13-MAVZU. PUL OQIMLARI TAHLILI
13.1.Xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirishI, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga yerishishda tahlilniNg muhimligi va asosiy vazifalari.
13.2.Korxonaning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganligi va ular oqimini tahlil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
13.3.Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotning tuzilishi va asosiy yelementlari.
13.4.Pul oqimlarining kirimi va chiqimini samarali boshqarishda moliyaviy tahlilning o‘rni.
13.5.Asosiy faoliyatdagi pul oqimlari tahlili. Moliyaviy va investitsion faoliyatdan pul oqimlari tahlili.
13.6.Pul oqimlarini tahlil qilishning to‘g‘ri va yegri uslubi.
13.7.Pul oqimlarini boshqarishning omilli tahlili. Pul oqimlari harakatini tezlashtirish imkoniyatlarini aniqlash.
13.8.Pul oqimlaridagi o‘zgarish tendensiyalarini tahlili. Foiz stavkalari va ularni hisoblash usullari.
13.9.Valyuta mablag‘lari harakatining tahlili.
13.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga yerishishda tahlilning muhimligi va asosiy vazifalari
Pul mablag‘larini oqilona boshqarish masalasi doimo mulk yegalari va menejerlar ye’tiboridagi masala bo‘lib kelgan. Negaki, jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektning qarshi tomon oldidagi majburiyatlari ham ortib boradi. Natijada xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli va natijaviyligida salbiy holatlar kuzatila boshlaydi. Shu sababli, naqdlikni ta’minlash, ularni to‘g‘ri boshqarish masalasiga doimo ham muhim ahamiyat qaratilmog‘i lozim.
Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birga foydalanish chog‘ida pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini va ularning yekvivalentlarini jalb yetish qobiliyatini baholashga asos bo‘lib xizmat qilishi bilan foydalidir. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot pul tushumlari va to‘lovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |