13-Mavzu: Shashmaqom o‘zbek xalq musiqa merosini o‘rgatish jarayonida zamonaviy yondashuvlar
Musiqa madaniyatining yoritilishda musiqashunoslarning
Download 418.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Shashmaqom
2.Musiqa madaniyatining yoritilishda musiqashunoslarning
o‘rni. 1X-X11 asrlarda O„rta Osiyo musiqiy madaniyatida o„zgarishlar davri bo„lganligi manbalarda ko„rsatib o„tiladi. Lekin X-X11 asrlarda ijod etgan sozandalar, hofizlar va bastakorlarning nomlari va ularning ijodiy faoliyatlari haqida juda kam ma`lumotlar saqlanib qolgan. Ustoz musiqashunos olimlarning yozma manbalariga asoslanib ba`zilar ustida to„xtalib o„tishni lozim topdik. IX-X asrda yashagan buyuk shoir Abu Abdullo Rudakiy o„z zamonasining chang sozlarini chalishda mohir bo„lganligi, ayniqsa “Bo„yi juyi muliyon” sherining ushshoq kuyida aytilgan qadimgi qo„lyozmalarda ko„rsatilgan. X asrning buyuk qomusiy olimi Abu Nasr Al Farobiy bo„lib uning musiqa sohasida yaratgan asarlari asosida Ovrupa olimlari ham qator asarlar yaratganlar. Farobiy o„z faoliyatida musiqa ilmini tadqiq etish bilan birga fiziologik asoslarni ishlash ustida ijod qildi va “Qonun, g„ijjak” kabi yangi musiqiy sozlarni kashf etdi. Uning musiqa sohasidagi nazariy asarlaridan “Kitob ul musiqa al-kabir” (Katta musiqa kitobi), va boshqa asarlari mavjud. Farobiy o„sha davr ijrochilik san`atida katta shuhrat qozongan uning musiqa yo„nalishidagi nazariy asarlari kelajakda O„rta Osiyo xalqlari musiqa fani taraqqiyotiga asos bo„ldi va shu bilan birga dunyo musiqa fani rivojiga ham katta hissa bo„lib qo„shildi. Yana bir ulug„ alloma Abu Ali Ibn Sino musiqa nazariyasi bilan shug„ullangan bo„lib bemor insonlarning dardiga musiqa ham shifo bo„lishi haqida yozib o„tgan. Uning “Alqonun fit-tib”, “Kitob ul shifo”, “Donishnoma” kabi qator asarlarida musiqaning estitek ahamiyati va ta`sir kuchiga, ayrim ruhiy kasalliklarni musiqa vositasi bilan shifolash usullarini o„z amaliyotida isbotlab berdi. Tarix zar varaqlariga nazar soladigan bo„lsak ulug„ bobomiz Amir Temur davrida ham madaniyat va san`at gurkirab rivojlangan. Amir Temur o„z tuzuklarida 10-toifa xunar san`at egalaridir. Ularni davlatxonaga keltirib o„rdada o„rinlari belgilangan. Yozma manbaalarda yana shu davrning yirik bastakori Sayfitdin Nayi, Qutbi Nayi ,Said Yusuf (qo„biz) Darvishbek kabi musiqa sohasida mashhur bo„lgan san`atkorlar qalamga olinadi. Ulug„bek vafotidan so„ng san`atdagi rivojlanish davri Hirotga ko„chdi. Buning bevosita rahbarligida ulug„ bobomiz Alisher Navoiy turdi, podshoh va shoir Xusayn Boyqaro homiylik qildi. Navoiy butun Movrounnahr, Xuroson san`at va adabiyot ahlining sarboni bo„lib yangi taraqqiyot pog„onasiga olib chiqdi. Shu davr ichida o„zbek xalqining musiqa madaniyati yuksak cho„qqiga ko„tarildi. Yangi kuylar, qo„shiqlar, musiqa nazariyasiga oid asarlar maydonga keldi, talantli sozandalar, bastakorlar, hofizlar yetishib chiqdi. O„tmishda nota yozuvi bo„lmaganligi sababli og„izdan-og„izga o„tib kelgan mavjud xalq mumtoz kuy va qo„shiqlari endilikda notaga olingan bo„lib, bu xayrli ishni V.A.Uspenskiy, E.E.Ramonovskaya, I.Akbarov, M,Yusupov, akademik Yu.Rajabiy singari allomalar amalga oshirdilar. Bu borada ayniqsa ustoz Yunus Rajabiyning xizmatlari beqiyosdir. Natijada “ O„zbek xalq musiqasi”,”Shashmaqom”, “Xorazm maqomlari” singari ko„plab musiqiy to„plamlar dunyoga keldi va xalqimizning chinakam ma`naviy boyligiga aylandi. O„lkamizda musiqiy merosimizning ajiralmas qismi bo„lmish xofizlik azaldan muqaddas sanalgan. Islom olamida muqaddas kitobimiz bo„lmish “Qur`on” oyatlarni dilga jo qilib uning zebu-zabarlari bilan yoddan ijro etgan allomalarni “Hofizi Qur`on” deb yuritganlar. “Hofiz” arabcha so„z bo„lib,”yodda saqlamoq” ma`nosini anglatadi. Hofiz- ollohning 99 ismlaridan biri deb ham ta`riflanadi. Mumtoz hofizlarimiz islomiy bilimlardan ham badiiy she`riyatdan xabardor bo„lganlar.Shuning uchun ham ular ijro etgan qo„shiqlar nihoyat ta`sirchan bo„lib, tinglovchilarni o„ziga rom eta olgan.Mumtoz shoirlarimizning beqiyos ma`noga ega bo„lgan g„azallarni kuyga solib, ijro etgan qo„shiqlari uchun “Hofiz” degan nomga musharraf bo„lishlari ham qandaydir ramziy ma`no kasb etishi tabiiydir. O„zbek xalq musiqasining janrlariga asoslanib yaratilgan asarlarni ijro etuvchilar qadimda turlicha nomlangan: xonanda,hofiz, ashulachi, qo„shiqchi, yallachi, laparchi, talqinchi, maqomxon, savtxon, baxshi ,shoir, zokir, mug„anniy, mutrib, yirovchi, go„yanda, singarilar. O„tmishda hofizlarimiz “Shkami” yo„lida ijro etganlar. Bu yo„ldja ijro etish g„oyat murakkab bo„lib, shinavandalar tomonidan juda qadrlangan. Bizning davrimizga kelib xam bu xayrli ishlar davom etmoqda. Mashxur xofiz va bastakor Fattohxon Mamadalev “Nasrulloiy” musiqa yo„llariga so„z solib uning talqinchasini , uforisini, soqiynomasini yaratdi. Shu o„rinda aytish lozimki qo„shiqchilik san`atimiz rivojishiga o„zbek bastakorlari va sozandalari o„zlarinig ulkan hissalarini qo„shib kelmoqdalar. Yu.Rajabiy, T.Jalilov, I. Ikromov, S.Kalonov, K.Jabborov, Fahriddin Sodiqov, A. Ismoilovlar singari yuzlab bastakorlar yaratgan qo„shiqlar va kuylar xalq mulkiga aylanib qoldi. Download 418.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling