Turkiy tazkiralarda Alisher Navoiy siymosi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkiy tazkiralarda Alisher Navoiy siymosi Ilmiy rahbar : Filologiya fanlari doktori, professor H.Boltaboyev
- KIRISH…………………………………………………………………………3-5 I bob. XV-XVI asr tazkiralarida Alisher Navoiy hayoti va ijodining yoritilishi………………………………………………………………………6-35
- II bob. XVII-XX asrlarda yaratilgan tazkiralarda Alisher Navoiy ijodiga munosabat masalasi…………………………………………………………35-46.
- XULOSA…………………………………………………………………..…46-49 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………49-51
- Mavzuning dolzarbligi.
1 O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG„BEK NOMIDAGI O„ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI O„ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI Arolova Nafisa Akbar qizi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Turkiy tazkiralarda Alisher Navoiy siymosi Ilmiy rahbar : Filologiya fanlari doktori, professor H.Boltaboyev Toshkent – 2014 2 MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………3-5 I bob. XV-XVI asr tazkiralarida Alisher Navoiy hayoti va ijodining yoritilishi………………………………………………………………………6-35 1.1. Alisher Navoiy zamoniga yaqin davrda yaratilgan tazkiralarda Navoiy ijodi haqida ma‟lumotlar keltirilishi………………………………………...6-25 1.2. Oshiq Chalabiy va uning “Mashoir ush-shuaro”sida Alisher Navoiyning faoliyati bilan bog„liq yangiliklar……………………………………..25-35 II bob. XVII-XX asrlarda yaratilgan tazkiralarda Alisher Navoiy ijodiga munosabat masalasi…………………………………………………………35-46. 2.1. Sodiq Kitobdor Afshar va uning “Majma‟ ul-xavos” tazkirasida Alisher Navoiyga izdoshlik…………………………………………....35-43 2.2. XX asr boshlarida yaratilgan tazkiralarda Navoiy ijodi masalalari…...43-46 XULOSA…………………………………………………………………..…46-49 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………49-51 KIRISH 3 Mavzuning dolzarbligi. Agar adabiyot insoniyatning qalb kechinmalari, orzu-armonlari yuk qilib ortilgan bir karvonni eslatsa, shubhasiz, bu yo„lning sarboni hazrat Alisher Navoiy, desak yanglishmaymiz. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimov o„zining “Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch” asarida: “Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g„ururi, sha‟n-u sharifini dunyoga tarannum qilgan o„lmas so„z sa‟natkoridir…” 1 , - deya ta‟kidlaydi. Alisher Navoiy ijodi nafaqat o„z davri, balki bugungi kunning “Nafosat” tarozisiga tortilganda ham o„zining yuqori bahosini oladi. Alisher Navoiyning hayot yo„li, ijodiy faoliyati o„z davridan o„rganila boshlangan. Navoiyga bag„ishlangan madhiyalar uning ibratli hayoti tafsilotlari bilan muvofiq kelib, aholining turli qatlamlarida unga Olloh nazar qilgan benazir zot sifatidagi qarashni shakllantirdi, ulug„ shoir hayoti va faoliyatini o„rganish, targ„ib qilish boshlandi. Alisher Navoiy ma‟rifatparvar shaxs sifatida tarixiy manbalarda alohida qayd etilib, she‟riy asarlarda ta‟rif va tavsif qilindi. Navoiy nomi tazkiralarda qayd etildiki, biz bunday qimmatli ma‟lumotlarga tayanib, ulug„ mutafakkir siymosini o„rganish imkoniyatiga ega bo„ldik. “Tazkira milliy va o„zaro yaqin adabiyotlar tarixini yaratishda, muayyan davr adabiy muhitini o„rganishda, alohida adabiy siymolar va asarlarni tadqiq etishda adabiyotshunoslikning benazir janri sifatida xizmat qiladi. Hazrat Mir Alisher Navoiy hayotini va olamshumul ijodini tadqiq etish va ulug„ adibning ilmiy biografiyasini yaratishda ham forsiy va turkiy tazkiralarning muayyan ilmiy ulushi bor.” 2 Alisher Navoiy hayotiga oid manbalarni o„rganish borasida katta ishlar amalga oshirilganini e‟tirof etish bilan birga, hali bu sohada bajarilishi lozim bo„lgan ishlar ko„pligini aytish lozim. Chunonchi, Navoiy davri manbalaridagi ma‟lumotlar tanishtiruv sifatidagi bayon xarakteriga ega bo„lib, ko„pchilik 1 Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. –Toshkent: Ma‟naviyat, 2009. – B.47. 2 Boltaboyev H. Turkiy tazkiralarda Alisher Navoiy siymosi/ Jahon adabiyoti, 2013. №2. – B.157. 4 hollarda, o„zaro qiyoslanib tanqidiy o„rganilmagan. Ma‟lumki, XVI-XIX asrlarda yuzlab yozma manbalar, jumladan, tarixiy, ilmiy, tazkira janriga mansub asarlar yaratildi. Ammo ular o„zaro solishtirilib, ulug„ shoir haqidagi ma‟lumotlar bir sistemaga keltirilmagan. XX asrgacha yaratilgan asarlarda Navoiy haqidagi ilk ma‟lumotlarning aks etish darajasi, asl ma‟lumotlar bilan orada paydo bo„lgan tafovutlarning mohiyati va genezisi umuman aniqlanmagan. Qorong‟i uyni mash‟ala yoritganidek, tazkiralar fikrimizni ravshan qiladi. Tazkiralarda aytilgan fikrlar o‟zining ishonchliligi, tarixga yaqinliligi bilan ham ahamiyatli. Shu sababdan ham biz Navoiyni tazkiralar tasvirida o‟rgansak, haqqoniyroq siymosiga ega bo‟lamiz. Buning uchun bizda yetarlicha manbalar bor. Bitta misol turk olimi professor Mustafo Eson Alisher Navoiyning faoliyati ta‟sirida yozilgan 30 dan ortiq turk tazkiralarini tadqiq qilgan. 3 Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling