Iqtisodiy yuksalish davrida antitsiklik tartibga solishining usuli nimadan iborat?
Download 194.26 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Iqtisodiy yuksalish davrida antitsiklik tartibga solishining usuli nimadan iborat? а) kredit uchun foiz stavkasi darajasini oshirish б) tovarlarni xarid qilish uchun davlat xarajatlarining ko‘paytirilishi в) soliqlarni kamaytirish г) soliqlarni kamaytirish transfert xarajatlarini oshirish 2. Iqtisodiy davrga quyidagi o‘zgarish katta ta’sir etadi: а) uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishaga yo‘naltirilgan sof investitsiyalar б) tovar-moddiy zahiralarining ko‘payishiga yo‘naltirilgan sof investitsiyalar в) iste’mol xarajatlari г) davlat xarajatlari 3. Iqtisodiy davrning bosqichlari qaysi ketma-ketlikda to‘g‘ri berilgan? а) pasayish, depressiya, jonlanish, cho‘qqi б) cho‘qqi, jonlanish, depressiya, pasayish в) jonlanish, depressiya, cho‘qqi, pasayish г) depressiya, jonlanish, pasayish, cho‘qqi. 4. Iqtisodiy davrning qaysi bosqichida narxlar pasayish xususiyatiga ega а) depressiya bosqichida, agarda uzoq vaqt davom etsa va hukumat aralashmasa б) jonlanish bosqichida, agarda uzoq vaqt davom etsa va hukumat aralashmasa в) pasayish bosqichida, agarda uzoq vaqt davom etsa va hukumat aralashmasa г) cho‘qqi bosqichida, agarda uzoq vaqt davom etsa va hukumat aralashmasa 5. Iqtisodiy davr tushunchasiga to`g’ri javobni belgilang. a) ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davrlar deyiladi b) ishlab chiqarish, fiskal siyosat va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davrlar deyiladi v) ishlab chiqarish, monetar siyosat va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davrlar deyiladi g) pul, kredit va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davrlar deyiladi 6. Iqtisodiy davrlar bir-biridan qanday farqlanadi? a) o`tish davrining davomiyligi va faolligi bilan b) iqtisodiy davrlar bir-biridan farqlanmaydi v) bosqichlar bilan g) o`tish davrining davomiyligi va hukumatning siyosati bilan. 7. Iqtisodiy davrning pasayish bosqichining xususiyatlarini belgilang a) ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o`sish darajasi pasaymaydi b) ish bilan to`liq bandlik, ishlab chiqarish to`la quvvatdaligi, baho darajasining o`sishi v) ishlab chiqarish va bandlik darajasi oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to`liq foydalanish va to`liq bandlik darajasiga erishiladi g) ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va turg’unlik davri boshlanadi 8. Iqtisodiy davrning pasayishning quyi nuqtasi bosqichining xususiyatlarini belgilang a) ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va turg’unlik davri boshlanadi b) ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o`sish darajasi pasaymaydi v) ishlab chiqarish va bandlik darajasi oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to`liq foydalanish va to`liq bandlik darajasiga erishiladi g) ish bilan to`liq bandlik, ishlab chiqarish to`la quvvatdaligi, baho darajasining o`sishi 9. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sabablarini ko`rsating a) texnika va texnologiyalarda ro`y beradigan o`zgarishlar b) yalpi xarajatlar miqdoridagi o`zgarishlar v) siyosiy va tasodifiy vaziyatlardagi o`zgarishlar g) yuqoridagi barchasi to`g’ri 10. Iqtisodiy davrning jonlanish bosqichining xususiyatlarini belgilang a) ishlab chiqarish va bandlik darajasi oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to`liq foydalanish va to`liq bandlik darajasiga erishiladi b) ish bilan to`liq bandlik, ishlab chiqarish to`la quvvatdaligi, baho darajasining o`sishi v) ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va turg’unlik davri boshlanadi g) ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o`sish darajasi pasaymaydi Download 194.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling