13-Mavzu: Shashmaqom o‘zbek xalq musiqa merosini o‘rgatish jarayonida zamonaviy yondashuvlar
Download 418.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Shashmaqom
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Mumtoz musiqa madaniyatining tarixi va rivoji.
13-Mavzu: Shashmaqom o‘zbek xalq musiqa merosini o‘rgatish jarayonida zamonaviy yondashuvlar REJA 1.Mumtoz musiqa madaniyatining tarixi va rivoji. 2.Musiqa madaniyatining yoritishda musiqashunoslarning o„rni. 3.An`anaviy qo„shiqchilik san`atida xalq hofizlarining tutgan or„ni 1.Mumtoz musiqa madaniyatining tarixi va rivoji. Buyuk Turon zaminida musiqa madaniyati va ijrochilik san`atining rivojlanishi qadim zamonlarga bog„lanib ketadi. Buyuk Sharq allomalari Muhammad Al-Xorazimiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Al-Farg„oniy, Abu Ali ibn Sino, Pahlavon Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug„bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy , Pahlavon Muxammad, Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changiy va boshqa ulug„ bobokolonlarimiz o„zlarining risolalarida ijrochilik san`ati, musiqa ilmi va tarixi, cholg„u sozlarinig tuzilishi, ijroviy uslublari, san`atkorlik qonun-qoidalariga oid qimmatli ma`lumotlarni bayon etib ketganlar. Mashhur didaktik asar “Qobusnoma”da ham hofizlik va san`atkorlikning qoidalariga bag„ishlangan alohida bob o„rin olgan. Zaminimizda o„tkazilgan tarixiy qazilmalar natijasida topilgan dutorga,surnayga, qonunga, nayga o„xshash sozlar, toshlarga o„yib bitilgan sozandalarning soz chalib turganidagi tasvirlari, minatyura asarlaridagi sozanda va hofizlarning rasmlari o„lkamizda ijrochilik san`ati qadimdan rivojlanib kelganidan darak beradi. Sharq xalqlarining musiqiy merosi bo„lmish Maqom, Mug„om, Dastgoh, Navba, Raga, Kyui kabi ijrochilikning murakkab turkumlari avloddan-avlodga og„zaki ravishda o„tib kelgan. Tarixiy manbalar bilimdon ustoz san`atkorning fikri hamda ilmiy tadqiqotlarga qaraganda, XII-XVII asrlarda O„rta Osiyo, Xuroson va Ozarbayjon xalqlari quyidagi o„n ikki (davozdax) maqom mavjud bo„lgan. Ular “Ushshoq”, “Navo”, “Bo„zalik”, “Rost”, “Husayniy”, “Xijoz”,“Rohaviy”, “Zangula”, “Iroq”, “Isfahon”, “Zirofqand”, “Buzruk”. Yuqoridagi fikrlarga suyangan holda, shunday xulosa qilish mumkinki, tarixiy sharoitga yangi ijro yo„llari saqlangan ko„rinishlari bilan jilolanib ketgan. Keyinchalik xalqning etnik joylashishi, yashash sharoitlari, turmush tarziga qarab ularning turlicha madaniy rivojlanish davriga asoslanib har xil maqom yo„llari ham o„z o„rnini topganligi ehtimoldan holi emas. Natijada XVIII asrga kelib Buxoroning “Shashmaqom” (Olti maqom)i: “Buzruk”, “Rost”, “Dugoh”, “Segoh”, “Navo”, “Iroq” maqomlari o„zining nasr va mushkulot qismlari bilan rivojlangan bo„lsa, Farg„onaning “Chor maqom”i (To„rt maqom), “Dugoh Xusayniy”ning yetti yo„li, “Chorgoh”ning oltita ijrochilik yo„li, “Shahnoz Gulyor”ning oltita ijrochilik yo„li hamda “Bayot” yo„llarining savt va taronalari bilan jilolanib, ijro etib kelingan. Xorazm maqomlari ham yuqorida takidlangan olti maqom ijrosini alohida uslubiy va o„ziga hos yo„nalishlarini kuzatish mumkin. Bunda faqat keyinchalik yettinchi maqom sifatida chertim yo„lidagi “Panjgoh” maqomi kiritilgan. Xalq san`atining ulkan bilimdoni ustoz Yusufjon qiziq Shakarjonov: “Milliy musiqa san`atimiz bamisoli bir daraxt bo„lib, uning tomiri Xorazm, tanasi Buxoro, shohlari Farg„onadir”,- deb ta`riflagan ekanlar. Ustozning bu gaplarida katta ma`no yotadi. Musiqiy ijrochiligimizning yana bir yo„nalishi dastonchilik sa`nati Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalarida juda rivojlargan bo„lib,xalq baxshilari tomonidan sevib ijro etib kelinadi. IX-X asrda yashagan buyuk shoir Abu Abdullo Rudakiy o„z zamonasining chang sozlarini chalishda mohir bo„lganligi, ayniqsa “Bo„yi juyi muliyon” she`rining ushshoq kuyida aytilgani qadimgi qo„l yozmalarda ko„rsatilgan. Adabiyotshunos olim N.Mallayev qadimgi qo„lyozmalar asosida X-XIIasrlarda tanbur, rubob, nog„ora, qo„biz, talb, tanburok, zir, nay, chag„ona, shaypur, surnay, karnay, arg„unay, qonun kabi torli, zarbli va puflab chaladigan cholg„u asboblari o„lkamizda keng tarqalganini va o„n ikki maqom taraqqiy topib takomillashganini ko„rsatib o„tgan. Natijada XIII asrga kelib Buxoroning “Shashmaqom” ( olti maqom); “Buzruk”,”Rost”,”Navo”,”Dugoh”,”Segoh”,”Iroq” maqomlari o„zining nasr va mushkulot qismlari bilan rivojlandi. Shuning uchun avloddan-avlodga o„tib kelgan bebaho musiqy meros sanalmish Buxoro, Xorazm va Farg„ona, Toshkent maqomlari betakror ashula va katta ashulalar singari durdonalar bizga berilgan ulug„ ne`mat sifatida ardoqlanadi. Download 418.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling