13-Mavzu: Nizolarni hal qilish psixologiyasi reja: Samarali muloqot va nizolar. Muloqotga muvaffaqiyatli kirishish omillari
Download 17.69 Kb.
|
13-Tema
13-Mavzu: Nizolarni hal qilish psixologiyasi REJA: 1. Samarali muloqot va nizolar. Muloqotga muvaffaqiyatli kirishish omillari 2. Muzokara jarayoni, uning funksiyalari va asosiy mazmuni 3. Nizolarni bartaraf etish usullari Bahstalab muammolarning tinchlik yo‘li bilan hech qanday qon to‘kilishlarsiz hal qilishning bugungi kundagi birdan bir va sinalgan yo‘li muzokaralar olib borishdir. Maʼlum bo‘ladiki, muzokaralar jarayoni yer yuzida istiqomat qiluvchi har bir shaxsga begona bo‘lmagan, umumiy nuqtalarga ega bo‘lgan faoliyatdir. Muzokaralarni olib boruvchi shaxslarga nisbatan bo‘lgan qiziqish ijtimoiy ehtiyoj sifatida yuzaga keladi. Tabiiyki, ularning harakteri ham, bu qiziqishlarning ko‘lami ham butunlay farqlidir. Muzokaralar jarayoni haqida bilimlarga, shuningdek, muzokaralar olib borishning taktikasi haqida tasavvurlarga ega bo‘lishlik har bir siyosatchi, diplomat va harbiy shaxs uchun zarurdir. Ular, o‘z faoliyatlari davomida, ishlab chnqilgan, sinalgan metodik tavsiyalarga suyangan holda yuzaga kelgan har bir o‘ziga xos holatga nisbatan o‘z bilimlarini qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lishlari lozim. Amerikalik olim, professor G.Rayff Garvard universitetining J. Kennedi nomidagi davlat boshqaruvi maktabida “Bahstalab muammolarni muzokaralar yordamida yechish usullari” to‘g‘risida maxsus kurs olib borardi. Muzokaralar haqidagi uning fikrlari alohida diqqatga sazovor. Uning fikricha, muzokaralar inson bilimlari va faoliyatining alohida sohasi hisoblanadi. G.Rayffning “Har bir sog‘lom fikrlovchi kishi o‘zaro bahs va kelishmovchiliklarni muvaffaqiyatli hal etishga erishishni o‘rganishi zarurligi, bahs va muzokaralar jarayonida ishtirok etuvchilarning har biri egallashi zarur bo‘lgan fan va sanʼat” haqidagi fikrlari ko‘pchilik olimlar, siyosatshunos va diplomatlar tomonidan eʼtirof etilgandir. “Bu shuning uchun ham zarurki,- deb hisoblaydi X.Rayff,- biron bir konflikt sabab bo‘lib ijtimoiy xayot o‘z barqarorligini yo‘qotmasin. Aksincha, umumiy manfaat va qiziqishlarni izlab topish va rivojlantirish orqali ijtimoiy xayot o‘z turg‘unligini ko‘prok saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lsin”. G.Rayff muzokaralar haqidagi bilimlarni va qarorlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish sohasidagi tizimli fan yutuqlari bilan hamkorlikda olib borish usulini joriy etdi. “Interaktiv jarayon” tushunchasini ilmiy isteʼmolga kiritdi. Interaktiv jarayon taraflarning hech biri tomonidan zo‘rlik bilan o‘tkazilmaydigan, aksincha har ikki tarafning dialog asosida o‘zaro kelishuvi natijasida hosil bo‘ladigan yondashuvlarning majmui, hosilasidir. Yechilishi lozim bo‘lgan muammolarning murakkabligiga ko‘ra muzokaralar quyidagicha bo‘linishi ham mumkin: Download 17.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling