Pedagogik-amaliyotchi talabaning ochiq tarbiyaviy soat ishlanmasi “Tasdiqlayman”


Download 22.17 Kb.
Sana02.01.2023
Hajmi22.17 Kb.
#1075511
Bog'liq
tarbiyaviy soat


PEDAGOGIK-AMALIYOTCHI TALABANING
OCHIQ TARBIYAVIY SOAT ISHLANMASI
Tasdiqlayman”
______ _______________________
Urganch Davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti “Fizika” yo’nalishi 4-kurs 191-guruh talabasi _________________________________________ning Urganch shahar 38-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 9- __ sinfida sinf soatidan “Davlatimiz ramzlari – shon-u shavkatimiz” mavzusida o’tkazgan ochiq tarbiyaviy soat
ISHLANMASI
Tarbiyaviy soat mavzusi: Davlatimiz ramzlari – shon-u shavkatimiz
Tarbiyaviy soat o’tkazishdan maqsad: O’quvchilarga yurtimiz ramzlari qanchalik qadrli ekanligini yana bir bora anglatish.
Asosiy qism: Har qanday mustaqil davlatning belgilari jumlasiga uning timsoliy ramzlari ham kiradi.
Ramzlar – shartli belgilar bo’lib, ular qadim zamonlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini ifodalagan. Ramzlar bevosita xalq, millat hayoti, tarixi bilan chambarchas bog’liqdir.
Davlat ramzlari – bu mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini o’zida mujassamlantiradi. Davlat ramzlarida xalqning azaliy orzusi, uning ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi.
Har bir mustaqil davlar o’z bayrog’i, gerbi va ,madhiyasiga ega bo’ladi. Konstitutsiyamizning 5-moddasida davlatimiz bayrog’I, gerbi va madhiyasining huquqiy asoslari belgilab berilgan. Yo’lboshchimiz ta’kidlaganidek, “Davlatimiz ramzlari – bayroq, gerb va madhiya O’zbekiston xalqlarining shon sharfi, g’ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi” va ular haqida maxsus qonunlar qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risidagi qonun 1991-yil 18-noyabrda, Davlat gerbi to’g’risidagi qonun 1992-yil 2-iyulda, Davlat madhiyasi to’g’risidagi qonun 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari muqaddas bo’lib, ularni har qanday yo’lbilan taxqirlash qonun bilan javobgarlikka tortiladi.
Amaliyotchi talaba ______ _________________
OCHIQ DARS TAHLILI BAYONNOMASI
Urganch shahar 38-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-Dsinfida Sinf soati darsidan “Davlatimiz ramzlari – shon-u shavkatimiz” mavzusida 2022-yilning 16-dekabrida amaliyotchi talaba ­­­­_______________________________tomonidan
o’tkazilgan ochiq tarbiyaviy soat tahlili

BAYONNOMASI



Sana: 16.12.2022
Qatnashdilar :
Sinf rahbari: Matnazarova.M
Amaliyotchi talaba: Qadambayeva.R

KUN TARTIBI:
Amaliyotchi talaba_______________________________________________ ning
Sinf soatidan “Davlarimiz ramzlari – shon-u shavkatimiz” mavzusida tashkil etilgan ochiq tarbiyaviy soat tahlili muhokamasi.
ESHITILDI:
Kun tartibidagi masala yuzasidan ______________________________ so’zga chiqib dars davomida o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishgani, o’quvchilar darsda juda yaxshi qatnashganini aytdi. O’quvchilarga vaqtlarini to’g’ri taqsimlashlarini o’rgatish maqsadida mavzudan tashqari “Pomodora Timer” dan foydalanishni ham o’rgatganini va o’qish uchun bitta qisqa hikoya taklif qilganligini aytdi.
Sinf rahbari dars mazmunli o’tganligini, mavzu bo’yicha barcha ma’lumotlar aytib o’tilganini, o’quvchilar ayniqsa darsda tavsiya qilingan hikoyani tezroq o’qishga qiziqqanlarini takidlab o’tdi.
Amaliyotchi talaba Qadambayeva Robiya dars muhokamalarga boy bo’lgani, vaqtni tejash haqidagi ko’rsatmalar o’quvchilar uchun juda foydali bo’lganligiga ishonch bildirib o’tdi.

Qaror qilindi:
Tarbiyaviy soat darsida mavzu bilan bir qatorda o’quvchilar uchun foydali bo’lgan ko’rsatmalar berilgani ma’qul topilsin.
Davlatimiz ramzlari – shon-u shavkatimiz” mavzusida tashkil etilgan ochiq tarbiyaviy soat darsi namunali deb topilsin.

Sinf rahbari: ________ Matnazarova.M
Download 22.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling