6-mavzu. Matn shakllari va ularni tuzish prinsiplari. Badiiy va ilmiy asarlarning matniy o‘ziga xosliklari devon, tazkira, bayoz, tarixiy va turli fan sohalariga oid asarlar Reja


Download 37.57 Kb.
bet1/4
Sana29.01.2023
Hajmi37.57 Kb.
#1139810
  1   2   3   4
Bog'liq
6-ma\'ruza


6-mavzu. Matn shakllari va ularni tuzish prinsiplari. Badiiy va ilmiy asarlarning matniy o‘ziga xosliklari (devon, tazkira, bayoz, tarixiy va turli fan sohalariga oid asarlar
Reja:



        1. Matn tarixini o‘rganish prinsiplari

2.Qo‘lyozma tavsifini amalga oshirish usullari
3.Faksimil nashr
4.Devon. Devonning manba sifatidagi o‘ziga xosligi va tuzilishi. Kulliyot.
5.Bayoz. Bayozlarning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va ahamiyati.
6.Tazkira. Tazkiraning tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlari. Tazkiranavislik tarixi. 7.Tarixiy asarlar. Tarixiy asarlarning tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlari

Tayanch so`zlar: Matn tarixi, qo‘lyozma nusxa, qiyosiy tekshirish, to‘liq matnlar, nuqsonli matnlar, tuzatilgan matnlar (redaksiyaga uchragan), tugatilmagan matnlar
Matnshunoslikning asosiy uslubiy prinsipi matn tarixini kompleks ravishda o‘rganishdir. Bunda matndagi davr ruhi izlari, maqsadli ravishda yoki tasodifiy kiritilgan o‘zgarishlar ham, keyingi davrlarda yuz bergan nashriy saktaliklar ham nazardan qochirilmaydi. SHu jarayonda matnshunoslik tarixiy-adabiy, siyosiy-jo‘g‘rofiy va maishiy xarakterdagi turli masalalarni ham o‘rganadi. Shundan kelib chiqib, matnshunoslik barcha ilmiy sohalar ob’ektiga daxldor deyish mumkin. Adabiyot tarixi o‘rganadigan barcha masalalar matnshunoslikda hisobga olinadi, biroq uning vazifasi aniq. U matn taqdirini yoritadi, matndagi o‘zgarish xususiyatlari, sabablari va bosqichlarini oydinlashtiradi. D. Lixachev matnshunoslikni matnlarni nashr etish jarayonidan ajratib qaraydi1. Bu uning rus poligrafik nashrlari, oxirgi ikki-uch asrlik tarixga ega bo‘lgan matnlar yuzasidan olib borgan tadqiqotlari natijasida chiqargan xulosasi – “tekstologiya asosida faqat matn tarixini o‘rganish yotadi” degan tezisdan kelib chiqadi. O‘zbek matnshunosligi tarixini o‘rganish jarayonida biz bu tezis o‘zini oqlamasligini ko‘rdik. Zero, asrlar davomida o‘zbek matnshunoslarining zahmatli mehnati asarning qo‘lyozma nusxasini yaratishda namoyon bo‘lgan. Nashr tushunchasi qadimgi qo‘lyozmalarni ko‘chirish va tarqatish kabi an’anaviy xattotlik va kotiblik kasbiga daxldor bo‘lgani uchun matnshunoslik ayni noshirlik, qo‘lyozmani ko‘chirish va tarqatish kabi jarayonlarga taalluqlidir. O‘zbek matnshunosligining rus matnshunosligidan yana bir farqi shundaki, turli yozuvlarda aks etgan milliy yozma madaniyatimizni bugungi kunda ommaviylashtirish ham adabiyotshunoslarimizni nashr tiplaridan kelib chiqqan holda muayyan darajada matnshunoslik bilan bog‘liq vazifalarni bajarishga undagan. Bu haqda o‘z o‘rnida so‘z yuritiladi.
Matn tarixini tiklashning xalqimiz ma’naviy hayoti tarixidagi o‘rni beqiyos. Zero, qadimiy qo‘lyozma kitob matnlari davr ruhini aks ettiradi. Ularni jiddiy o‘rganish muallifning dunyoqarashi, voqelikka munosabati, davr ilm-fani darajasi va siyosiy jarayonlari haqida muayyan tasavvur berishi mumkin.
Matnshunos oldida turgan bosh vazifalardan biri – matn tarixini tiklash, tadqiq doirasiga jalb etilgan manbaning turli nusxalarini qiyosan o‘rganish, tadqiq etish, ular asosida matnning asosiy variantini yaratish va ilmiy muomalaga kiritishdir.
Matn tarixi muayyan matn haqidagi barcha ma’lumotlar yig‘indisidir. U asarning shakl va mazmuni haqida aniq tasavvur beradi, matnga oid bilvosita va bevosita ma’lumotlarning barchasini qamrab oladi.
Matn tarixini o‘rganishda tarixiy yoki adabiy yodgorlikning yaratilgan va ko‘chirilgan davrini aniqlash, manba nusxalari ko‘p bo‘lsa, ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish muhim hisoblanadi. SHu sababli yodgorliklar matni ustida tekstologik tadqiqotlar olib borishdan avval shu yodgorlikning mavjud barcha qo‘lyozmalarini yig‘ish, ko‘chirilish davri, matniy to‘liqligiga qarab tasniflash va shundan keyingina uning tarixini kuzatish lozim. CHunki har bir qo‘lyozma birinchi navbatda o‘z davrining tarixiy yodgorligi sifatida o‘zigagina xos bo‘lgan muayyan tarixga ega2.
Matn tarixini o‘rganish qo‘lyozma nusxaning mavjud nusxalarini o‘zaro qiyosiy tekshirishdan boshlanadi. Matnlar to‘liq, nuqsonli, tuzatilgan (redaksiyaga uchragan) yoki tugatilmagan ko‘rinishlarda uchraydi. Qo‘lyozma nusxalarda uning tarixi bevosita qayd etilgan yoki bilvosita aniqlanadigan belgilar yordamida tiklanadi. Bevosita belgilarga qo‘lyozma asarning yaratilish va ko‘chirilish sanalari, muallif va uning asarni yozish maqsadi ifodalangan so‘zboshisi, kotib nomi yoki uning qaydlari kabi matnshunoslik uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan tavsifiy mezonlar kiradi. Bilvosita belgilarga ushbu asar va uning muallifi haqida turli asarlar, xususan, tazkiralarda berilgan ma’lumotlar, shuningdek, qo‘lyozma nusxalarni qiyoslash natijasida olinadigan tekstologik natijalar kiradi.
Matnshunoslik prinsiplari haqida so‘z ketar ekan, shuni alohida ta’kidlash zarurki, ular haligacha tasniflanmagan. Matnshunoslikning tadqiq usullari va prinsiplari o‘rtasidagi farqlar nazariy jihatdan ko‘rib chiqilmagan. Biz bu holni o‘zbek matnshunoslik ishlarida ham kuzatdik. Masalan, P. Shamsiev prinsip deganda tadqiq usullarini ko‘zda tutadi3, Eshonxo‘jaev esa prinsipga tamoyil sifatida qaraydi4. D. Lixachev matnshunoslikning tadqiq usullari haqida gapirar ekan, ularni “matn tuzishning metodik prinsiplari...” deb ataydi.
O‘zbek matnshunosligi tarixini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘zbek matnshunosligining yangi davrida (1920 yillardan keyingi davr nazarda tutilmoqda – mualliflar) yuzaga kelgan ko‘plab nashrlarda matnshunoslikning bir qancha prinsiplari aks etgan. Ular tuzilayotgan matn shakllariga qarab farqlanadilar. Ma’lumki, matnshunoslikda matn tuzishning bir necha shakllari qabul qilingan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1.Ilmiy-tanqidiy matn shakli.
2.Yig‘ma-qiyosiy matn shakli.
3.Ilmiy-ommaviy matn shakli.

Download 37.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling