditlar hajmining ortib borishi, mamlakat pul – kredit

siyosatiga aholi ishonchining pasayishi va boshqalar sabab bo‘ladi.

2. Inflyasiya juda ko‘p qirrali bo‘lib, u asosan quyidagi shakllarda namoyon bo‘lishi

mumkin:


sudraluvchan inflyasiya;

shiddatli inflyasiya;

giperinflyasiya;

kutilgan va kutilmagan inflyasiya;

ochiq inflyasiya;

yopiq inflyasiya;

talab xarajatlar inflyasiyasi;

taklif (xarajatlar) inflyasiyasi

3. Talab inflyasiyasi sharoitida yalpi talab hajmi real ishlab chiqarish hajmiga

nisbatan tez su’ratlar bilan o‘sib boradi, buning natijasida tovar va xizmatlar bahosi

ortib ketadi.

Taklif (xarajatlar) inflyasiyasi ishlab chiqarish vositalari va resurslaridan

samarali foydalanilmaslik oqibatida ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketadi, tovar va

xizmatlar bahosi ko‘tariladi. Natijada aholining real daromadlariga nisbatan tovarlar

va xizmatlarning bahosi nomutanosib ravishda tez ko‘tarilib ketadi. Dastlabki

bosqichda muomaladagi ortiqcha pul massasi mamlakatda ishlab chiqarish va

realizatsiya jarayonlarini tezlashtirish hamda ishsizlik darajasini pasaytirish hisobiga

baholarning muvozanatligini ta’minlaydi.

4.Inflyasiya – pul muomalasi qonunining buzilishi, iqtisodiyotda tovar massasi

hamda pul massasi o‘rtasidagi nomutanosiblik jarayonida vujudga keladi. Inflyasiyani

vujudga kelishiga qator omillar ta’sir qilib, ularni ichki va tashqi omillarga ajratish

mumkin.


Ichki omillar tarkibiga ortiqcha pul massasi vujudga kelishi, milliy valyutaga

nisbatan ishonchning pasayishi, mamlakatning nomutanosib to‘lov balansi kabilarni

kiritish mumkin.

Tashqi omillarga mamlakat tashqi siyosatining beqarorligi, iqtisodiy inqirozlar,

moliya va fond bozorlarida indekslarning o‘zgarishi kabilarni keltirish mumkin.

Ta’kidlash joizki, oltin va kumush tangalar pul vazifasini bajargan davrda

iqtisodiyotda inflyasiya muammosi mavjud bo‘lmagan. Metall pullar o‘rnini qog‘oz va

tanga pullar egallagandan so‘ng iqtisodiyotda inflyasiya bilan bog‘liq ziddiyatli

holatlar vujudga kela boshladi. CHunki, qog‘oz va tanga pullar o‘zida haqiqiy qiymatni

aks ettirmaydi. Dastlabki davrda ushbu pullar oltin va kumush metallar hamda tovarlar

bilan ta’minlangan edi.

Inflyasiyaning vujudga kelishiga muomala va ishlab chiqarish sohasi,

shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy – siyosiy omillar ham sabab bo‘ladi.

Inflyasiyaning vujudga kelishida pul muomalasi omillariga byudjet taqchilligini

qoplash maqsadida muomalaga qo‘shimcha tarzda chiqarilgan pullar, iqtisodiyotda

asossiz ravishda berilgan kreditlar hajmining ortib borishi, mamlakat pul – kredit

siyosatiga aholi ishonchining pasayishi va boshqalar sabab bo‘ladi.

5.Iqtisodiyotda inflyasiyaning vujudga kelishi mamlakatning barcha jabhalarida

ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Iqtisodchi olimlar va

mutaxassislarning fikricha, mamlakatda sudraluvchan inflyasiya iqtisodiyot rivojiga

kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Odatda iqtisodiyotda inflyasiya darajasi yillik 12

– 14 foizdan ortgandan so‘ng uning salbiy ta’siri seziladi. Inflyasiyaning salbiy

ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari sifatida quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiq.

6. Ishlab chiqarish vositalari va resurslaridan

samarali foydalanilmaslik oqibatida ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketadi, tovar va

xizmatlar bahosi ko‘tariladi. Natijada aholining real daromadlariga nisbatan tovarlar

va xizmatlarning bahosi nomutanosib ravishda tez ko‘tarilib ketadi. Dastlabki

bosqichda muomaladagi ortiqcha pul massasi mamlakatda ishlab chiqarish va

realizatsiya jarayonlarini tezlashtirish hamda ishsizlik darajasini pasaytirish hisobiga

baholarning muvozanatligini taminlaydi. hsizlik darajasi pasayishi natijasida mamlakatda tovarlar hajmi ortishi talabni

qondirish bilan birga, undan ortib ketadi. Bu o‘z navbatida, ishlab chiqarishning

samarasizligi va ishsizlik darajasini oshishiga sabab bo‘ladi.

7. Asossiz ravishda ish haqi va boshqa to‘lovlarning oshirilishi,

ushbu to‘lovlar davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa,

muomalaga qo‘shimcha emissiya hisobiga amalga oshiriladi. Buning natijasida

iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarning bahosi oshadi va inflyasiya darajasi ortib boradi.

8.Doim ham emas.

9.Milliy iqtisodiyotda inflyasiyaga qarshi siyosatni tashkil etish muhim

ahamiyat kasb etadi. CHunki, inflyasiya mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy

siyosatini izdan chiqaradi. Ishlab chiqarishga va aholining turmush darajasiga

salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

10. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning eksport

qilish darajasining pastligi va import darajasining yuqoriligi bilan ifodalanadi.

Mamlakatga kirib kelayotgan import tovarlar hisobiga xorijiy valyutalarning chetga

oqib ketishi yuz beradi, natijada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar nafaqat

tashqi ehtiyojlarni, balki ichki ehtiyojlarni qondirishga ham xizmat qilmay qo‘yadi.

Buning oqibatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati taboro salbiylashib,

inflyasiya darajasi ortib boradi.

11. Milliy iqtisodiyotda inflyasiyaga qarshi siyosatni tashkil etish muhim

ahamiyat kasb etadi. CHunki, inflyasiya mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy

siyosatini izdan chiqaradi. Ishlab chiqarishga va aholining turmush darajasiga

salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Inflyasiyaga qarshi siyosatni amalga oshirishda, iqtisodchilarning fikricha,

uning ikkita yo‘li mavjudligi e’tirof etiladi:

– umumiy talabni tartibga solish;

– umumiy taklifni tartibga solish.

Umumiy talabni tartibga solish orqali inflyasiyaga qarshi kurash

keynschilik yo‘nalishi sifatida e’tirof etiladi. Ular inflyasiyaga qarshi kurashda

umumiy talabni tartibga solish taklifning oshishiga samarali ta’sir ko‘rsatishini

ta’kidlaydi. Taklifning oshishiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillar

davlat xarajatlarini oshirish va imtiyozli kreditlarning miqdorini ko‘paytirishdir.

Ular o‘z navbatida mamlakatda investitsion talabni keltirib chiqaradi, investitsion

talab taklifning o‘sishiga olib keladi, taklifning o‘sishi esa baholarning

pasayishiga, baholarning pasayishi inflyasiyani oldini olish va giperinflyasiyani



bartaraf etish imkoniyatini beradi
Download 10.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling