13-Mavzu: Nizolarni hal qilish psixologiyasi reja: Samarali muloqot va nizolar. Muloqotga muvaffaqiyatli kirishish omillari


Download 17.69 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi17.69 Kb.
#1564163
1   2   3   4
Bog'liq
13-Tema

Muzokaralarning bosh maqsadi, nizolashuvchi taraflarning bahstalab muammoni yechish yo‘llari va usullari to‘g‘risida bir xil to‘xtamga kelishuvlaridir.
Kelishuv - muzokaralar jarayonidagi hamkorona harakat va mehnatning natijasi. U taraflar bir-birini tushunuvini shu darajaga yetkazadiki, bu darajadan turib o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyat va omillar paydo bo‘ladi.
Erishilgan kelishuv, bir vaqtning o‘zida, taraflarning keyingi reja, xatti-harakatlarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi holat hamdir. Bu, ayni vaktda, taraflarning kuch ishlatib qiladigan harakatlarining oldini olish vositasidir.
Muzokaralar – kuch ishlatish yo‘li bilan olib boriladigan harakatlardan hamkorlikka, muammoli masalalar yechimidagi konsensusga, taraflar manfaati va pozitsiyalari yuzasidan o‘zaro bitimga kelishishga qaratilgan yo‘l demak. Tomonlardan birining faqatgina o‘z manfaatlarini amalga oshirishga qaratilgan intilishlari konflikt asosida yotgan u yoki bu ijtimoiy muammolarning yechimi yuzasidan bir qarorga kelish imkoniyatini yuqqa chiqaradi. Bunday vaqtlarda muzokaralar muvaffaqiyatli tugamaydi. Aksincha, ular konfliktning avj olishi(eskalatsiya)ga xizmat qiladi. Konfliktni bartaraf etish maqsadida olib borilayotgan muzokaralarda kerakli bitimga kelishishning yagona yo‘li konsensus, yaʼni ikki tomonlama kelishuvdir. Ayni vaqtda so‘z, muzokaralarda fakatgina bir to‘xtamga, bitimga kelishish haqidagina emas, balki konfliktni bartaraf etish yuzasidan olib boriladigan keyingi hamkorlik haqida borayotir.
Bordiyu, konflikt rivojlanib, yuqorida qayd qilingan holatlardan biriga o‘tgudek bo‘lsa,, muzokaralarning qanchalik tez boshlanishi milliy xavfsizlik manfaatlariga shunchalik mos kslib, ko‘riladigan zararlarning oldini olish imkoniyatini beradi. Xalqaro, siyosiy, diplomatik munosabatlar tajribasida muzokaralar olib borishning quyidagi uch bosqichi farqlanadi:
Birinchi bosqich - muzokaralar mavzusi, tomonlar qarashlarining bayon etilishi, muzokara qatnashchilari tomonidan kun tartibiga kiritilishi lozim bo‘lgan masalalar va muzokaralar tartibi kabi holatlarning mazmun doirasi shakllantiriladi.

Download 17.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling