Vatan bilan ulgʼayar shon-u shavkatimiz


Download 16.95 Kb.
Sana10.01.2023
Hajmi16.95 Kb.
#1086734
Bog'liq
Vatan


Vatan bilan ulgʼayar shon-u shavkatimiz
Termiz davlat pedagogika instituti
Boshlangʻich taʼlim yonalishi 2-kurs talabasi
Farxodova Durdona Mansur qizi
Ayni choqda shuni ham bilamanki, Vatanim menga koʻproq kerak. Vatan mensiz yashashi mumkin, lekin men vatansiz yashayolmayman! ( Ozod Sharafiddinov)

Оnа Vаtаn! Nimа uchun Vаtаnni оnа sõzi bilаn yоnmа-yоn ishlаtаmiz? Chunki, Vаtаn hаm оnаmiz singаri аziz, mehribоn vа qаdrlidir. Insоn dunyоgа kelmаsidаn аvvаl оnаning vujudidа ulg’аysа, dunyоgа kelgаnidаn keyin esа endi Оnа Vatanda voyaga yetadi.


Yurtdа vаtаnni sevаdigаn, аrdоqlаydigаn vа himоyа qilаdigаn mаrdlаr bоr ekаn shu yurt dоimо yuksаlаverаdi, gullаyverаdi.

Hаr bir el, hаr bir millаt uchun õzining tug’ilib õsgаn vаtаnidаn аrdоqlirоq mаskаn bõlmаsа kerаk. Rаsulullоh (s.а.v.) Mаdinаi munаvvаrаgа hijrаt qilib ketаyоtgаnlаridа Mаkkаi mukаrrаmа tоmоngа yuzlаnib: «Аgаr qаvmim meni Mаkkаdаn chiqib ketishgа mаjbur qilmаgаnidа, hech hаm õz ixtiyоrim bilаn uni tаshlаb ketmаgаn bõlаr edim»,- degаn ekаnlаr.

Demаk, оnа vаtаnini sevish, undаgi bоr nаrsаlаrni аrdоqlаsh vа sоg’inib yаshаshlik insоniyаt fitrаtidа mаvjud bõlgаn nоzik his-tuyg’udir. Qаergа bоrmаsin kishi õz vаtаnini bаribir qumsаyverаdi.

Chunki, insоn dunyо yuzini kõrgаch birinchi bõlib vаtаnidаgi hаvоdаn nаfаs оlа bоshlаydi, vаtаnidаgi tuprоqdа ilk qаdаmlаrini qõyib yurishni õrgаnаdi, dunyоni tаnishni shu vаtаnni аnglаshdаn bоshlаydi.

Ilk kindik qоni tõkilgаn, dаstlаbki qаdаmlаrini qõygаn tuprоqni himоyа qilishlik bаrchаmizning Vаtаn оldidаgi insоniylik burchimiz hаmdir.

Yurtbоshimiz аytgаnlаridek: « Tinchlik vа оsоyishtаlikni аsrаb-аvаylаsh, himоyа qilish fаqаt muаyyаn sоhаlаr hоdimlаrining vаzifаsi, degаnlаr qаttiq yаnglishаdilаr.

Bu yõldа bаrchаmiz, butun xаlkimiz yаnаdа jips bõlib, hаmjixаtlikdа hаrаkаt qilishimiz kerаk. Õz uyingni õzing аsrа degаn gаpdа hikmаt kõp, uning mа’nоsi keng. Zerо tinchlik uchun kurаshish kerаk, uni xech kim yаrаtib bermаydi».
Yurt tinchligini himоyа qilishdа hаr bir sоhа vаkillаri õz sоhаsi dоirаsidа hissа qõshishlаri lоzim.

Mаsаlаn õqituvchilаr õquvchilаrgа vаtаn yаgоnаligi, vаtаn ximоyаsi muqаddаs burch ekаnini tushuntirib bоrsа, õsib kelаyоtgаn yоsh аvlоd vаtаngа sаdоqаt hissi bilаn õsib-ulg’аyib bоrаdi. Nаtijаdа kelаjаk аvlоdlаrimiz yurt himоyаsi nаqаdаr ulkаn vаzifаmiz ekаnini qаlbdаn his qilаdilаr vа bungа qаttiq bel bоg’lаgаn vаtаnpаrvаrlаr bõlib kаmоl tоpаdilаr. Mutаfаkkirlаrdаn biri shundаy degаn ekаn:

«Vаtаnpаrvаr-õz vаtаni kаmоlоti yõlidа õz xаlqigа muhаbbаti tufаyli mоli, kuch-g’аyrаti tugul jоnini hаm аyаmаydigаn, xаlki vа vаtаnining оzоdligi, fаrоvоnligi uchun bоr budini fidо qiluvchi insоndir».

Bundаy vаtаnpаrvаrlаri bоr yurt esа dоimо tinch, оsmоni musаffо, xаlqi аhl, rizqi mõl, hаyоti esа fаrоvоn bõlаdi.

Bundаn tаshkаri muqаddаs dinimizdа vаtаnni himоyаlаsh muqаddаs burch qilib belgilаnib, bu hizmаti uchun judа kаttа mukоfоtlаr vа’dа qilingаndir.

Jumlаdаn: Imоm Tаbоrоniy rivоyаt qilgаn hаdisi shаrifdа Rаsululоh (s.а.v.) shundаy mаrhаmаt qilgаnlаr: «Аllоh tаоlо rоziligi yõlidа bir kun chegаrа hududidа pоsbоnlik qilish bir оy kechаlаri ibоdаt qilib, kunduzlаri nаfl rõzа tutishdаn аfzаldir».

Xаqiqаtdаn hаm, Vаtаn himоyаchisi bõlishlik eng shаrаfli vа оliy kаsb ekаnligini yаxshi bilgаn yigitlаrimiz xаr tоmоnlаmа, hаm jismоniy, hаm mа’nаviy jihаtdаn lоyiq bõlishlikni yаxshi аnglаydilаr, аnа shu sifаt vа hislаtlаrni egаllаshgа dоimо hаrаkаt qilаdilаr.

Bu vаzifаlаri bilаn ulаr nаfаqаt õz Vаtаnlаrini bаlki, eng yаqinlаri bõlmish оtа-оnаlаri, qаvmu-qаrindоshlаri, tug’ilib õsgаn mаskаnlаri, yurtlаridаgi bаrchа tоg’u-tоshlаr, gul vа rаyhоnlаrni himоyа qilgаn bõlаdilаr.

Аllоh tаоlоdаn sõrаb qоlаmizki,
Источник: https://haqida.su/vatan haqida
O‘zbekistonda yoshlarni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va aqliy salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, ularni har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Uzoqni ko‘zlagan holda qabul qilingan kadrlar tayyorlash, maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturlari, yoshlarga oid davlat siyosati, o‘g‘il-qizlarimiz uchun turli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’sis etilgan davlat mukofotlari, bunyod etilgan ta’lim maskanlari, bolalar sportini rivojlantirish borasidagi ishlar... Bularning hammasi barkamol avlodni, demakki, ertangi kunimizning munosib davomchilarini, yurt kelajagi jonkuyarlarini tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar sirasiga kiradi. Quvonarlisi, yuqoridagi ezgu g‘oya, maqsadlarni amalga oshirish – yoshlarni ona Vatanga sadoqat va mehr-muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va ehtirom, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘g‘il-qizlarimizning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi intilishlarini bugun barcha jabhalarda har bir sohada ko‘rishimiz mumkin

Aslida, yoshlarning mustaqil dunyoqarash va faol hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lishlari uchun har birimiz mas’ulmiz. Ulardagi ma’naviy va axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, vatanparvarlik, mamlakat taqdiri uchun mas’uliyat hissi bilan yashash, yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash tuyg‘usini yanada kuchaytirishga, o‘g‘il-qizlarimizni har tomonlama bilimdon qilishga muvaffaq bo‘la olsakkina marra bizniki. Vatanimizning salohiyati, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari nechog‘li ulkan ekanligi, yurtimizning qadimiy va boy tarixi, ulug‘ ajdodlarimiz va ular qoldirgan madaniy meros bashariyat madaniyati va rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida yoshlarni ongiga singdirib borish zarur. Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”, deb alohida ta’kidlangan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarda.


Vatan, millat uning farzandlari jasorati, harakati va qudrati tufayli abadiydir. Osoyishtalik, umuman, barqaror rivojlanish har bir yurtning fuqarolari vatanparvarligiga bevosita bog'liqdir.

Har bir xalq, millat hamisha erkin yashashni xohlaydi va shunga intiladi. O’zbek xalqi ham o’zining ko’p yillik orzusiga 1991- yil 31-avgustda erishdi. Mustaqillik xalqning asrlar davomida ro’yobga chiqmagan orzu-maqsadlarining amalga oshishiga yo’l ochib berdi,/ Shunday orzularimizdan biri — ona tilimizning Davlat maqomiga ega bo’lishi edi. Garchand «Davlat tili haqida»gi Qonun mustaqillikgacha qabul qilingan bo’lsa-da, istiqlol yillarida ona tilimizning rivojlanishiga keng imkpniyatlar yaratildi, uni o’rganishga e’tibor ortdi.


Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Vatan— bu oila, men tug’ilib voyaga yetgan go’sha, qo’ni-qo’shni, mahalla, qishloq, maktab, qo’yinki, men yashab turgan zamindagi hamma-hamma narsaj Vatanni onaga qiyoslaydilajci Onaning muqaddasligini la’riflashga so’z ojizlik qiladi. Shuning uchun ham Vatanni e’zozlab, uning har bir qarich tuprog’ini muqaddas bilamiz. Uning ravnaqi, tinchligi uchun hissa qo’shish, hamisha ogoh bo’lib yashash, ichki va tashqi dushmanlardan asrashni burchimiz deb bilamiz.
Har bir xalq o’z Vatanini nechun sevadi? Yer yuzida shunday yurtlar borki, yil — o’n ikki oy yoz bo’lmaydi yoki aksincha. O’shan-day yurtlarda yashovchilar ham Vatanini boshqa yurtga alishmaydilar. Nima uchun? Chunki bu yerda Vatan tuyg’usi, degan buyuk bir tushuncha bor. Har kimning kindik qoni to’kilgan joy — muqaddas, uning Vatani hisoblanadi. Mana shu tuyg’u bilan biz O’zbekistonni sevamiz.
O’zbekiston — kelajagi buyuk davlat. Uni biz har qadamda, yurti-mizning har kunlik faoliyatida sezib, ko’rib turibmiz. O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan biz yoshlarning tarbiyasiga, barkamol avlod bo’lib yetishishimizga bog’liq. Shu ma’noda, milliy istiqlol g’oyasini qalbimiz va ongimiz bilan his etishimiz, milliy qadriyatlarni, tariximizni sevib o’rganishimiz, ularga sodiq bo’lishimiz kerak bo’ladi. Vatanni seving, ardoqlang. Chunki u ona kabi muqaddasdir!
Xulosa qilib aytganda , xalqimizning iqtisodiy va manaviy jihatdan yuksalishi , vatanimizda yashayotgan har bir fuqarolarning vatanga bolgan chuqur hurmati bilan ham belgilanadi . Biz O’zbekiston fuqarosi sifatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan katta o’zgarishlarda o’zimizning ham hissamiz borligini doimo his qilib turamiz. Bu esa bizni jamiyat hayotida yanada faol ishtirok etishga, o’z Vatanimizning haqiqiy vatanparvari, ongli fuqarosi bo’lish

Mamlakatimizda yosh avlodga bo`lgan ta`lim tarbiya berish, ularni bilimli va zukko qilib tarbiyalash hamda turli yo`nalishlarda ijod qilayotgan yosh ijodkorlarni qo`llab-quvvatlash hamda ularni rag`batlantirish borasida qator ijobiy ishlar amalgam oshirilmoqda. Respublikamiz yoshlari o`rtasida turli ta`lim grantlarining elon qilinishi, ta`lim olish uchun yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar kelajakda yoshlarning aqliy salohiyatini yuksak darajaga ko`tarilishidan darak beradi.

Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyunda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta`sis etish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g`risidagi Farmoni e`lon qilindi. Ushbu mukofot mamlakatimiz yoshlari, iqtidorli va isre`dodli qizlarning hayotida ijtimoiy hodisa sifatida qabul qilindi. Zulfiya mukofotini mazmun va mohiyati bilan Prezidentimiz, hukumatimiz tomonidan yoshlarga va ularning kelajagiga ko`rsatilgan katta e`tabor va g`amxo`rlik timsolidir.

Ushbu mokofot mana 10 yildirki yurtimizning noyob iste`dod egalari bo`lgan qizlarga berib kelinmoqda. 10 yil davomida mukofat sohibalarinig soni 140 nafarga etdi. Shu jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha 10 nafar qizimiz shu mukofotga munosib deb topildi. Zulfiya mukofoti bugun mamlakatimiz qizlaring o`lchoviga, ezgu g`oyalarini amalgam oshirish vositasiga aylandi. Farmonga muvofiq Adabiyot, fan, ta`lim, san`at, madaniyat sohalaridagi yutuqlari uchun 14 yoshdan 22 yoshgacha bo`lgan qizlarga ushbu mukofot berilmoqda.


qaratilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev deyarli barcha islohotlarning bardavomligini yoshlarni qoʻllab-quvvatlash siyosatida koʻrayotganining yaqqol tasdigʻi sifatida boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlim islohotidir.Bu islohotlarning yutugʻi esa, bu sohadagi korrupsiyaga qarshi kurashni, hamda yoshlarning davlat va qonunlarga ishonchini ortirmoqda.

Xorijiy taʼlim muassasalaridan oʻzimizdagi oliy taʼlim oʻquv yurtlariga oʻqishini koʻchirish, test jarayotnlari, bir vaqtning oʻzida 5 ta OTMda bilimini sinab koʻrish masalalalri buning yorqin misolidir.

Bugungi kunda kadrlar huquqiy madaniyatini oshirish yoʻlida koʻp yillik mehnat stajiga ega boʻlib, rahbar davzimlarida ishlabyurgan yoshlar imtiyozli magistratura bosqichida oʻqishga tavsiya etish borasidagi hukumat qarorlari ham diqqatga sazovor.

Kuni-kecha davlatimiz rahbarining yoshlr bilan uchrashuvida ham yana yangi imkoniyatlar tilga olindiki, bu Yangi Oʻzbekitondagi yoshlarimizning dunyoqarashini ham tubdan oʻzgaritirishga asos boʻldi..Jumladan, ulardan biri keyingi yildan oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yosh uchun Prezident granti joriy etiladi. Shuningdek, ikki va undan ortiq farzandi oliy oʻquv yurtida shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalarga imtiyozli taʼlim krediti berish yoʻlga qoʻyiladi. Yoshlarimizning nufuzli xorijiy oliy oʻquv yurtlarida tahsil olishi uchun koʻmaklashishga alohida eʼtibor qaratamiz.

Jumladan, xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha eng yuqori ballarni toʻplagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.Uchinchidan, izlanuvchi yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Yosh olimlar” innovatsion tanlovi uchun 30 milliarddan ortiq mablagʻ ajratilganining oʻzi ham katta imkoniyatdir. Toʻrtinchidan,2021-yildan boshlab maktab oʻquvchilari va oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida “Boʻlajak olim” tanlovini tashkil qilish orqali yoshlarning eng yaxshi innovatsion hamda startap loyihalariga 50 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirish boʻyicha koʻrsatma berilishi ham diqqatga sazovordir.

Oltinchidan esa, kelgusi oʻquv yilidan boshlab respublikamizdagi xorijiy oliy oʻquv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etilishi yoshlarni yuksak axloq va kuchli bilim sohibi hamda vatanparvarlik ruhida voyaga yetishida yaratilgan imkoniyatning muvaffaqiyat asosi,- degan ishonchdamiz.

Yana bir quvonarli xabar shundaki, ilm yoʻlini tanlagan iqtidorli yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida keyingi yildan boshlab magistratura va doktorantura bosqichlari uchun Prezident stipendiyasi kvotasini ikki barobarga oshiramiz. Ishonchim komilki, bunday imkoniyat va imtiyozlarga avvalo yangi Renessans poydevorining bunyodkorlari sazovor boʻladi,- deb taʼkidlagan davlat rahbarining ishonchi, yangi yil arafasida yoshlar uchn yaratilgan bunday imkoniyatlar yangi Oʻzbekistonning Renessans yoʻlidagi yangi va ildam qadami boʻldi
aʼlumki, Oʻzbekiton yoshlar mamlakati. Davlatimiz siyosati ham har tomonlama yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga aratilganini barchamiz guvohimiz. Men yillar davomida taʼlim sohasida faoliyat yuritar ekanman, bugungi yaratilayotgan shart-sharoitlr, imkoniyatlarni koʻrib rostini aytsam, rosa xursandman.

Ikkinchidan huquqshunos sifatida ham koʻtarinki kayfiyatda ushbu maqolani yozayotganimdan sabab shuki, har bir amalga oshirialyotgan islohotlarda yoshlar huquqi kafolatlanganligidir. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida“gi Qonunida yoshlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish, isteʼdodini qoʻllab-quvvatlash masalalari qamrab olingan boʻlsa, ”Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida"gi Qonunda hokimiyat va boshqaruv organlarining bu boradagi vakolatlari hamda sohaga doir boshqa ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solingan.

Shuningdek, Konstitutsiyamizning 41-moddasida bepul umumiy taʼlim olish huquqining yoshlar uchun kafolatlangani ham eʼtiborga molikdir. Shaxsning bilim olishga boʻlgan huquqi Asosiy Qonunimiz asosida qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham mustahkamlab qoʻyilgan. Yoshlar oʻz iqtidor va isteʼdodlarini toʻla namoyon etishga haqlidirlar.

42-moddada esa har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi, davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga gʻamxoʻrlik qilishi belgilangan. Mana shularning mantiqiy davomi sifatida prezident maktablari, Temurbeklar maktabi, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarga berilayotgan zamonaviy taʼlim-tarbiya Yangi Renessansning mustahkam poydevori boʻlsa, oliy taʼlim sohasidagi islohotlar va imkoniyatlar ustunidir.

Shu uchun ham, bu borada qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildiki, ular yoshlar intilish va iqtidorlarini qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirishga oid, rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini yuksaltirish yangi qadam va yangi tizimni shakllantirdi.Quvonarli tomoni shundaki, zamon talablari va ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarishlar sharoitida bugungi yoshlar talab va ehtiyojlarini oʻrganib, yangidan yangi imtiyoz va imkoniyatlar eshigi ochib berilmoqda. Yangi yoshlar siyosatini qurishda mamlakat Prezidentining shaxsan ishtirokini alohida taʼkidlash kerak.

Davlat rahbari tomonidan yosh avlodni shakllantirishning dastlabki pallasida tarbiya masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda


Ўзбекистон аҳолисининг сони 33 миллионга яқин. Уларнинг 17 миллиондан ортиғини ёшлар ташкил этади. Шу боис ёшлар масалаларига давлат сиёсати даражасидаги эътибор йигит-қизларнинг жамиятдаги мавқеини мустаҳкамлаш, уларнинг ижтимоий фаолиятини оширишда муҳим аҳамият касб этади.

Ҳозирги кунда Президентимизнинг ташаббуслари билан мамлакатимизда ёш авлодни баркамол қилиб тарбиялаш, ёш авлоднинг ҳар жиҳатдан етук, жисмонан соғлом, интеллектуал салоҳиятли, маънан баркамол улғайиши учун, шунингдек ёшларни қилган меҳнати, эришган ютуқларига яраша рағбатлантиришга қаратилган тизимли ишлар амалга оширилмоқда.

Яратилаётган шароитларни янги босқичга олиб чиқиш мақсадида давлатимиз раҳбарининг «Ўзбекистон Республикасида ёшларга оид давлат сиёсатини тубдан ислоҳ қилиш ва янги босқичга олиб чиқиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Фармони қабул қилинди.

Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлиги ташкил этилиши ҳамда унинг асосий йўналишларидан бири сифатида ёшларни илм-фан ва инновацияларга кенг жалб этиш, иқтидорли ёшларни етакчи хорижий олий таълим муассасаларига таълим олиш учун юбориш, халқаро танловларда иштирок этишни таъминлаш, уларнинг интеллектуал салоҳияти ва истеъдодини ривожлантириш, ёшлар фаолияти билан боғлиқ соҳаларга хорижий инвестициялар ва илғор технологияларни жалб қилиш бўйича зарур чоралар кўриш этиб белгиланганлиги, ҳозирги кунда ёшларни иқтидорли ва салоҳиятли камол топтириш, келажакда етук мутахассис бўлиб етишиши учун кенг имкониятлар яратилаётганлиги намоёндир.

Бугунги кунда замонавий илм-фан ва юқори технологияларни мукаммал эгаллаш ҳар қандай давлат ва жамият тараққиётининг ҳал қилувчи шартига айланиб бораётгани ҳеч кимга сир эмас. Ана шу ҳақиқатни чуқур англаган ҳолда, биз ёшлар ҳам жисмоний, ҳам маънавий жиҳатдан баркамол бўлиб вояга етишимиз учун давлатимиз томонидан бор куч ва имкониятларни сафарбар этилмоқда. Бир сўз билан айтганда, ёшлар билан ишлашнинг дунёдаги ҳеч бир давлатда муқобили бўлмаган тизими яратилмоқда.

Ташкил этилган Ёшлар ишлари агентлиги юртимиз ёшларни бир мақсад йўлида бирлаштирувчи, уларни ҳар бири Ўзбeкистон тақдирини бeлгилашда ўз ўрнига эга авлод сифатида етишиши учун қўллаб-қувватлаши керак.



Бундан ташқари таъкидлашимиз жоиз, юртимиздаги хар бир ташкилот ва муассаса ёшларни ривожлантиришга, уларни қўллаб-қувватлашга, иқтидорини намоён этиш учун катта шарт-шароит ҳамда имкониятлар яратмоқда. Зeро, буюк кeлажак бунёдкорларига зарур имкониятлар яратиш – Ватан тараққиётига қўшилган муносиб ҳиссадир!

Мен ҳозирги кунда амалга оширилаётган ишлар орқали ёшлар имкониятлардан кенг фойдаланган ҳолда яқин келажакда юксак натижаларга эришишга ҳамда юртимиз ривожига ўз ҳиссасини қўшишда улкан самарасини беришига ишонаман.
Download 16.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling