Turkiy tazkiralarda Alisher Navoiy siymosi
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Alisher Navoiyning jahon badiiyati
xazinasiga qo„shilgan shoh asarlari, XV asrning ikkinchi yarmi temuriylar saltanati davri ilm-fani va san‟atini rivojlantirishga qo„shgan benihoya hissasi allaqachon e‟tirof etilgan. Professor A.Hayitmetov Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy merosini o„rgangan, professor S.G„aniyeva esa “Majolis un-nafois” asarini tadqiq qilgan. Ammo tazkiralarga tayangan holda Hazrat Navoiyning hayot yo„li, ijodiy faoliyatini o„rganish biroz kechroq boshlangan. Jumladan, Maqsud Shayxzoda asarlarining 4-tomida “Tazkirachilik tarixidan” maqolasi bor. Unda Navoiy haqida so„z borgan ayrim forsiy va turkiy tazkiralar haqida ma‟lumot bergan. Matnshunos olim Shuhrat Sirojiddinov 1997-yilda “XV-XVI asrlar tarixiy va tazkira-esdalik asarlarida Alisher Navoiy hayoti va faoliyati talqini” asarini yozdi. So„ng 2011- yilda nashr etilgan “Alisher Navoiy. Manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili” asarida Navoiy madhi keltirilgan bir qancha risola, tazkiralarga yuzlanilgan. Hazrat Navoiy siymosining aynan turkiy tazkiralarda yoritilishi bo„yicha professor Hamidulla Boltaboyev “Jahon adabiyoti” jurnalining 2013-yil 2-sonida “Turkiy tazkiralarda Alisher Navoiy siymosi” maqolasini e‟lon qildi. 3 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.49. 5 Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi Alisher Navoiy zamonasida va undan so„ng yaratilgan turkiy tazkiralarda Hazrat Alisher Navoiy haqida keltirilgan ma‟lumotlarni o„rganish orqali ulug„ shoirning ijodiy biografiyasini yoritishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilardan iborat: - Alisher Navoiy zamonasida va undan so„ng yaratilgan turkiy tazkiralarni asl manbalar bo„yicha o„rganish; - Turkiy tazkiralardan Navoiy siymosi aks etgan qismlarini ajratib tahlil qilish; - Tazkiralarga tayanib Hazrat Navoiy hayoti va ijodining yangi qirralarini aniqlash; - O„rganilgan ma‟lumotlar asosida Alisher Navoiy siymosini tasavvurda yoritish. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling