13-Mavzu: Oqsillarni tuzlar va ogʻir metall tuzlari bilan choʻktirish. Darsning maqsadi
Download 20.15 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqsillarni tuzlar ta’sirida choʻktirish.
13-Mavzu: Oqsillarni tuzlar va ogʻir metall tuzlari bilan choʻktirish. Darsning maqsadi: Oqsillarga hos choʻktirish reaksiyalarini laboratoriya tajribalari asosida oʻrganish, tajribalarni bajarish orqali choʻktirish reaksiyalarini haqida toʻliq ma’lumot berish. Oqsillarni tuzlar ta’sirida choʻktirish. Oqsil eritmalarning tuzlar ta’sirida choʻkmaga tushishiga oqsillarni tuzlash deyiladi. Bunda choʻktirilgan oqsillarning tabiiy holati oʻzgarmaydi, yaʻni oqsil molekulalari gidrat pardalaridan xoli boʻladi. Hosil qilingan choʻkmalar tegishli erituvchi ta’sirida qaytadan eritma holatiga kelishi mumkin. Oqsillarning mikromolekulalari tuzlash jarayonida chuqur oʻzgarishlarga (denaturasiyaga) uchramaydi. Qaytar choʻkma hosil qilish reakaiyalari koʻpincha oqsillarning suvdagi eritmalariga ishqoriy metallarning tuzlari ta’sir ettirish natijasida amalga oshiriladi. Bunday tuzlarga quyidagilar: (NN4)2S04, NH4CI, Na2SO4, NaCl, KC1 misol boʻladi. Bu tuzlar ionlarining oqsilning kolloid zarrachalariga ta’sir etish mexanizmi quyidagicha: yaʻni tuzlarning oqsillar mitsellasining zaryadiga qarama-qarshi zaryadli ionlar oqsilning kolloid boʻlakchasi yuzasiga adsorbsiyalanadi (shimiladi) va mitsellaning zaryadini neytrallaydi, natijada oqsil kalloid boʻlakchalarining zaryadi kamayadi - elektroneytral holatga oʻtadi, bir-birini itarish kuchi kamayadi. Bundan tashqari, ishqoriy metallarning tuzlari eritmadagi suvni koʻpmiqdorda oʻziga bogʻlab oladi, natijada kolloid zarrachalar degidratlanib (suvsizlanish) holati yuz beradi va oqsilning kolloid boʻlakchalari bir-biri bilan birikib oqsil choʻkmaga tushadi. Bu metodni tuzlar ta’sirida choʻktirish deb qaraladi. Oqsillarni bunday choʻktirish qaytar jarayon deb qaraladi, quyuq oqsillarning bu choʻkmalariga suv quyilganda u erib, qaytadan kolloid eritma holatiga oʻtadi. Bu jarayonga peptizatsiya deyiladi. Ammoniy sulfatning konsentrlangan eritmalari deyarli hamma oqsillarni choʻktirish xususiyatiga ega. Masalan: oqsil eritmalari ammoniy sulfat tuzi bilan chala toʻyinganda avvalo globulinlar choʻkmaga tushadi. Toʻliq toʻyinganda esa albuminlar choʻkmaga tushadi. Natriy, kaliy xlorid tuzlari va magniy sulfat tuzlari bilan oqsil eritmasini toʻliq toʻyintirgandan keyin globulinlarni choʻkmaga tushirada. Kuchli kislotali munitda bu tuzlar albuminlarni ham choʻkmaga tushiradi. Download 20.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling