Mashina tarjimasi turlari va ularning qiyosiy tahlili


Download 183.09 Kb.
bet1/7
Sana15.11.2023
Hajmi183.09 Kb.
#1775631
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dauletov A.Yu va Matyakubova N.Sh 1 (3)


Mashina tarjimasi turlari va ularning qiyosiy tahlili
Dauletov A.Yu
ALFRAGANUS UNIVERSITY ” Raqamli texnologiyalar”
kafedrasi t.f.f.d (PhD)., dotsent
Matyakubova N.Sh
Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti, doktaranti
Annatotsiya. Insonlar orasida til to‘siqlarini bartaraf etish uchun eng katta ko‘makchi bo‘lgan texnik vosita bu mashina tarjimasi vositasi bo‘lib u tabiiy tilni qayta ishlashning ko‘plab sohalari orasida samarali natijalar ko‘rsatgan elektron vosita hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti jarayonida mashina tarjimasi ham o‘zining jadal taraqqiyot davrini o‘tkazdi va hali hanuz uning samaradorligini oshirish va takomillashtirish uchun ko‘plab izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada biz mashina tarjimasi, uning taraqqiyot bosqichlari va bugungi kunda eng ko‘p qo‘llanilayotgan mashina tarjimonlarining turlarini ko‘rib chiqamiz.
Kalit so‘zlar: mashina tarjimasi, qoidaga asoslangan mashina tarjimasi, statistik mashina tarjimasi, neuron mashina tarjimasi, statistik modellar, tabiiy tilni qayta ishlash.
Abstract. The machine translation is not only one of the technical tool which helps to overcome language barriers among people, but also an electronic tool that has shown effective results among many areas of natural language processing. In the process of technical development, machine translation has also experienced a period of rapid development, and many researches are still being conducted to increase and improve its efficiency. In this article, machine translation, its stages of development, and the most commonly used types of machine translators are stated.
Keywords: machine translation, rule-based machine translation, statistical machine translation, neural machine translation, statistical models, natural language processing.
Kirish. Bir tildan boshqa tilga matnlarni avtomatik tarjima qilish usuli mashina tarijmasi deb yuritilib ilmiy texnika taraqqiyotining eng katta yutuqlaridan biri hisoblanadi. Mashina tarjimasiga bo‘lgan ehtiyoj dunyoning globallashuvi va insonlar orasida o‘zaro bog‘liqligining kuchayishi natijasida paydo bo‘ldi. Turli tillarga mansub odamlar savdo, diplomatiya, fan va texnologiya kabi turli sohalarda tez-tez muloqot qilganligi sababli, til to‘siqlarini bartaraf etishning samarali usullariga talab ortib bordi. Ushbu ehtiyojlar natijasida tadqiqotchilar tarjimalarni mashinalar orqali avtomatlashtirish g‘oyasini o‘rgana boshladilar. Bu 1950-yillarda qoidaga asoslangan yondashuvlar va 1990-yillarda statistik metodlardan foydalanib tarjima qiluvchi dastlabki mashinali tarjima tizimlarining rivojlanishiga olib keldi va bu bugungi kunda bizda mavjud boʻlgan zamonaviy mashina tarjimasi texnologiyalariga asos soldi.
Bugungi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan mashina tarjimasi(MT) vositalariga Google Translate, Yandex Translate, DeepL, Amazon Translate kabilar bo‘lib ular turli usullardan foydalanib matnlarni tarjima qilish imkoni bilan bir qatorda keng ko‘lamda tillar tanlash imkonini beradi. Ammo MT tarixiga nazar soladigan bo‘lsak tarjima qilingan gapning kontekstual ma’nosini tabiiy tildagidek chiqarish bir muncha murakkab bo‘lgan va asosan qoidalarga asoslanib va mavjud bo‘lgan statistik ma’lumotlardan foydalangan holda berilgan matnlar tarjima qilinigan. Machine Learning hamda Deep Learning mexanizmlarining takomillashuvi zamonaviy tarjima tizimlariga ham katta tasir ko‘rsatdi. Sun’iy intellekt algoritmlari va neyron tarmoqlari tufayli mashina tarjimasi deyarli insoniy aniqlik darajasiga yetdi.

Download 183.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling