13 mavzu. O’zbekiston va jahon hamjamiyati Reja


Ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar


Download 47.62 Kb.
bet7/10
Sana04.02.2023
Hajmi47.62 Kb.
#1161517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
13-ma'ruza..

1. Ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar: BMTning ixtisoslashgan tashkilotlari, jumladan, YUNESKO (ta’lim, fan va madaniyat), FAO (oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi), YUNIDO (sanoat taraqqiyoti), YUNKTAD (savdo va rivojlanish), JSST (sog‘liqni saqlash), YUNEP (atrof muhit bo‘yicha), YUNISEF (bolalar masalasi), YUNITAR (o‘quv va ilmiy-tadqiqot), YUNIFEM (xotin qizlar manfaatlari yo‘lidagi taraqqiyot), YUNFPA (aholi qatlamlari sohasida), YUNIDIR (qurolsizlanish masalalari), IKAO (fuqaro aviatsiyasi), Xalqaro sud; Xalqaro mehnat tashkiloti, NATO, Islom konferensiyasi tashkiloti, MAGATE (atom energetikasi sohasida) va boshqalar.
2. Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar: Evropa Ittifoqi, EXHT (Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti), MDH, SHHT (SHanxay hamkorlik tashkiloti), MOHT (Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti), AMA (Amerika mamlakatlari assotsiatsiyasi), ASEAN, Afrika birligi tashkiloti va boshqalar.
3. Iqtisodiy xalqaro tashkilotlar: Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, BST (Butunjahon savdo tashkiloti), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, ETTB (Evropa tiklanish va taraqqiyot banki), OTB (Osiyo taraqqiyot banki), ITB (Islom taraqqiyot banki) va boshqalar.
Hozirgi davrda mamlakatlar o‘rtasidagi munosab.atlar, garchi birmuncha barqarorlashgan bo‘lsa-da, biroq bu jabhadagi ziddiyat va qarama-qarshiliklar hamon saqlanib qolmoqda. Bu o‘z navbatida barcha davlatlar va xalqlarni tashvishga solmoqda. SHu boisdan ham jahonda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning roli va ahamiyati yanada oshib bormoqda. Ular xalqaro munosabatlarni sog‘lomlashtirishning turli yo‘llarini ishlab chiqishga harakat qilmoqda. Jumladan, keyingi yillarda “keng qamrovli xavfsizlik”, “kuchlar nisbatidan manfaatlar nisbatiga o‘tish”, “jahondagi mojarolar va kooperativ munosabatlarni muvofiqlashtirishda diplomatik mohiyat” kabi konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda va ularda xalqaro siyosiy munosabatlarni barqarorlashtirishga doir xilma–xil fikrlar ilgari surilmoqda.
Hozirgi kunda munosabatlarni demokratik asosda qayta qurish xalqaro siyosiy munosabatlarni barqarorlashtirishning eng muhim yo‘li sifatida e’tirof etilmoqda. Albatta, ushbu jarayonni bir yoki bir necha davlatning ishtiroki bilan hal qilib bo‘lmaydi. Buning uchun ko‘pchilik davlatlarning birgalikdagi harakati zarur bo‘ladi.
Ayni paytda bu borada mavjud ziddiyatning kelib chiqish sabablarini ham e’tiborga olish muhimdir. Odatda davlatlararo ziddiyatlar, bir tomondan, hozirgi tarixiy bosqichning qarama-qarshiliklar bilan bevosita bog‘liq holda kelib chiqsa, boshqa tomondan ular o‘zaro siyosiy munosabatlarning xususiyatlariga ham bog‘liq.
Demak, jahonda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular turli davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti – dunyodagi umuminsoniy manfaatlar asosida faoliyat olib boradigan eng nufuzli xalqaro tashkilot (1945 yil 24 oktyabr). BMTga hozirgi vaqtda 192 ta mamlakat a’zo. BMT – er yuzida tinchlikni va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlar va millatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida 1945 yilda, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan g‘alaba qozongan mustaqil davlatlarning ixtiyoriy birlashishi asosida tuzilgan xalqaro tashkilotdir. Aslida bunday xalqaro tashkilotni tuzish zarurati Birinchi jahon urushidan keyinroq ayon bo‘la boshlaydi. SHu maqsadda dastlab 1919 yilda “Millatlar Ittifoqi” nomli xalqaro tashkilot ta’sis etiladi va u 1946 yilgacha SHvetsariyaning Jeneva shahrida faoliyat olib boradi. Ammo u davrda demokratik va tinchliksevar kuchlarning uyushqoq emasligi va zaifligi tufayli Millatlar Ittifoqi xalqlarning umidlarini oqlamaydi, u Birinchi jahon urushida g‘alaba qozonib, etakchi mustamlakachi davlatlarga aylangan Buyuk Britaniya va Fransiyaning quroliga aylanib qoladi. Ikkinchi jahon urushi davomida va undan keyingi vaqtda 1919-1939 yillar mobaynidagi ana shu achchiq tajriba inobatga olinadi, tegishli xulosalar chiqariladi. Xullas, o‘tmish sabog‘i yangi xalqaro tashkilotlarning butunlay boshqacha bo‘lishini talab qildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti to‘g‘risidagi dastlabki fikrlar 1942 yilda tajovuzkor fashistik rejimga qarshi kurash olib borayotgan mamlakatlar rahbarlari va namoyandalari tomonidan o‘rtaga tashlanadi. 1943 yili Buyuk Britaniya, AQSH, SSSR va Xitoy tashqi ishlar vazirliklarining qo‘shma kengashida bu fikr aniq ifodalanadi. BMTning nizomi 1944 yilda xuddi shu 4 davlat vakillarining Dumbarton-Oksdagi konferensiyasida ishlab chiqiladi va 1945 yil iyunida San-Fransiskoda ta’sis konferensiyasida imzolanib, 1945 yil 24 oktyabrda kuchga kiradi. SHu boisdan ham 24 oktyabr butun dunyoda BMT kuni sifatida nishonlanadi. BMT ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000 yilda esa ular soni 189 ga etdi1. BMTning bosh qarorgohi (shtab kvartirasi) Nyu-York shahrida joylashgan. BMT nizomida ko‘rsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli bo‘lishi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashga haqli ekani haqidagi umum e’tirof etilgan qoidaga qat’iy amal qilib, millatlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarini qaror toptirish iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish zaruratini nazarda tutib, ana shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg‘unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.

Download 47.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling