13-mavzu. Moliya nazariyalari reja: Xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari


Download 27.04 Kb.
bet4/8
Sana08.11.2023
Hajmi27.04 Kb.
#1754456
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MOLIYA NAZARIYALARI (1)

Neokeynschilar nazariyalari. J.M.Keynsning izdoshlari o’tgan asrning 5060-yillarida uning nazariyasiga dinamik elementni joriy etdilarki, bu narsa ularga iqtisodiy o’sish nazariyasini yaratishga imkon berdi. Bu nazariyada ko’pgina mamlakatlarning iqtisodchilari (AQShdan – A.Xansen, S.Xarris; Buyu Britaniyadan – R.Xarrod, A.Ilersik, A.Pikok; Frantsiyadan – F.Perru; Germaniyadan – F.Neymark va boshqalar) tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy kontseptsiya muhim o’rinni egallaydi. Ular fiskal antitsiklik nazariyaning yaratilishini nihoyasiga etkazdilar. Bu nazariyaning mohiyati balanslashtirilgan iqtisodiy taraqqiyot maqsadlari uchun davlat daromadlari va xarajatlaridagi o’zgarishlarga borib taqaladi.
Neokeynschilar samarali talabga erishishning usuli sifatida “defitsitli moliyalashtirish” g’oyasini himoya qildilar. Ular davlat qarzlarining o’sishini inobatga olmagan (davlat qarzlarini o’sishi bilan hisoblashmagan) holda davlat katta xarajatlarining zarurligini isbotlab berdilar. Biroq xronik xarakter kasb etgan katta miqdordagi byudjet defitsitlari iqtisodchi-olimlarning ma’lum bir guruhini, shu jumladan Stokgolm maktabi vakillarini (E.Lindal, G.Myurdal va boshqalar), byudjetga oid muammoni yangicha hal etishga majbur etdi. Bu maktab vakillari “byudjetni tsiklik balanslashtirish”, ya’ni byudjet daromadlari va xarajatlarini iqtisodiy tsiklga moslashtirish nazariyasini taklif etdilar. Bu nazariyaga muvofiq iqtisodiy tanazzul paytida vujudga kelgan byudjet defitsitini davlat iqtisodiy o’sish (ko’tarilish) davridagi ortiqchalar hisobidan qoplashi kerak. Ana shu tavsiyanomalarga rioya etgan holda bir necha kapitalistik mamlakatlarning hukumatlari tsiklik tartibga solishning maxsus pul fondlarini yaratdilar. Bu pul fondlarining mablag’lari iqtisodiyotning o’sishi (ko’tarilishi) davrida to’ldirilgan va ishlab chiqarishning iqtisodiy qisqarishi davrlarida esa ulardan foydalanilgan.
Xo’jalikni rag’batlantirish va uni tartibga solish uchun davlat byudjetidan faolroq foydalanish borasidagi neokeynschilarning talablari “tizilgan byudjet stabilizatorlari” nazariyasida o’z aksini yanada yaqqolroq topdi. Bu nazariyaning asosida “soliq stabilizatorlari” to’g’risidagi keynscha qarashlar yotgan edi. J.M.Keynsning fikricha, “soliq stabilizatorlari” tsiklik tebranishlarni tartibga solib, ularni biroz yumshatib va ularda ma’lum bir o’zgaruvchanlikni ta’minlab, avtomatik tarzda amal qilishi kerak edi. Neokeynschilar uni “boshqariluvchan stabilizatorlar” bilan, ya’ni yangi iqtisodiy sharoitlarga muvofiq ravishda davlatning doimo o’zgarib turadigan soliq tadbirlari bilan to’ldiradilar.

Download 27.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling