Kompleks texnik mashqlarni she'riy matnlar va ertaklar asosida takomillashtirish reja


Kompleks texnik mashqlarni she'riy matn lar asosida takomillashtirish


Download 22.7 Kb.
bet4/4
Sana25.02.2023
Hajmi22.7 Kb.
#1227610
1   2   3   4
Bog'liq
8. Kompleks texnik mashqlarni she\'riy matnlar va ertaklar asosida takomillashtirish

Kompleks texnik mashqlarni she'riy matn lar asosida takomillashtirish. San'at dargohiga qadam qo'ygan kishilardagi nutqiy nuqsonlar xarakteri har xil bo'ladi. Nutq tovushlarining talaffuzi bilan aloqador bo'lgan diksion nuqsonlar asosan undosh tovushlarda ko'proq uchraydi. Jumladan R undoshini talaffuz etganda til uchining yetarli tebranmasligi, S undoshini SHSFtarzida talaffuz etish kabi hollar uchraydi. Unli tovushlarga oid talaffuz nuqsonlari ham xilma-xildir. Tovushlar talaffuziga oid bunday diksion nuqsonlarni bartaraf etmasdan turib, badiiy yetuk so'z san'ati asari to'g'risida gap ham bo'lishi mumkin emas. Shuningdek, diksiyasi mukammal, to'g'ri bo'lgan kishilar ham diksion mashq bilan shug'ullanishlari shart, chunki sahna sharoiti har bir nutq tovushining oddiy turmushdagiga nisbatan aniqroq, jonliroq talaffuz etilishini taqozo etadi. Biroq ana shunda ham tabiiylik yo'qolmasligi kerak. Buning birdan bir yo'li mashqlar vositasi bilan sahna haqiqatini egallashdir.
Buyuk nemis adibi, faylasufi, teatr san'ati namoyandasi logann Gyote aytganidek, aktyor aniq va ravshan «diksiyani o'zlashtirishga urinishi kerak, zeroki, yemirilgan har bir harf yoki noaniq talaffuz etilgan biror so'z butun jumlani ikki ma'noli qilib qo'yadi va tomoshabinga singib borayotgan illuziyani qat'iyan buzib, ba'zida hatto eng jiddiy paytlarda kulishga majbur qiladi». Tovushlarni to'g'ri talaffuz eta olmaslik, ulardan unumli foydalanmaslik va so'zda befarqlik ijrochilik san'atining ashaddiy dushmanidir. Shuning uchun ham K.S.Stanislavskiy «tovush va hijolarni his etish, ularning mohiyatini payqay bilish kegak» deydi. Buning uchun har bir tovushning paydo bo'lish va kuchlanish manbayini bilish, o'sha nutq organining yutuq va kamchiliklarini o'rganish, lozim bo'lgan choqda esa, ma'lum foydali mashqlarni qo'llash lozim.
Aynan shunday mashqlar uchun she'riy matnlarni qo'llash maqsadga muvofiqdir. Chunki she'rlar ritmik tashkil qilingan nutq bo'lgani uchun ham asab sistemasini yengil qo'zg'otadi. She'riy ritmning o'zi ijrochida ijobiy his-tuyg'ularni chaqiradi va bu o'z navbatida, ovozni ham erkin shakllantirishga yordam beradi.
Ana shunday mashqlar ustida ishlash va izlanishlar natijasida qator kompleks, ya'ni umumiy mashqlar yuzaga keldi. Bu mashqlar nutq texnikasiga kiruvchi artikulyatsiya, diksiya, ovoz, nafas va talaffuz normalarini belgilovchi orfoepiyani o'zida mujassam etgan she'riy matnlar bo'lib, bu borada faqat sanoqligina mualliflar ijod qilib kelyaptilar. O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning o'ynoqi, xuddi so'z san'ati elementlariga (texnik mashqlarga) moslab yozgandek she'rlari turkumiga kiruvchi «Siz eshitmagan qo'shiqlar» bir necha bor talabalarning imtihon dasturlariga kiritildi. Mana bir necha yillardan buyon bu she'riy matnlar ayrim talabalardagi diksion nuqsonlarni yo'qotishda va umuman nutq texnikasini mustahkamlashda katta samara berib kelyapti. Quyida Anvar Obidjonning mazkur she'rlaridan terib olingan matnlarni kompleks mashqlar kompozitsiyasi namunasi sifatida keltiramiz.


Nazorat uchun savollar:

        1. Xalq og’zaki ijodini qanday turlari bor?

        2. Nutq texnikasini kompleks takomillashtirishda ertaklar qanday o’rin tutadi?

        3. Ertaklarni qanday turlarini bilaqsiz?

        4. Sichqon qiz ertagining g’oyaviy mazmuni nimaga yo’naltirilgan?

        5. Nutqni rivojlantirishda qo’shiqlarning o’rni qanday?

Download 22.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling