13 mavzu. O’zbekiston va jahon hamjamiyati Reja
Download 47.62 Kb.
|
13-ma'ruza..
13 - mavzu. O’zbekiston va jahon hamjamiyati Reja: O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinstiplari. O’zbekiston Respublikasining BMTga qabul qilinishi va jahon hamjamiyatidagi o’ziga xos o’rni. O’zbekistonning dunyodagi rivojlangan davlatlar bilan, iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari. O’zbekistonning halqaro xavfsizlik masalalari va terrorizmga qarshi kurashdagi o’rni.. Sizlarga ma’lumki, O‘zbekiston BMTning teng huquqli a’zosi sifatida jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rniga ega. Jahonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda, xalqaro munosabatlarning mo‘‘tadillashuvida Prezident I.Karimovning o‘rni o‘ziga xos bo‘lmoqda. Jumladan, BMT Bosh Assambeleyasining Ming yillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqida jahonda tinchlikni saqlash borasida muhim takliflarni ilgari surdi. Hozirgi paytda butun jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi bilan Er yuzida tinchlik-barqarorlikni saqlash, aholi farovonligi, uning munosib turmush darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, ta’lim, tibbiyot va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi umumbashariy vazifalar tobora muhim ahamiyat kasb etib, ularni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning roli kuchayib bormoqda. Xalqaro tashkilotlar deb butun insoniyat uchun umumiy bo‘lgan maqsadlarga erishish yo‘lida davlatlar, milliy jamiyat uyushmalarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ilmiy-texnik asoslarda birlashuvidan tashkil topgan tashkilotlarga aytiladi. Xalqaro tashkilotlarning umumiy xususiyati shundan iboratki, ularning faoliyati aniq bir milliy davlat chegarasidan chetga chiqib, davlatlararo vazifalar va muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘ladi. Bunday tuzilmalar bugungi kunda davlatlar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarning eng muhim va samarali shakllaridan biri bo‘lib qolmoqda. Xalqaro tashkilotlar davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda maqsad va manfaatlari, harakat yo‘nalishlariga, jahon siyosatida tutgan o‘rni va roliga qarab turlicha ahamiyat kasb etadi. Ular turli tarixiy sharoitlarda vujudga kelgan bo‘lib, siyosiy faoliyat sub’ektlari sifatida bir-biridan farq qiladi va xalqaro siyosatda turlicha mavqeni egallaydi. Xalqaro tashkilotlarni ularning xalqaro munosabatlarda va jahon siyosatida tutgan o‘rniga, maqsad va vazifalariga qarab bir necha guruhga ajratish mumkin: Download 47.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling