13-mavzu: shaxsning ijtimoiy ustanovkalari reja


Download 3.7 Kb.
Sana25.09.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1687877
Bog'liq
13-mavzu shaxsning ijtimoiy ustanovkalari reja-fayllar.org


13-mavzu: shaxsning ijtimoiy ustanovkalari reja

13-MAVZU: SHAXSNING IJTIMOIY USTANOVKALARI

Reja
Ustanovkalarning xulq-atvorga va xulq-atvorning ustanovkaga ta’siri. Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi. Ustanovkalarni o‘zgartirish - Festingerning kognitiv dissonans nazariyasi. Xurofotlar va ularning ildizlari
Mavzumizning birinchi parasida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni hatti-harakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. YUqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag‘lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bo‘lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha «attitud») hodisasi orqali tushuntiriladi.
Ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob’ektlar, hodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik holatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrog‘imiz muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga raxmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shug‘ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hakozo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o‘rnashib qolganligiga e’tibor bermasdan yuqorida sanab o‘tgan hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar bo‘lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ruyobga chiqadi.
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan:
A. Kognitiv komponent - ustanovka ob’ektiga aloqador bilimlar, g‘oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui;
B. Affektiv komponent - ustnovka ob’ektiga nisbatan sub’ekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);
V. Harakat komponenti - sub’ektning ob’ektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo‘lish).

Bu uch xil komponentlar o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo‘lishi mumkin. SHuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib - intizom bilan juda yaxshi tanish bo‘lsalar ham, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg‘unlik yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu bir qarashda so‘z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo‘lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqka zid harakat qilsa, va bu narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‘rganib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. SHuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo‘lmasligiga yoshlarni o‘rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.


http://fayllar.org
Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling