13-Mavzu: Oqsillarni tuzlar va ogʻir metall tuzlari bilan choʻktirish. Darsning maqsadi


Oqsillarning denaturasiyalanish reaksiyalari


Download 20.15 Kb.
bet2/3
Sana12.03.2023
Hajmi20.15 Kb.
#1263831
1   2   3
Oqsillarning denaturasiyalanish reaksiyalari
Ogʻir metall ionlari ta’sirida oqsillarni choʻktirish
Ogʻir metall tuzlarining ionalari (mis, qoʻrgʻoshin, kumush, simob va x.k.) ta’sirida oqsillar kolloid eritmasi qaytmas koagulyatsiya holatiga yaʻni gel holatiga oʻtadi. Bu ionnlar oqsil molekulalari mustahkam kompleks birikmalar hosil qiladi. Bundan tashqar ular ta’sirida oqsillarning kolloid boʻlakchalarining zaryadi kamayadi hatto oqsillarning ikkinchi va uchunchi strukturalari ham chuqur oʻzgarishga uchraydi
Ogʻir metall tuzlarining ta’sirida choʻkmaga tushgan oqsil choʻkmalari, boshlangʻich eritmalari yaʻni suv va tuzlarning kuchsiz eritmalarida ham eriydi.
Oqsillarning ogʻir metallar tuzlarning ionlarini biriktirib choʻkmaga tushgan xossasidan meditsina va veterenariyada mis, simob, qoʻrgʻoshin tuzlari bilan zaharlanganda zaharsizlantirish uchun keng qoʻllaniladi.
Kerakli asboblar. 1.Shtativ probirkalari bilan. 2. Shisha tayoqchalar.
Reaktivlar: 1. Natriy xlorning toʻyingan eritmasi 2. Kumush nitratining 3% li eritmasii 3. Mis sulfat tuzining 0,5% li eritmasi 4. Qoʻrgʻoshin atsetat tuzining 0,5% li eritmasi. 5. Simob xloridning (sulema) HgCl2 0,5 li eritmasi. 6. Tuxumning oq qismidan tayyorlangan, 20 barobar hajmda suyultirilgan va bir necha qavat dokadan filtrlangan oqsil eritmasi.
Ishning bajarilishi: Toʻrtta probirkaga 1-2 ml dan oqsil eritmasidan quyiladi. Birinchi probirkaga qoʻrgoshin atsetat tuzining 5% li eritmasidan, ikkinchi probirkaga mis sulfat tuzining 0,5% li eritmasidan, uchinch probirkaga kumush nitrat tuzining 3% li eritmasidan va toʻrtinchi probirkaga esa simob xloridning 0,5% li eritmasidan (xushyor boʻling, zahar!) solinadi. Toʻrttala probirkada ham oqsillar choʻkmaga tushadi. Qoʻrgʻoshin atsetat va mis sulfat tuzining eritmalari solingan probirkalarga yana shu eritmadan biroz qoʻshilganda choʻkmaga tushgan oqsillariing erib ketganligmi kuzatiladi.
Simob solingan probirkaga natriy xloridning toʻyingan eritmasidan 7-8 tomchi tomizilganda, choʻkmaga tushgan oqsilning erib ketiishi kuzatiladi.

Download 20.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling