2-MAVZU:PEDAGOGIK MAHORATNING ASOSIY KOMPONENTLARI.
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
2.1.Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida
2.2.Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari.
2.3.Pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari.
2.4.Pedagogik faoliyatning tuzilishi va turlari.
Tayanch so‘z va iboralar: pedagogik mahorat, kasbiy mahorat, pedagogik insonparvarlik, pedagogik qobiliyat, shaxsiy va kasbiy fazilatlar, pedagogik ijodkorlik, insoniylik, fidoiylik, kasbga sadoqat, kasbiy layoqat, insonparvarlik sifatlari.
2.1.Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida
Insoniyat tomonidan minglab kasb-hunar bajarib kelinadi. Har bir kasb yuqori saviyada bajarilishi, kasb mahoratining talablariga javob berishi kerak.
Pedagogik mahorat deganda pedagogik faoliyat yuritishda murabbiyning qobiliyatlarini oliy darajada namoyon etishi, butun borlig’ini ta’lim-tarbiyaga yo’naltirish tushiniladi. Pedagogik mahorat uzoq vaqt davomida o’qish-o’rganish, mashq qilish, tajribalar asosida hosil qilinadi. Pedagogik mahoratning boshqa kasb mahoratlaridan farqi shundaki, u bir qancha qirralarga bo’linadi.
Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi:
- pedagog shaxsini insonparvarlik yo’nalishiga ega bo’lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo’nalishlari va ideallarining oliy maqsad-barkamol avlod tarbiyalashga yo’naltirilganligi;
- mutaxassislik fanlari, o’qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan mukammal bilimga ega bo’lish;
- pedagogik qobiliyatga ega bo’lish (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash (yuzidan uqib olish);
- pedagogik madaniyat va texnikani egallash, ya’ni o’z-o’zini boshqara olish, o’zaro ta’sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalash.
1-rasm. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari
Xulosa kilib aytganda, pedagogik mahorat - yuksak darajada pedagogik faoliyat yuritishga o’zini yo’naltira bilish uchun zarur bo’lgan shaxsiy xususiyatlar yig’indisidir.
Pedagogik mahoratni quyidagi tarkibiy qismlar tashkil etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |