Kompleks texnik mashqlarni she'riy matnlar va ertaklar asosida takomillashtirish reja


Download 22.7 Kb.
bet2/4
Sana25.02.2023
Hajmi22.7 Kb.
#1227610
1   2   3   4
Bog'liq
8. Kompleks texnik mashqlarni she\'riy matnlar va ertaklar asosida takomillashtirish

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Juvon
Sichqon qiz
Boshlovchi - Bor ekan, yo'q ekan, qadim zamonda bir juvon bo'lgan ekan. Uning na eri, na farzandi bo'lgan ekan. Yolg'izlik juda-juda uning jonidan o'tib ketibdi. Bir kuni u yolg'izligidan yig'lab, xudoga nola qilib, o'choq oldida o't yoqib o'tirsa, kovakdan bir sichqon chiqibdi. Xotin qo'liga ikki dona mayizni olib turib bunday debdi:
Juvon - Sichqonjon, buyoqqa chiqing, ikki mayiz, birini siz eng, birini biz.
Boshlovchi - Sichqon uning yoniga kelgan ekan, juvon uni mahkam ushlab olibdi, shu vaqt u:
Juvon - Ey tabiat, shu sichqonni bir qizga aylantirib ber, men u bilan ovunay, - deb yalinibdi.
Boshlovchi - Juvonning ko'z yoshi qurimay turib, sichqon chiroyli, jajji qizchaga aylanib qolibdi. Xotin uni butun mehr-muhabbati bilan tarbiyalab o'stira boshlabdi. Unga o'zi yemay yediribdi, o'zi kiymay kiydiribdi. Sichqon oy desa, og'zi bor, kun desa, ko'zi bor go'zal qiz bo'lib balog'atga etibdi. Unga qarab, quvonib, juvon ham vaqt o'tganini bilmas ekan.
Qiz voyaga yetgach, juvon qizini o'ziga munosib go'zal, pahlavon yigitga uzatmoqchi bo'libdi.
Mahalladagi qarindosh-urug', qo'ni-qo'shnisini to'plab:
Ona - Qizimni kimga beray, maslahat beringlar? - debdi.
Oqsoqol - Qizingni quyoshga in'om et, u o'z yorug'ligi bilan qizing husniga teng kela oladi, boshqasiga hayf.
Ona - Ey quyosh, mening go'zallikda, aql-farosatda tengi yo'q qizimni nikohlab ol.
Boshlovchi - Quyosh juvonning so'zlarini eshitgach, unga bunday javob beribdi:
Quyosh - Men butun jahonni isitaman, kishilarga hayot ulashaman, Oy esa qorong'u zulmatni yoritadi. Sen qizingni oyga ber.
Ona - Ey, Oymoma, mening sohibjamol qizimni qayliq qilib ol.
Oy - Ey, ona. Men faqat qorong'u kechalarni yoritaman. Agar shunda yuzimni bulut qoplab olsa, mening qo'limdan hech narsa kelmay qoladi. Qizingni bulutga hadya qilaqol.
Boshlovchi - Juvon borib bulutdan qizini xotinlikka olishini iltimos qilgan ekan, bulut:
Bulut - Gaping to'g'ri, men ancha kuchliman. Ammo dunyoda mendan ham qudratliroq narsa bor, u - shamol. Agar u qo'zg'alsa, meni xohlagan tomoniga uchirib, to'zg'itib tashlay oladi. Yaxshisi, qizingni shamolga beraqol.

Download 22.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling