Hammamiz kasalmiz! Asr vabosiga aylanayotgan nomofobiya


Download 25.22 Kb.
bet1/2
Sana10.10.2023
Hajmi25.22 Kb.
#1696683
  1   2
Bog'liq
Akbarjon maqola


Hammamiz kasalmiz! Asr vabosiga aylanayotgan nomofobiya
Havo, suv va ovqat… Bular hayot uchun zarur bo‘lgan elementlar. Tez orada inson yashashi uchun zarur bo‘lgan bu elementlar yoniga telefonlarimizni ham qo‘shsak, ajab emas. Negaki, smartfonlar allaqachon hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurdi. Biror narsa haqida bilmoqchimisiz? Googledan qidiring. Biror narsani hisoblash kerakmi, marhamat, kalkulyator. Biror joyga borish kerak bo‘lsa va u manzilni bilmasak ham qo‘rqishga hojat yo‘q. Axir smartfonimizda butun dunyoni besh qo‘liday biladigan xarita bor-ku! Telegramda do‘stlar bilan suhbatlashish, ijtimoiy tarmoqlarda “suzish”, musiqa tinglash, filmlar tomosha qilish, bolalar uchun ovuntirish vositasi, hattoki uxlaganda ham yostig‘imiz tagida turadi… Telefonda qiladigan ish bo‘lmasa ham shunchaki uning yoniq ekraniga termilib o‘tiramiz. Shunday qilib, o‘rtacha foydalanuvchi o‘z smartfonini kuniga 150 marta ochadi. Bu esa asrning yangi kasalliklaridan biridir, demakki, hammamiz kasalmiz.


Nomofobiya – asr vabosi
 
Bugun ko‘pchilik nomofobiya kasaliga yo‘liqqan. Nomofobiya so‘zi – (Nomophobia – no mobile phone phobia) inglizchadan olingan bo‘lib, o‘z telefonidan uzoqlashishdan qo‘rqish ma’nosini beradi. Fobiya ya’ni qo‘rquv kasalliklarining ommabop turi. Davolash mumkin bo‘lgan xastaliklardan ham xavotirliroq bu yangi kasallik asr vabosi deb tan olingan. Psixologlar nomofobiyani giyohvandlik yoki spirtli ichimliklarga qaramlik bilan teng deb tan olishmoqda. Shuning uchun dunyoning ko‘plab davlatlarida bu kasallikni aniqlash va davolash ustida allaqachon ishlar olib borilmoqda.
 
Bugun dunyo bo‘yicha 7,2 milliarddan ortiq odam o‘z mobil telefoniga ega. Bu dunyo aholisining 91 foizini tashkil qiladi. Gadjetlar shu darajada ommalashdiki, kichik yoshdagi bolalar ham ota-onasining telefonidan cheksiz ravishda foydalanmoqda.
 
Saudiya Arabistoni va Iordaniyada o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, bu ikki davlat aholisining 51 foizidan ortiqrog‘iga telefonga qaramlik tashxisi qo‘yildi. 5191 kishi ishtirok etgan so‘rovnomaning 26 foizi ishtirokchilari telefonsiz qolish qo‘rquvi bilan yashayotganini va bundan davolanish istagini aytgan.
 
Buyuk Britaniyada esa aholining 53 foizi nomofobiyadan aziyat chekadi. Braziliyada bu tadqiqot o‘tkazilganda ishtirokchilarning 68 foizida smartfonlarga qaramlik aniqlangan. Natijalar ayollarga nisbatan erkaklarda mobil telefonlarga bog‘lanib qolish va nomofobiya xavfi yuqoriroq ekanligini isbotlagan.
 
Braziliyada yaqinda olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, oddiy odam o‘yin, ijtimoiy tarmoq va boshqa ilovalarga kuniga o‘rtacha 4 soat vaqt sarflaydi. Bu haftasiga 28 soat degani. Foydalanuvchi kuniga 2617 marta telefonidan foydalanadi. So‘rovnomaga ko‘ra, 18-29 yoshli smartfonlar egalarining 22 foizi o‘z telefonini, soatiga bir necha marta ko‘zdan kechiradi.
Dunyo mamlakatlarini xavotirga solayotgan bu holat haqida O‘zbekistonda hali biror tadqiqot o‘tkazilmadi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2022-yilning yanvar holatida respublikamizdagi har 100 ta uy xo‘jaligiga 308 ta mobil telefon to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Demak bizda ham ahvol u qadar yaxshi emas…
 

Download 25.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling