Hammamiz kasalmiz! Asr vabosiga aylanayotgan nomofobiya
Download 25.22 Kb.
|
1 2
Bog'liqAkbarjon maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yechim qanday
Qaramlik – qurbonlik
Bir vaqtlar gazeta yoki kitobni ko‘p o‘qish ham ko‘zga zararli hisoblangan. Lekin bugungi kun muammolari oldida u hadiklar “pista po‘choq” bo‘lib qoldi. Inson gazeta o‘qiganida uni odatda 40 sm masofada ushlaydi. Kompyuterda ishlaganidan esa 60-70 sm masofa saqlaydi. Telefonda esa bu raqam 20-30 santimetrga tushadi va xavfli tus oladi. So‘nggi 20 yil statistikasi shuni ko‘rsatmoqdaki, Yevropaning aksariyat davlatlari orasida bolalar shabko‘rligi bir yarim barobar ortgan. Odamzod gadjetlar ummoniga borgan sari ko‘proq sho‘ng‘imoqda va buning uchun ko‘zlarini qurbon qilishda davom etmoqda. Tibbiyotda etalon hisoblanuvchi nemis klinikalarining so‘nggi tadqiqotlariga e'tibor bering. Mamlakatdagi 50 mln nafardan ortiq aholi smartfon va gadjetlarga tikilishni odat qilib bo‘lgan. Ayniqsa 14-29 yosh oralig‘idagi yoshlar har kuni (!) kamida 274 minut vaqtini monitorga tikilib o‘tkazmoqda.. Arzimas tuyulishi mumkin, ammo bu bir hafta, oy yoki yilga ko‘paytirilsa, qancha muddatga aylanishini bilish qiyin emas. Bularning hammasi ko‘zga bevosita zo‘riqish beradi. So‘nggi uch yil ichida Germaniyada ko‘zoynak taquvchilar soni 1 mln kishiga oshgan. Qaramlik qurboni nafaqat ko‘zlarimiz, balki miyamiz hamdir. Xitoylik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotda smartfonlarga qaram odamlar miyaning kognitiv funksiyalar, ijodkorlik, aqliy moslashuvchanlik va ma’lumotni idrok etishda ravonlik uchun mas’ul bo‘lgan faol qismlari kamroq ekanini aniqladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, smartfonga qaram bo‘lgan ishtirokchilar ravonlik, moslashuvchanlik va fikrning o‘ziga xosligi bo‘yicha pastroq ball olgan. Yechim qanday? Tan olish kerak, telefonga qaramlik hozirgi kunda ko‘pchilikning muammosi. Lekin ba’zilar buni arzimasdek qabul qiladilar yoki umuman muammo sifatida qaramaydi. Ushbu masala keng qamrovli ekanligini inobatga olgan holda nomofobiyadan qanday qutilish mumkinligi haqidagi savollarga javob topishga harakat qilib, psixolog Dilfuza Sattorova bilan bog‘landik. – Unutmang, muammo borligini anglashingizning o‘zi muammoni bartaraf qilishga qo‘yilgan birinchi qadamdir! Ushbu kasallikdan qutilish uchun esa yotog‘ingizda telefondan foydalanmang. Biz yumshoqqina o‘rnimizda yonboshlab telefondan foydalanishni yaxshi ko‘ramiz. Afsuski, bu holat sog‘lig‘imizga jiddiy zarar yetkazadi. Tadqiqotchilarning aytishicha, uxlashdan oldin telefondan foydalanish nerv sistemasini faollashtiradi va siz uxlasangiz ham miya uyg‘oq holda qoladi. Yotoq o‘rningizda telefondan foydalanmaslik uchun o‘zingizga qat’iy talab qo‘ying. Telefonsiz ham uxlash mumkin. Har safar telefonni qo‘lga olmoqchi bo‘lganingizda o‘zingizga quyidagicha savol bering. “Hozir telefonda nima qilmoqchiman?”, “Bu ish juda ham muhimmi?”, “Shu ishni ertaga qilsam nima bo‘ladi?” kabi. Uyg‘otkich soatlardan foydalaning. Siz uxlaydigan xonada telefon bo‘lishining o‘zi zararli, yoningizda tuni bilan turishini gapirmasa ham bo‘ladi.Ular insonda turli saraton kasalliklarini paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi olimlar tomonidan bir necha yillar oldin isbotlangan. Oila a’zolari va do‘stlar bilan muloqotda telefondan foydalanmang, eslatmalardan voz keching, telefoningizda qatorlashib turgan dastur(apps)larni saralang, barcha faoliyatingizni smartfonga bog‘lab olmang. Tan olish kerakki, qo‘limizdagi telefonlar bir vaqtning o‘zida kitob, jurnal, gazeta, MP3 pleyer, kamera, televizor, kompyuter kabi ko‘plab vazifalarni bajaradi. Telefonga qaramlikni keltirib chiqaruvchi asosiy omil ham shu. Ammo bu telefon hamma vazifani bajarishiga yo‘l qo‘yish kerak degani emas, – deydi psixolog Dilfuza Sattorova. Darhaqiqat, inson o‘zidagi mavjud yomon odatlardan qutilishning eng oson yo‘li – bu ularning o‘rniga yangi foydali odatlarni yo‘lga qo‘yishdir. Shunday ekan avtobusda yoki metroda ketayapsiz yoxud navbatda turibsiz, telefoningizni olishga shoshilmang. Bu qisqa vaqt davomida siz, bir yoki ikki bet kitob o‘qishingiz, chet tilida 4-5 yangi so‘z yodlashingiz, yangi o‘rgangan mavzuni takrorlashingiz, yodlagan qoidalaringizni eslab ko‘rishingiz mumkin. Bu ro‘yxat cheksiz davom etishi mumkin. Muhimi vaqtingizni bir daqiqasini ham besamar o‘tkazmang. O‘ylab ko‘ring, har kuni shu tarzda ozgina bo‘sh vaqtdan ham unumli foydalansangiz, bir oyda qancha natijaga erishasiz? Bir yilda-chi? Download 25.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling