88-jadval
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (9600)ning bog’lanishi
8. Favquloddagi foyda va zararlar hisobi.
Korxonaning odatiy xo’jalik faoliyatidan keskin farq qiladigan favquloddagi xodisalar (tasodif, kutilmagan va odatiy bo’lmagan zarar va yo’qotishlar) natijasida vujudga keladigan foyda va zararlar hisobi quyidagi schyotlarda yuritiladi:
9710 “Favquloddagi foydalar”;
9720 “Favquloddagi zararlar”.
Favqulodda xodisalardan foyda 9710 “Favquloddagi foydalar” schyotining kreditida TMZni hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar yoki pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Favqulodda xodisalardan zarar 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotining debetida uzoq muddatli va joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9710 “Favquloddagi foydalar”, 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bog’langan holda yopiladi.
9710 “Favquloddagi foydalar”, 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotlari bo’yicha analitik hisob favquloddagi foyda va zararlarning nomlari bo’yicha yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |