Mavzu: Matn tarixi va tadqiq usullari Reja: Matn tarixi haqida. Matnni o'rganishda matn tarixining ahamiyati. Matnni tadqiq qilish usullari


Download 104.23 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi104.23 Kb.
#1463591
Bog'liq
2 5224392747066066329

Mavzu: Matn tarixi va tadqiq usullari Reja: 1. Matn tarixi haqida. 2.Matnni o'rganishda matn tarixining ahamiyati. 3. Matnni tadqiq qilish usullari.

Boy tarixni o'rganish va o'rgatish deganda, faqat yozma manbalarda mavjud ma’lumotlar to'g'risidagi bilim va tushunchalarni shunchaki mexanik tarzda talaba va bakalavrlarga yetkazish emas, balki an’naviy va zamonaviy pedagogik usullarning eng qulay va samarali vositalaridan foydalangan holda, ularda manbalar to'g'risida tushuncha, bilim va ulardan foydalanish malakasini hosil qilish bilan biiga, tariximiz to'g'risida mustaqil fikr yuritishga o'rgatishni ham tushunamiz.

Yozma manbalami talabalarga tushuntirishning bir necha tamoyili avjud. Birinchisi maxsus kataloglardagi manbaning tavsif tamoyilidir. XIX asroxirida paydo bo'lgan Yevropa mamlakatlaridagi kataloglar ichida igliz olimi Charlz Ryoning ko'p jildlik arab, fors va turkiy tillardagi sharq qo'lyozmalari kataloglaridagi yozma manbani tavsiflash tamoyili o'zining mukammalligi va puxta o'ylanganligi bilan alohida ajralib turadi._

Qator mavjud kataloglar asosida O'zbekiston Respublikasi Fanlar ademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti olimlari ham mustaqil ravishda qo'lyozma manbalami ilmiy tavsifga olish usulini ishlab chiqqanlar. Unda manbaning quyidagicha tavsifi berilgan:Sarlavha sifatida asar nomi asl nusxada va uning ruscha tarjimasi,qo'lyozmaning xazinadagi tartib raqami va ushbu katalogdagi raqami keltirilgan. _

So'ngra asar muallifi nomini asli arab yozuvida va ruschada keltirish bilan asosiy tavsif boshlanadi. Undan keyin muallif to'g'risida imkon darajasida to'liq), asar mazmunining tarkibi va qisqacha bayoni keltiriladi. Ba’zi o'rinlarda asar boshlanish va oxirgi jumlalari qo'lyozmadan aynan arab yozuvida keltiriladi. Taijimon va xattotlar nomlari arab yozuvida va ruscha yoziladi.

Tavsif ixcham kodikologik ma’lumotlar — xati, qog'ozi, ziynati, xattot nomi, qo'lyozmaning kitobat tarixi, nuqsoni, varaqlar soni, o'lchami va abiyotlar (bibliografiya) nomlarini keltirish bilan tugallanadi.

Mavjud ilmiy adabiyotlaming tahlili va shaxsiy tajribalarimiz asosida yozma manbalar to'g'risidagi texnik ma’lumotlar va asar mazmunini talabalarga kompleks tarzda tushuntirishning eng samarali va ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqishga harakat qilindi.

Manbaning o'rganilishi, uning tarixnavisligi maxsus qo'shimcha tarixnavislik fanida qay darajada yoritilganligini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Chunki, bo'lg'usi pedagoglar ushbu manbalar ustida mustaqil tadqiqot olib borishlari uchun ilmiy asos yaratiladi.

Manbaning o'rganilishi, tarixnavisligi oxirida asardagi ma’lumotlar qanday maxsus tadqiqotlarda, darslik va qo'llanmalarda yoritilganligi bayon etiladi.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1.Yozma manbalaming qanday tavsif usullari mavjud? 2. Kodikologik m a’lumotlar deganda nimani tushunasiz? 3. Yozma manbadagi asaming tarkibi va mazmuni qanday tahlil qilinadi? 4.Yozma manbalar tarkibi qanday qismlardan iborat bo'ladi? 5. Yozma manbaning ilmiy ahamiyati nima bilan belgilanadi?


Download 104.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling