Turkiy tazkiralarda Alisher Navoiy siymosi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana25.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1228226
1   2   3   4
 
 
 
 
 
 
39
Muhammad Ali Sodiqbek Sodiqiy Afshar (Kitobdor) Majma’ ul-xavos. Baku, 2010, -B.83. 


43 
2.2. XX asr boshlarida yaratilgan tazkiralarda Navoiy ijodi masalalari 
 
“O„zbek tazkirachiligining to„ng„ich asari bo„lgan “Majolis un-nafois” 
o„zbek tilida bir qator tazkira, majmua yoki bayozlarning vujudga kelishiga yo„l 
ochdi, bir namuna bo„lib xizmat qildi”
40
. O„zbek tazkirachiligida Navoiy boshlab 
bergan an‟ana XX asrda ham davom etganligini asoslovchi asarlar mavjuddir. 
Salomat Matkarimovaning 2007-yilda himoya qilgan dissertatsiya ishi XX 
asr tazkirachiligi bilan bog„liqdir, ya‟ni ilmiy ishning mavzusi “Tabibiy - 
tazkiranavis”. Ahmad Tabibiyning tazkiralari – “Majmuai si shuaroyi payravi 
Feruzshohiy” va “Muhammasoti majmuat ush-shuaroyi Feruzshohiy” – 30 dan 
ziyod ijodkorlar hayoti faoliyatiga oid ma‟lumotlar XIX asr oxiri XX asr boshidagi 
Xorazm adabiy muhitining asosiy xususiyatlarini yoritishi jihatdan birlamchi va 
ishonchli manba. Ular Navoiy boshlab bergan o„zbek tazkirachilik an‟anasi ijodiy 
ta‟siri va rag„batining Tabibiy talqinidagi ifodasi va yangi tarixiy davrdagi davomi 
ekani bilan ham qimmatli.
Sayyora Samandarova esa 1996-yil “XX asr o„zbek tazkiralari” mavzusida 
nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. U XX asr tazkiranavislari sifatida Xiva 
adabiy muhitida Hasanmurod Laffasiy (“Xiva shoir va adabiyotchilarining 
tarjimayi hollari”), Qo„qon adabiy muhitida Po„latjon Qayumov (“Tazkirayi 
Qayumiy”) tazkiralarini o„rganadi
41

“Tazkirayi Qayumiy” (“Qayumiy tazkirasi”) – Po„latjon domla Qayumiy 
(1885-1964) asari (1960). O„zbek tilida. Markaziy Osiyodagi turk tilli 324 shoir 
ijodi haqida. Ularning aksariyati Buxoro amirligi, Xiva va Qo„qon xonligida 
yashaganlar. Tazkira daftarlar tarzida tuzilgan bo„lib, har qaysi daftar muayyan 
ichki mundarijaga ega. Tazkirada shoirlar ijodidan 10259 misra she‟r keltirilgan. 
Tazkira haqida akademik Aziz Qayumov shunday yozadi: “Otam S.Ayniyning 
“Namunayi adabiyoti tojik” asaridan ibrat olgan. So„ng ushbu adabiyot bilan 
yaxshi tanishib, “Namunayi adabiyoti o„zbek”ni yaratishni orzu qilgan. Asar 
40
Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1965. –B.515.
41
Samandarova S. XX asr o‘zbek tazkiralari: filol. fan. nomzodi... dis. – Toshkent: 1996. –Б.46. 


44 
tazkira tarzida tuzilganligidan, unda boshqa tazkiralardagi ma‟lumotlardan 
foydalanilganligidan va u butun o„zbek adabiyotini qamrab olganlik da‟vosidan 
yiroq bo„lishi uchun “Tazkirayi Qayumiy” deb nomlangan”.
Po„latjon Qayumiy 1885-yil Qo„qonda tug„ilgan. Otasi Abdulqayum Mirzo 
xattot bo„lib, uning tomonidan ko„chirilgan Navoiy va boshqa shoirlarning 
devonlari Toshkentda litografiya usulida bosilgan. Po„latjon Qayumiyning 
ma‟rifatparvar bo„lib shakllanishida, olim sifatida qator ilmiy-tarixiy asarlar 
yaratishida u tavallud topgan ana shu oila muhiti zamin tayyorlagani, shubhasiz.
“Tazkirayi Qayumiy”ning manbalari sifatida quyidagi asarlarni ko„rsatish mumkin: 
Alisher Navoiyning “Majolisu-n-nafois” tazkirasi. Po„latjon Qayumiy mazkur 
tazkiradan 14-15-asr mumtoz adabiyot namoyondalari haqida ma‟lumot berishda, 
xususan, Sayyid Ahmad, Atoiy, Lutfiy kabi shoirlar xususidagi ma‟lumotlarda 
Navoiyning ushbu shoirlar ta‟rifidagi fikrlarini ham keltiradi. Alisher Navoiy 
Sayyid Ahmad haqida “turkiy, forsiy she‟rlari bor”ligi to„g„risida to„g„risida xabar 
berishini, Atoiyni “xushxulq, darveshvash, munbasit kishidur, turkigo„y erdi. O„z 
zamonida ash‟orlari atrok orasida ko„p shuhrat tutgan” deb ta‟riflashini, Lutfiy esa 
“o„z zamonasining “malik ul-kalomi”, ya‟ni “so„z podshohi” erdi. Turkiy va 
forsiyda naziri yo„q erdi”, deya ulug„lashini qayd etadi. 
Tazkira uchun foydalanilgan manbalar: 
- Qoti Rahmatullo Vozehning “Tuhfat ul-ahboblari tazkirat ul-ashob” 
tazkirasi; 
- Afzal Pirmastiyning “Afzal ut-tazkor fi zikr ush-shuaro val- ash‟or” 
tazkirasi; 
- Fazliy Namangoniyning “Majmuai shoiron” majmuasi. 
“Tazkirayi Qayumiy” o„zbek adabiyotining juda katta davrini qamrab olgan. 
Asarni shu nuqtayi nazardan o„rganganda, unda quyidagi davrlarga mansub 
shoirlar haqida ma‟lumotlar mavjudligi ayon bo„ladi: 
- XI-XIII asrlar umumturkiy adabiyot namoyondalari (Mahmud Qoshg„ariy, 
Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Rabg„uziy); 


45 
- XIV asrda va XV asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan shoirlar 
(Xorazmiy, Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Durbek, Sayyid Ahmad, Amiriy, 
Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy); 
- XV asrning ikkinchi yarmi o„zbek adabiyoti. (Alisher Navoiy); 
- XVI-XVII asrlarda ijod etgan shoirlar (Xoja, Majlisiy, Baqoiy, Mashrab); 
- XVIII asrda yashab ijod etgan shoirlar (Huvaydo, Naseh, Mashrabi soniy, 
Mansur, Nizomiy, Shavqiy I, Ravnaq); 
- XIX asr va XX asr o„rtalarida yashab ijod etgan shoirlar anchagina 
bo„lganligi sababdan nomlarini keltirmadik. Ularning nomlari tazkirada ilk 
bor keltirilganligi bilan diqqatga molik. 
Hazrat Alisher Navoiy haqida “Tazkirayi Qayumiy”ning birinchi daftarida so„z 
yuritilgan. “Navoiy – ulug„shoir Alisher milodiy ila 1441-yilda 9-fevralda Hirot 
shaharida xizmatchi amir oilasida dunyoga keldi. Otasi hukumat idorasinda xizmat 
etar edi. Alisher temuriylar sulolasiga yaqin turar edi. Temuriylardan Husayn 
Boyqora bilan boshlang„ich maktabda birga o„qimishdir. Xurosonning podshohi 
Shohruh mirzo 1447-yilda vafot etgandan so„ngra shahzodalar orasinda taxtga 
vorislikning talashishi boshlanib ketib mamlakatda notinchlik zuhur etdi. 
Alisherning otasi butun oilasini olib Iroq tomonga safar etdi. 1452-yilda Alisher 
Hirotga qaytib k eldi. Tahsilda davom etdi. Xattotliq ila rassomliq, ilmi aruz 
o„rgandi. Musiqani ham o„rgandi. She‟r yozishga ertaroq kirishdi. Ul 15 yoshinda 
shoir bo„lib tanildi. Turkiy tilda taxallus etib Navoiy va tojik tilida Foniyni ixtiyor 
etdi. Shuning uchun ikki tik egasi (“Zullisonayn”) deb shuhrati chiqdi. 1456-yilda 
Xurosonning shohi bo„lmish Abulqosim Boburning saroyiga xizmatga kirdi. Bu 
shoh ham shoir edi. Yosh Alisherning talantiga yaxshi baho berur edi. Abulqosim 
Bobur vafot etdi. Alisher Mashhad shaharida turdi. Bundan Hirotga 1464-yilda 
qaytib keldi. Bunda turganda Badaxshonlilar bilan do„stlashib yurar edi. So„ng 
badaxshonlilar Abu Said mirzoga qarshi isyon chiqazdilar. Gumon bilan buni 
Alisherdan ko„rdilar. 1466-yilda Alisherni Samarqand shahariga surgun qilishdi. 
Alisher madrasai Ulug„bekda turib, o„shal zamonning mashhur olimi, mashhur 
mudarris mavlono Abu Lays Samarqandiydan fan o„rgana boshladi. Bunda 


46 
mashhur olimlar va cholg„uchilardan boshqa fan arboblari bilan tanishdi. 1469-
yilda Xurosonda o„zgarish bo„lib, Husayn Boyqora Xuroson podshohi bo„lib, 
Hirotda taxtga o„tirdi. Alisher Navoiyni o„ziga chaqirdi. Alisher Hirotga borgach, 
1469-yilda muhrdorlik mansabi berildi. Bu olimning vijdoni hukmdorlarning 
axloqi bilan kelisha olmadi. Saroy arboblarining xalq ommasiga qilgan jabr-u 
zulmlariga norozilik ko„rsata boshladi. Zolimlar ko„pi Alisherni yoqtirmadilar. 
Surgunda bo„ldi. Yana Hirotga qaytdi. Keyin hamma vazifalardan iste‟fo berib 
chiqib, o„n bir yilcha ilmiy, adabiy tahrir ishlari bilan mashg„ul bo„ldi. Buyuk 
asarlarini yaratdi. “Xamsa”sini yozib tamom etdi. Astrobodga borib turdi. 1488-
yilda Hirotga kelib turdi. Nihoyat, 1501-yil 3-yanvarda vafot etdi. O„zbek muta 
fakkiri, shoiri bizga buyuk qiymatli asarlar qoldirdi.” 
42
Xulosa qilganda, Po„latjon Qayumiyning “Tazkirayi Qayumiy” asarida Alisher 
Navoiyning hayot va ijodiga oid ma‟lumotlar keltirilgan. Yuqoridagi parchadan 
tazkirada Alisher Navoiyning hayotiga keng to„xtalib o„tilganligi seziladi. Ya‟ni 
ulug„ shoir qachon, qayerda tug„ilganligi, kimlardan ta‟lim olganligi, Husayn 
Boyqora bilan do„stligi haqida o„qiymiz. Ijodi haqida so„z ketganda Alisher 
Navoiyning zullisonayn shoir ekanligi va umrining oxirigacha adabiy tahrir bilan 
mashg„ul bo„lganligi alohida ta‟kidlanadi. 
42
“Тазкирайи Қаюмий”/Нашрга тайёрловчи Қаюмов А. –Тошкент: ЎзРФА қўлёзмалар институти таҳририй 
нашриёт бўлими,1998, - Б.5. 


47 
XULOSA 
Tazkira milliy va o„zaro yaqin adabiyotlar tarixini yaratishda, muayyan davr 
adabiy muhitini o„rganishda, alohida adabiy siymolar va asarlarni tadqiq etishda 
adabiyotshunoslikning benazir janri sifatida xizmat qiladi. Ushbu bitiruv 
malakaviy ishida turkiy tazkiralarda keltirilgan Alisher Navoiy haqidagi 
ma‟lumotlarga yuzlanildi. 
Taniqli kishilarning hayoti va faoliyati haqida so„z yurituvchi adabiy tur 
yoki janr bo„lgan tazkira Islom dunyosining eng muhim adabiy faoliyatlaridan 
biridir. Tarix bugungi kunimizgacha yashaganlarning boshidan kechirgan 
hodisalarini va qahramonliklarini hikoya qiladi. O„sha voqealarga aloqador 
bo„lgan, ishtirok etgan kishilar hayoti haqidagi lavhalar, hikoyalar ba‟zan 
voqeaning o„zi qadar muhimdir. Voqealar ro„yobga chiqishiga sabab o„sha 
hodisani tashkil etuvchi insonlar bo„lgani tufayli ular haqidagi hikoyalarni aniqlash 
ham biografiya mavzusidir.
Adabiyot gulzoridagi har bir “gul”ning tabiati haqida moziydan 
kelajakka yo„llangan “maktub” – tazkiralar ma‟lumot beradi. Kitobxon esa 
ijodkorlar to„g„risidagi to„liq ma‟lumotlarni olish uchun tazkiralarga yuzlanadi. 
Shu sababdan tazkiralar adabiy siymolar va ularning asarlarini tadqiq etishda 
adabiyotshunoslikning benazir janri sifatida xizmat qiladi. 
Mashoir ush-shuaro” tazkirasi XVI asrda yaratilgan va unda muallif Oshiq 
Chalabiy tomonidan Navoiy ijodiga keng va atroflicha munosabat bildirgan.Ya‟ni 
tazkirada Subhiy, Shoh Mahammad ul-Qazviniy at-Tabib, Zotiy, Soniy, Marhum 
Hofizi Ajam o„g„li Muhammad Shoh Chalabiydur, Shukriy, Shiriy Sifoliy,Yahyo 
Posho o„g„li Muhammad Posho o„g„li Arslon Posho haqida so„z yuritilganda 
Alisher Navoiy nomi tilga olinadi, muqoyasa qilinadi. 
Muhammad Ali Sodiqbek Sodiqiy Avsharning “Majma‟ ul-xavos” 
tazkirasida Navoiyning tazkirachilik an‟analari yaqqol ifodalangan. “Xavos” so‟zi 
“xos”ning ko‟plik shakli bo‟lib, “kiborlar yig‟ini, to‟planishi” demakdir. Bu 
“nafislar majlis”iga ma‟no jihatdan yaqin. Sodiqiyning Alisher Navoiyga bo„lgan 


48 
chin muhabbati va ixlosmandligi tufayli tazkira o„zbek tilida yozilgan. Sodiqiy o„z 
kitobini Navoiyga taqlidan 8 majma‟(bob)dan iborat qilib tuzgan.
Po„latjon Qayumiyning “Tazkirayi Qayumiy” asarida Alisher Navoiyning 
hayot va ijodiga oid ma‟lumotlar keltirilgan. Yuqoridagi parchadan tazkirada 
Alisher Navoiyning hayotiga keng to„xtalib o„tilganligi seziladi. Ya‟ni ulug„ shoir 
qachon, qayerda tug„ilganligi, kimlardan ta‟lim olganligi, Husayn Boyqora bilan 
do„stligi haqida o„qiymiz. Ijodi haqida so„z ketganda Alisher Navoiyning 
zullisonayn shoir ekanligi va umrining oxirigacha adabiy tahrir bilan mashg„ul 
bo„lganligi alohida ta‟kidlanadi. 
Yosh nasllarga turkiy adabiyot ulug„laridan biri - Alisher Navoiyni 
tanishtirmasdan, tarixiy xotiramizni yangilamasdan-kuchaytirmasdan turib, 
o„tmish-bugun-kelajak orasida ko„prik qurib bo„lmaydi. Holbuki, bugun 
globallashYosh nasllarga turkiy adabiyot ulug„laridan biri - Alisher Navoiyni 
tanishtirmasdan, tarixiy xotiramizni yangilamasdan-kuchaytirmasdan turib, 
o„tmish-bugun-kelajak orasida ko„prik qurib bo„lmaydi. Holbuki, bugun 
globallashgan dunyomizda bunga katta ehtiyoj bor. 


49 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI 
1. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar 
1.1. Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. –Toshkent: 
Ma‟naviyat, 2009. 
1.2. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. –Тошкент: 
Ўзбекистон, 1998. 
2. 
Ilmiy – nazariy adabiyotlar 
2.1. Абдуғафуров А. Буюк бешлик сабоқлари. –Тошкент: Ғафур 
Ғулом номидаги адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1995.
2.2. Болтабоев Ҳ. Мумтоз сўз қадри. –Тошкент: Адолат, 2004. 
2.3. Болтабоев Ҳ. Туркий тазкираларда Алишер Навоий сиймоси/ 
Жаҳон адабиѐти, 2013. №2. 
2.4. Иcхоқов Й. Навоий поэтикаси. –Тошкент: Фан, 1983. 
2.5. Ҳамидова М. Қўлѐзма баѐзлар – адабий манба. –Тошкент: Фан, 
1981. 
2.6. Ҳаққулов И. Занжирбанд шер қошида. – Тошкент: Юлдузча, 
1989. 
2.7. Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият луғати. –Тошкент: Янги аср 
авлоди, 2008. 
2.8. Комилов Н. Маънолар оламига сафар. –Тошкент: Тамаддун, 2012. 
2.9. Комилов Н. Хизр чашмаси. –Тошкент: Маънавият, 2005. 
2.10. Маҳмудов М. Яна Навоийни ўқиб. –Тошкент: Ғафур Ғулом 
номидаги адабиѐт ва санъат нашриѐти, 2011. 
2.11. Мустафо Э. Тазкирадан биографияга. Монография. –Тошкент: 
Мумтоз сўз, 2012.
2.12. Мумтоз адабиѐт манбалари луғати / Тузувчи Раҳмонов В.


50 
–Тошкент: Мумтоз сўз, 2009. 
2.13. Маллаев Н. Ўзбек адабиѐти тарихи. –Тошкент: Ўқитувчи, 1965. 
2.14. Навоийга армуғон / Тўплаб, нашрга тайѐрловчи Муллахўжаева К. 
– Тошкент: Фан, 2004. 
2.15. Олимов С. Навоий – ѐшларга. –Тошкент: Абу матбуот-консалт
2008. 
2.16. Quronov D. va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug„ati. –Toshkent: 
Akademnashr, 2013.
2.17. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. –Toshkent: Abdulla Qodiriy 
nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004. 
2.18. Рустамов А. Сўз хусусида сўз. –Тошкаент: “ЭТРЕМУМ ПРЕСС, 
2010. 
2.19. Сирожиддинов Ш. Алишер Навоий манбаларнинг қиѐсий-
типологик, текстологик таҳлили. –Тошкент: Академнашр, 2011. 
2.20. Улуғов А. Инсон ибратга интилади. –Тошкент: Ўзбекистон, 2007. 
2.21. Юсупова Д. Ўзбек мумтоз адабиѐти тарихи (Алишер Навоий 
даври). –Тошкент: Академнашр, 2013. 
2.22. Vohidov R., Eshonqulov H. O„zbek mumtoz adabiyoti tarixi.
– Toshkent: O„zYU Adabiyot jamg„armasi nashriyoti, 2006. 
2.23. Ғаниева С. Навоийнинг «Мажолису-н-нафоис» асари таъсирида 
ѐзилган тазкира. // Ўзбек тили ва адабиѐти масалалари. –1963. 6-сон. 
2.24. Шайхзода М. Тазкирачилик тарихидан. Асарлар. 4-том.
–Тошкент: 1972.
2.25. Шарқ мумтоз поэтикаси: Манба ва талқинлар / нашрга тайѐрловчи, 
талқин ва шарҳлар муаллифи Ҳ. Болтабоуев. – Тошкент: ЎзМУ, 2006. 
3. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatlari 
3.1. Matkarimova S. Tabibiy – tazkiranavis: filol. fan. nomzodi... dis. 
– Toshkent: 2007. 


51 
3.2. Samandarova S. XX asr o„zbek tazkiralari: filol. fan. nomzodi... dis.
– Toshkent: 1996. 
4. Adabiy manbalar 
4.1. Oshiq Chalabiy “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011. (3 jild) 
4.2. Muhammad Ali Sodiqbek Sodiqiy Afshar (Kitobdor) Majma‟ ul-
xavos. Baku, 2010. 
4.3. “Тазкирайи Қаюмий” / Нашрга тайѐрловчи Қаюмов А. –Тошкент: 
ЎзРФА қўлѐзмалар институти таҳририй нашриѐт бўлими, 1998. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling