Masofali ta’limda o‘quvchilarning dasturlashga oid kompetensiyasini takomillashtirish


Download 0.59 Mb.
bet1/6
Sana21.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1638117
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Farangiz BMI

MASOFALI TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING DASTURLASHGA OID KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

F.Poydayeva

PhD. T.N.Jo‘rayev


Tayyorladi:
Ilmiy rahbar:

Ishning dolzarbligi

Bugungi kunda jamiyatning taraqqiyoti juda tеz sur’atlarda rivojlanishi zamonaviy axborot texnologiyalarning saholarda qo‘llanilishi bilan chambarchas bog‘liq. Dеyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o‘zgarishlar, yangilanishlar va ilmiy kashfiyotlarning amalga oshirilishi yuqoridagigi fikrimizni aksiomatik isbotidir. Axborot oqimi bizni uyda, ishxona va ta’tilda ta’qib etadi va inson axborot ta’siridan xoli holatda faoliyat yuritishi juda qiyinlashib bormoqda. Hayotni anglash, uni o‘rganish axborotlarni yig‘ish va o‘zlashtirish orqali kеchad va insonning bilimlilik darajasi ham ma’lum davr ichida shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan axborotlarning ko‘p yoki ozligi bilan bеlgilanadi.

Insonning kasbiy faoliyati davomida zamonaviy bilimlardan bexabar bo‘lishi uning ijtimoiy jamiyatda tutgan o‘rnini pasayishiga olib keladi. Kasbiy faoliyat davomida zamonaviy bilim, ko‘nikmalarga ega bo‘lib boorish muammosining hozirgi kundagi ta’limiy yechimi bu masofaviy ta’lim bo‘lib hisoblanadi.

Masofaviy o‘qitish-bu ta’limning yangi, o‘ziga xos shakli, bo‘lib o‘qitishning vositalari, usullari, tashkiliy shakllari, o‘qituvchi va talabalar, talabalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning boshqa shaklini nazarda tutuvchi axborot texnologiyalari yordamida tashkil etiladigan ta’lim shaklidir.

Dunyo ta’lim bozorini nufuzli muassasalari o‘zlarining elektron ta’lim tizimlari va tayyorlanadigan kadrlari orqali to‘ldirib borishmoqda hamda yon qo‘shni davlatlarda infratuzilma maksimal darajada mavjud bo‘lmasada masofaviy ta’lim xizmatini ko‘rsatish jarayonini allaqachon yo‘lga qo‘yib bo‘lishgan. O‘zbekiston misolida bu masalani o‘rganadigan bo‘lsak elektron ta’lim xizmatlari 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab joriy etilishni sinov tariqasida boshladi. Bu qaysidir ma’noda pandemiya sababli ixtiyoriy-majburiy ma’noli tushuncha asosida yo‘lga qo‘yildi va oldindan tayyorgarlik bois oliy ta’limda unchalik qiyinchilik sezilmadi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling