Hayratul-abror


mim” harfi bilan boshlanib, “nun


Download 23.25 Kb.
bet3/3
Sana29.01.2023
Hajmi23.25 Kb.
#1138570
1   2   3
Bog'liq
7-ma\'ruza (2)

mimharfi bilan boshlanib, “nun” orqali “intiho”topadi. Navoiy Xoliqi olamning insonlarga bergan ne’matlari “bemuntaho” – cheksiz ekanligini e’tirof etib, xaloyiqni Unga shukrona aytishga chaqiradi.
Yo” bila “mim” qilib izhori yam,
Aylagali g‘arqayi bahri karam.
Olloh taoloning rahmon sifati faqat O‘zigagina tegishli bo‘lib, boshqa hech kimga nisbatan bu sifatni ishlatib bo‘lmaydi. Ammo rahim sifati Muhammad payg‘ambarimizga nisbatan ham ishlatiladi. Chunki qiyomatda ummatlarini shafoat qilishlari me’rojnomalarda qayd etilgan. Buyuk mutafakkir ana shunga ishorat qilib, sarvari koinot Muhammad (s.a.v)ning karam dengizidan “ahli qabul” bahramand ekanligini “yoy” va “mim” harflarining ramziy ifodasi orqali ta’kidlab, o‘zi ham shu “bahri karam”dan umidvor.
Nuqtavu tashdid anga chaqmoqu tosh,
Qilmoq uchun partav “alif” sham’i fosh.
Shoir basmalai sharifdagi nuqta va tashdid belgilarining “ahli qabul” uchun yog‘du sochishini, yo‘llarining nurafshon bo‘lishida zamin hozirlanishi bayt mazmuniga singdirgan.
Jazmi solib tavq ko‘ngul bo‘ynig‘a,
Nuqta baqo durrini jon qo‘ynig‘a.
Hurufiylikda harflar va ularning botiniy ma’nolari bilan birgalikda nuqtaga ham alohida ahamiyat berilgan. Mazkur suluk asoschisi Naimiy nuqta haqida shunday deydi: “Hamma ulum dar zimni yak nuqta va yak nuqta ilm 32 kalima bud” (Tarjimasi: Hamma ilmlar uchun bir nuqta asos, shu nuqta esa 32 harfdir). Demak, nuqta hamma narsaning asosi sifatida e’tirof etilgan. Hazrati Ali ham: “Tavrot, Injil, Zaburdagilarning hammasi Qur’oni Karimda, Qur’oni Karimdagi haqiqatlar esa “Be” harfidadir. “Be” harfidagi asror va haqiqatlar esa “Be”ning ostidagi nuqtada mavjuddir.”, deganlar. Butun mavjudotni yagona Olloh yaratganligi nuqtaning “Be”ning ostidan joy olishi borliqning Ollohga tobe ekanligini bildiradi. Borliqni yaratishdan maqsad – insoni komildir. Shuning uchun shayx Shibliyning “Men “Be” ostidagi nuqtaman”, degan fikridan “Men insoni komilman” degan ma’noni anglash mumkin. Navoiy ham ushbu baytda nuqta boqiylikka (Ollohga) erishish asosi ekanligini yoritgan.
Ham harakotidin ionat etib,
Etgali maqsudqa tahrik etib.
Shoir nazdida basmalai sharifning nafaqat harflari, balki “harakat”lari (zer, zabar, pesh) ham “ahli qabul”ning “maqsad”ga erishishida “ionat” etadi.
Ham sakanoti qilib ifsho sukun,
Anda tavaqqufqa bo‘lub rahnamun.
Ma’lumki, arab yozuvida “sukun” to‘xtash uchun qo‘yiladigan belgi bo‘lib, basmalaning ikki o‘rnida ishlatilgan. Navoiy Bismillohir Rahmonir Rahiymdagi sukunlarning “ahli qabul”ga xayrixoh, hatto ayni toifaning ulug‘ maqsadga erishishlarida “rahnamun” ekanligidan kitobxonni ogoh etgan.
Soyiri chun po‘yag‘a gomin ochib,
Gardidin atrofig‘a jonlar sochib.
Basmalai sharifdagi qolgan belgilar ham “ahli qabul”ga peshvoz chiqib, ularni olqishlaydi.
Bosh – ayog‘i boshtin – ayoq jon bo‘lub,
Boshdin ayog‘ jon neki, jonon bo‘lub.
Navoiy tasdir – so‘z takrori orqali ta’sirchanlikni oshirib, o‘quvchi diqqatini Bismillohir Rahmonir Rahiymga qaratadi. Zero, basmalai sharifdagi hamma harf va belgilar e’tibordan chetga qolmay “ahli qabul” hamda “ahli rad”ga munosabat bildirgan.
Azmida ul qavmg‘a dog‘ uzra dog‘,
Qat’ida bu xaylg‘a bog‘ uzra bog‘.
Shoir bu ikki toifani taqqoslar ekan, tazod san’ati imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanib, Bismillohir Rahmonir Rahiym “ahli rad” uchun “dog‘”, “ahli qabul” uchun “bog‘” sifatida ekanligini hayrat bilan yoritgan.
Istabon, ey xasta Navoiy, navo,
Bo‘yla safarg‘a qilur ersang havo.
Alisher Navoiy ishtiqoq – o‘zakdosh so‘zlardan foydalanish orqali, Haq taolo vasliga erishmoq uchun, yo‘l mashqqqatlaridan tashvishga tushmay tavakkalni Ollohga qo‘ymoq lozimligini qayd etgan. Bu hol keyingi baytda yorqin ko‘rinadi:
Yo‘l yomonu yaxshisidin ema g‘am,
Bismilloh, degilu qo‘yg‘il qadam.
Darhaqiqat, Bismillohir Rahmonir Rahiym – dunyoda hammaga: do‘stu dushmanlarga va barcha maxluqot olamiga rizq beruvchi, qiyomatda esa faqat mo‘min bandalariga jannati va jamolini ato etuvchi Olloh ismi bilan boshlayman demakdir. Hazrat Navoiy rahmdil va mehribon zot – Olloh taologa hamd aytish bilan fikrlarini xulosalaydi. Xalqsevar shoir o‘z elini aziz va muhtaram deb biladi. Shuning uchun unga keladigan balo-qazolarni daf aylashda Haq taolo karamidan umidvor:
“Xayra sanoin limufizil – karam”,
Kim karamidin erur el muhtaram.
Download 23.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling