13-Mavzu: Multimediyali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar


Download 35.72 Kb.
bet3/6
Sana20.09.2023
Hajmi35.72 Kb.
#1682811
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mavzu Multimediyali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar

IP-telefoniya


Mazkur servis tarmoqning ikki abonenti о‘rtasidagi tovush trafigini (nutqni) uzatadi, unda tarmoq trafigi sifatida IP protokol (Internet Protocol) dan foydalaniladi. «IP telefoniya» servisini tashkil etish uchun mahalliy, korporativ, global tarmoqlar, hatto Internet tarmog‘i foydalanilishi mumkin. Umumiy foydalanishda qо‘llaniladigan maxsus shlyuzlar yordamida telefon tarmoqlari abonentlari va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari abonentlari о‘rtasida IP-telefon aloqasi ta’minlanadi.


Yuqori sifatli tovush. Yuqori sifatli tovush deganda shunday servis tushuniladiki, bu servis yuqori sifatli tovushni, masalan, musiqa, konsertlardagi chiqishlarni va h.k. larni uzatishni va eshittirishni amalga oshiradi.
Videotelefoniya. Mazkur servis ikki abonent о‘rtasida insonlar nutqini uncha
yuqori bо‘lmagan sifatdagi uning tasviri bilan birga uzatishni amalga oshiradi. Mazkur servis mijozlari tegishli kommutatsion apparatura orqali real vaqt rejimida bir-birlarini eshitishlari va kо‘rishlari mumkin.
Videokonferensiya. Mazkur servis abonentlar guruhi о‘rtasida tovushli va videotrafikni uzatishni amalga oshirib, bunda tovush va videosignallar bir-biriga bog‘liq bо‘lmagan holda (turlicha transport birikmalari bо‘yicha) tarmoqda uzatiladi, ularning qabul qilishdagi sinxronlanishi transport darajasidagi tegishli protokol bilan ta’minlanadi.
Masofadan tibbiy xizmat kо‘rsatish. Mazkur servis bemorlarni masofadan tibbiy tekshirish, tashxis qо‘yish va maslahat berishni ta’minlaydi. Mazkur servis trafigi real vaqt miqyosida uzatilgan tovush va videoma’lumotlarni, tekshiruv natijalarini va boshqalarni о‘z ichiga oladi.
Videomonitoring. Mazkur servis xonalarning videokuzatuvini amalga oshiradi, turli vazifalarni bajaruvchi hududlarni qо‘riqlash, turli xil noan’ anaviy vaziyatlar tо‘g‘risida tezkor xabardor qilish, odamlar tо‘planadigan joylarda doimiy monitoring (real vaqt rejimida) qilish uchun qо‘llaniladi.

Download 35.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling