Kompleks texnik mashqlarni she'riy matnlar va ertaklar asosida takomillashtirish reja


Boshlovchi - Juvon shamolni izlab topguncha ko'p qiynalibdi, oxiri uni topib: Ona


Download 22.7 Kb.
bet3/4
Sana25.02.2023
Hajmi22.7 Kb.
#1227610
1   2   3   4
Bog'liq
8. Kompleks texnik mashqlarni she\'riy matnlar va ertaklar asosida takomillashtirish

Boshlovchi - Juvon shamolni izlab topguncha ko'p qiynalibdi, oxiri uni topib:
Ona - Ey, qudratli shamol, bag'ring kamol, sen quyosh, oy va bulutdan kuchlisan, mening yagona go'zal qizimni nikohingga qabul qil.
Shamol - Meni maqtaganing uchun behad minnatdorman, men hamma narsani uchirib ketsam-da, tog'lar qarshisida ojizlik qilaman. Sen qizingni tog'ga beraqol.
Boshlovchi - Ona tog' qarshisiga borib, unga yalinibdi:
Ona - Ey tog'lar, qizim dunyoda tengi yo'q go'zal bo'lgani uchun uni eng qudratli zotga bermoqchiman. Sen dunyoda eng kuchlisan, qizimni nikohingga ol.
Boshlovchi - Tog' onaning gapini eshitib bo'lgach, bunday javob beribdi:
Tog' - hech narsa meni o'rnimdan qo'zg'ata olgan emas. Ammo bir narsa meni doim azoblaydi. Bu - kalamush. U mening biqinlarimni teshib yuboradi, siynamni o'yib, o'ziga in qiladi. Unga qarshilik qilishdan ojizman.
Boshlovchi - Kalamushni kuchli deb eshitgan ona uni qidirib ketibdi va topib, butun voqeani unga tushuntiribdi. Kalamush bunday debdi:
Kalamush - Menga quyoshning issig'i, oyning shu'lasi, bulutning qorong'uligi vahimasi, shamolning to'poloni qo'rqinchli emas. Men o'zim xohlagan kovakka kirib, istagan narsani kemira olaman, kovakka kirish uchun gavdam biroz qo'pollik qiladi. Bu tomondan sichqon mendan epchilroq va chaqqonroq. Men uni o'zimdan qudratli deb bilaman. Sen qizingni sichqonga bera qol.
Boshlovchi - Ona esa qizini eng qudratli kimsaga berish orzusida bo'lgani uchun sichqonning oldiga borib, unga arz qilibdi. Ko'p zamonlardan beri shu orzu yo'lida chekkan sargardonligini unga so'zlabdi. Sichqon onaning so'zini eshitib, unga rahmi kelibdi va unga egilib ta'zim qilgach, uning go'zal qizini yetaklab kovak yoniga olib boribdi. Ammo qiz sichqonning kovagiga sig'mabdi. Ona bo'lsa, endigina kuyovga tegib, baxti ochilgan qizining inga sig'maganiga achinib:
Ona - Ey tabiat, o'z qudrating bilan qizimni shu kovakka loyiq qil, zora o'z kuyovi bilan baxtli bo'lsa, - degan ekan, qiz sichqonga aylanib qolibdi va lip etib kovakka kirib ketibdi. Xotin esa befahmligi tufayli qizidan ajrab, huvillagan katta uyda yana yolg'iz o'zi qolavergan ekan.
Ertakni talaba ijrochilar yaxshilab o'qib chiqishgandan keyin, birinchi navbatda, boshlovchi tomoshabinni o'ziga jalb qilish uchun ularni o'zining muomala va yaxshi, ravon nutqi hamda yoqimli ovozi ila ertaklar olamiga olib kirishi kerak. Keyin onaning so'zlari boshlanadi. U jonli so'zlashi, ya'ni yolvorishi, iltijo qilib, yalinishi kerak. Keyin esa tabiatga nola qilib, sichqonni qizga aylantirib berishini so'raydi. Boshqacha aytganda, texnik imkoniyatlarni ongli ravishda ishga solib, harakat qiladi.
Talaba-ijrochilar shu tariqa ertakdagi o'zlariga biriktirilgan barcha obrazlarning ijrochilik vazifalarini aniqlab oladilar. Ertak davomida shamolga ham murojaat qilinadi, shu vaqtda talabalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, ovoz o'xshatishlardan «shamol» mashqi bajarilsa, ishtirokchilar nutqining o'sishiga yaxshi yordam beradi. Yoki onaning tog'larga murojaatidan keyin «aks sado» mashqini bajarishi kerak.
Tahlil qilinayotgan ertagimizda ishtirokchilar: 1-boshlovchi, 2-ona, 3-oqsoqol, 4-Quyosh, 5- Bulut, 6- Shamol, 7-Tog', 8-Kalamush, 10-sichqon bo'ladigan bo'lsa, shulardan Quyosh ijrochisining vazifalarini namuna tarzida keltiramiz.
Ertakning asosiy qahramonlaridan biri - tirnoqqa zor yashayotgan ayol, nihoyat orzusiga yetib qizlik bo'ladi. U xudodan tilab olgan go'zal qizini juda qizg'anadi, lekin go'zallikda o'ziga teng keladigan pahlavon yigit bo'lsa, turmushga berajagini bildirib, mahalla oqsoqoliga murojaat qiladi. Oqsoqol uni kunduz podshosi Quyoshga berishni tavsiya etadi. Lekin Quyosh onaning iltimosini rad etadi. Shuning uchun ham Quyosh obrazini tomoshabinga yetkazishda uning qiyofasini mag'rur emas, balki hayotni biluvchi, tushunuvchi nuroniy qilib ko'rsatish lozim. Chunki u butun yer yuziga hayot ulashishini esda tutish kerak. Demak, 1) matnning ma'nosini tushunib, fikr yuritib o'qib chiqish; 2) quyosh obrazini qalbdan his qilish; 3) quyoshning so'zlarini va uning holatini idrok etish; 4) tomoshabinga, Quyosh hayot manbayi ekanligi g'oyasini ilgari surish. Bularning barchasi nutq texnikasidan ongli ravishda samarali foydalangan holda, psixologik harakatlarni aniq bajarish orqali amalga oshiriladi.

Download 22.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling