13-mavzu. Shponkali va shlitsli birikmalarning o‘zaro almashinuvchanligi, O‘lchash, nazorat qilish usullari va vositalari reja


Download 1.72 Mb.
bet5/5
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#203566
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-мавзу

O’rta aylana

Vtulka

Val

O’rta aylana

O’rta aylana

Vtulka

Vtulka

Val

Val

Bo’lish aylanasi

Bo’lish aylanasi

Bo’lish aylanasi

13.8-rasm. Evolьvent shlitsli birikmalarni: a) tashqi diametri; b) yon tomonlari; v) ichki diametri bo‘yicha markazlashtirish [2].



13.9-rasm. SMM ustida o‘lchov bloklari orasidagi bo‘shlikni tekshirish;ssalipers uchun o‘lchov nazorat (Mitutoyo Kanada tuxfasi).



13.4.Shlitsli birikmalarning detallarini o‘lchash va nazorat qilish

SHlitsli birikmalar majmuiy o‘tuvchi kalibrlar yordamida nazorat qilinadi (13.9-rasm). Ular yordamida birikmaning elementlari, o‘lchamlari va joylashishi bo‘yicha yig‘iluvchanligi ta’minlanadi.



Birikmaning elementlari o‘tmaydigan kalibrlar yordamida nazorat qilinadi.






13.10-rasm. Ichki va tashki diametrlari o‘lchash usullari

Val va vtulkani bir holatda, kalibrning joyini o‘zgartirmasdan nazorat qilish mumkin. Elementlar bo‘yicha o‘tmaydigan kalibrlar yordamida nazorat kamida uch holatda o‘tkazilishi kerak. Agar bu kalibr birorta holatda o‘tsa, nazorat qilinuvchi detal yaroqsiz hisoblanadi [2].






13.11-rasm.Unversal mikrometir [2].



13.12-rasm To‘g‘ri yonli (a) va evolventli (b) birikmalarni nazorat qilish uchun shlitsli majmuiy kalibrlar.



13.13-rasm. Burchak o‘lchagich [2].

To‘g‘ri yonli shlitsli birikmalarni nazorat qiluvchi kalibrlarning joizliklari GOST 7951-80, evolventali shlitsli birikmalarni nazorat qiluvchi kalibrlarning turlari va joizliklari GOST 24969-81 orqali me’yorlangan.

Mashinasozlikni ko‘pchilik mahsulotlarni aniqligi ularni sifatini muhim belgisi hisoblanadi. Zamonaviy yuqori quvvatli va yuqori tezlikka ega mashinalarni tayyorlashdagi etarli aniqlik ta’minlanmasa ishlay olmaydilar, chunki aniqlikni kamligi mashinalarni bir tekis ishlashiga xalaqit beruvchi va ularni buzilishiga olib keladigan qo‘shimcha dinamik yuklamalar va titrashlarni paydo bo‘lishiga olib keladi.

Detallarni tayyorlash va qismlarni yig‘ish aniqligini oshirish mashinalar va mexanizmlarni ishlash muddatlarini va ekspluatasiya qilishdagi puxtaligini oshiradi, shuning uchun mashinalar va detallar tayyorlashda aniqlikka bo‘lgan talab uzluksiz oshib bormoqda. Agar yaqin vaqtgacha mashinasozlikda millimetrni bir necha yuzli ulushlardagi joizlik doirasida tayyorlangan detallar aniq hisoblansa, hozirgi vaqtda esa ba’zi aniq buyumlar uchun jozligi bir necha mikrometr yoki hatto mikrometrni o‘nli ulushiga teng bo‘lgan detallar talab etilmoqda. SHarikopodshipnik detallarini aniqligi oshganda va uni oraliqi 20mkm dan 10 mkm gacha kamayganda ishlash muddati 740 dan 1200 soatgacha oshadi.

Aniqlikni oshishi buyumlar ishlab chiqarish jarayoni uchun ham muhim ahamiyatga ega. Tayyorlamalarni aniqligini ortishi mexanik ishlov berishdagi mehnat sarfini kamaytiradi, detallarga ishlov berishdagi quyimlar o‘lchamlarni kamaytiradi va metalni iqtisod etishga olib keladi.

Mexanik ishlov berish aniqligini oshirish yig‘ishda qo‘shimcha sozlash ishlarini yo‘qotadi, detal va qismlarni o‘zaroalmashuvchanlik tamoyilini amalga oshirish imkonini beradi [2].



Mashinasozlikda aniqlik muammosini hal etish uchun texnolog quyidagilarni ta’minlashi kerak: konstruktor talab etayotgan detallarni tayyorlash va mashinani yig‘ish aniqligini; bir vaqtda tayyorlashdagi yuqori unumdorlik va tejamkorlikka erishish orqali amaldagi ishlov berish aniqligini o‘lchash va nazorat etish uchun kerakli vositalarni; texnologik operatsiyalararo o‘lchamlar joizliklarini va boshlang‘ich tayyorlamalar o‘lchamlarini o‘rnatish va ularni texnologik jarayon bo‘yicha bajarilishini. Bundan tashqari, o‘rnatilgan texnologik jarayonlarni amaldagi aniqligini tadbiq etish va ishlov berish va yig‘ishda xatoliklarni paydo bo‘lish sabablarini tahlil etishi kerak.

Detalni aniqligi deyilganda chizma talablari yoki namunasiga o‘lchamlari, geometrik shakli, ishlov beriladigan yuzalarni o‘zaro joylashuvini to‘g‘riligi va ularni g‘adir-budurlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mos kelish darajasi tushuniladi [1].
Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling