Hayratul-abror
Download 23.25 Kb.
|
7-ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
7-mavzu: “Hayratul-abror”ni sharhlab o‘qitish (na’t, ko`ngil, hayrat boblari) Reja: Basmala bobining qiyosiy tahlili. Hamd, munojot, na’t va me’rojnomalardagi poetik tafakkur. Dostonda ko‘ngil obrazining talqini. Uch hayrat sharhi. Tayanch tushunchalar: “Hayratul-abror”, sharhlab o‘qitish, na’t, ko`ngil, hayrat, obraz, tahlil, talqin Adabiyotlar: Sirojiddinov Sh. Alisher Navoiy. Manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili.– Т.: Akademnashr, 2011. Юсупова Д. Ўзбек мумтоз ва миллий уйғониш адабиёти (Алишер Навоий даври). Ўқув қўлланма. – T.: TAMADDUN, 2016. Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси. – Т.: Фан, 1983. Комилов Н. Хизр чашмаси. – T.: Маънавият, 2005 Комилов Н. Маънолар оламига сафар. – T.:TAMADDUN, 2016. Ma’lumki, Bismillohir Rahmonir Rahiym ( الرحيم الرحمن اﷲ بسم) 19 harfdan iborat. Olloh taolo bir kecha kunduzni 24 soat qilib yaratdi. Diniy aqidalarga ko‘ra, shu 24 soatning 5 soatiga 5 vaqt namoz taxsis etilgan, qolgan 19 soatiga esa 19 harfli “Bismilloh”ni o‘qish gunohlarga kaforat ekan. Ayni shunday mazmundagi sahih hadisni Ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: “Kimki 19 do‘zax azobidan xalos bo‘lishni xohlasa “Bismillohir Rahmonir Rahiym”ni o‘qisin. Olloh unga Bismillohir Rahmonir Rahiymning har bir harfi uchun bitta jannatni hoziru nozir qiladi”. Basamalai sharifning ilk harfi haqida Muhiddin Arabiy shunday deydi: “Ey inson, bilginki, Olloh taolo kitobi karimini “Be” bilan boshlab, “bismilloh” deyishi “Be”ning sharafidandir. YAna bu kabi har bir sura ham “Be” bilan boshlanadi. “Tavba” surasi “Bismilloh”siz boshlansada, avvali yana harflar ichida faqat “Be” bilan “Baroatun minalloh” deya nozil qilindi. Bu bayon “Be”harfining buyuk sharafini bildirish uchundir”. Ta’kidlash joizki, Mavlono Jaloliddin Rumiy ham o‘zining “Ma’naviy masnaviy” asarini “Bishnav az nay chun hikoyat mekunad”deb boshlaydi. Bu ham tasodifiy bo‘lmasdan, bevosita “Be” harfining asroriga borib taqaladi. Ushbu harf ila hurufiylar Hazrati Muhammad (s.a.v)ga ishora etadilar. Ma’lumki, Qur’oni Karim Rasulloh (s.a.v)ga nozil bo‘lgan. Ulug‘ zot ilohiy kitobning har bir surasini “Be” harfi bilan boshlab, Qur’oni Karimning faqat Muhammad (s.a.v)ga tushirilganligini uqtirgan bo‘lishi mumkin. Olloh hamma narsani o‘z habibi Muhammad (s.a.v) uchun yaratdi va hammadan avval uning nurini paydo qildi. Haq yo‘liga boshlovchi, tom ma’nodagi komil inson Muhammad (s.a.v)dir. Shu bois Alisher Navoiy “ahli qabul” uchun Ollohga etishishda eng maqbul yo‘l sifatida payg‘ambarimiz yo‘llarini ibrat qilib ko‘rsatgan. “ Download 23.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling