13-mavzu. Shponkali va shlitsli birikmalarning o‘zaro almashinuvchanligi, O‘lchash, nazorat qilish usullari va vositalari reja


Shponkali birikmalarning detallarini o‘lchash va nazorat qilish


Download 1.72 Mb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#203566
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-мавзу

Shponkali birikmalarning detallarini o‘lchash va nazorat qilish

SHponkaning o‘lchamlarini o‘lchash tashqi o‘lchamlarni o‘lchashdan farqlanmaydi va birinchi bobda ko‘rib chiqilgan universal o‘lchash vositalari yordamida amalga oshiriladi.

13.3-rasm. Ishlov beriladigan ikki teshiklari nisbiy xolatini o‘lchash uchun vertikal mikrometr [2].

SHponka ariqto’liqmasrining o‘lchamlarini o‘lchash va nazorat qilish maxsus moslama yoki kalibrlar yordamida bajariladi. Ariqchaning chuqurligi va enini o‘lchash, odatda, universal o‘lchash vositalari yordamida amalga oshiriladi. Kalibrlar yordamida nazorat seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlar sharoitlarida qilinadi. Bunday nazorat vositalari, odatda, korxonalarda o‘zlarining ehtiyojlari uchun tayyorlanadi.

Vtulkaning d + t2 o‘lchami uchun pog‘onali shponkali plastinka yoki tiqin shaklidagi (13.4, a, b-rasm) kalibrlar tayyorlanadi.

Vallarda t1 o‘lchami ko‘pincha yassi kalibrlar (10.4, v, g-rasm) yoki tayoqchali halqalar (13.4, d-rasm) yordamida nazorat qilinadi.

Ariqto’liqmasrning o‘qqa nisbatan simmetrikligini tekshirish juda muhim. Bu maqsadlarda vtulkalar uchun shponkali tiqin shaklidagi, vallar uchun esa tayoqchali qoplama prizma shaklidagi majmuiy kalibrlar qo‘llanadi (13.4,e,j-rasm). Xususan, 13.4,v-rasm dagi kalibr t1 o‘lchami va ariqcha o‘qqa nisbatan joylashishi majmuini nazorat qiladi [2].





13.4-rasm.SHponkali birikmalar elementlarini nazorat qiluvchi kalibrlar:

a,b) (d+t2) o‘lchamlarini v,g,d) t1 o‘lchamini; e,j) ariqcha simmetrikligini nazorat qilish uchun.
Ayrim korxonalar valdagi ariqto’liqmasrning simmetrik joylashishini o‘lchash uchun indikatorli moslamalarni tayyorlashadi [2].

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling