13-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari Reja
Download 64.51 Kb.
|
13-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar: j
Jahon sivilizatsiyasi. Jahon sivilizatsiyasi deganda Sharq va G’arb sivilizatsiyalari, mintaqaviy va hududiy sivilizatsiyalarning yaxlit, bir butun ijtimoiy tizimi bo’lgan umuminsoniyat, sayyoramizdagi jamiyat tushuniladi. Bu tushuncha, umumiy ma’noda, zaminimizda yashagan barcha odamlarning umumiy makoni bo’lgan yer yuzidagi hayot, tarixning hamma davrlarida mavjud bo’lgan davlat, jamiyat, xalq va millatlarning umrguzaronlik qilishi bilan bog’liqjarayonlar majmuasini o’zida aks ettiradi.
Insoniyat taraqqiyotining bugungi holati zamonaviy sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari bilan uzviy aloqador ekan, Respublikamizning umuminsoniy sivilizatsiya bilan uyg’unlashuvi ham ko’p jihatdan ana shunga bog’liq. Hozirgi paytda insoniyat o’z rivojining yangi bosqichiga ko’tarildi. U o’zida moddiy ishlab chiqarish yutuklarini, insoniyat tomonidan orttirilgan tajribalarni, jahon miqyosida paydo bo’lgan muammolarni oqilona hal etish yo’llari va usullarini mujassamlashtiradi. O’zbek xalqi Sharq sivilizatsiyasi bag’rida kamol topdi. Vatan va onaning muqaddasligi, jamoaviylik, o’zaro yordam, tabiatga oqilona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-toqatlik, kattalarga hurmat, kambag’alparvarlik va b. Sharq sivilizatsiyaga xos belgilardir. O’zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ilm-fan, axloq, din, san’at va madaniyat sohasidagi ulkan yutuqlari bilan munosib hissa qo’shmoqda. Milliy mustaqillik yillarida O’zbekiston o’z milliy qadriyatlari, ma’naviy merosi va boy madaniyatiga tayanib, Sharq va G’arbning umumbashariy qadriyatlari va tajribalarini ijodiy o’zlashtirib, dunyoviy sivilizatsiya yo’lidan bormoqda. Bugungi tahlikali dunyoda insoniyatning eson-omon yashab qolishi va kelajakda baxtiyor bo’lishi jahon sivilizatsiyasining asosiy maqsadi va yo’nalishiga aylanib qoldi. Shu ma’noda, yer yuzidagi har bir mamlakat jahon sivilizatsiyasi deb ataladigan yaxlit tizimning turli tarkiblari bo’lib, ularning o’zaro ta’siri, hamkorligi sivilizatsiyaning takomillashuvi, barqaror yashashiga imkon beradi. To’g’ri, bu tizim tarkibida Amerika, Rossiya, Xitoy, Yaponiya kabi salmoqlyi tarkiblar ham bor. Ular ko’p jihatdan jahon tizimi taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatadi, muayyan jarayonlarning yo’nalishla-rini belgidaydi. Ammo bu tizimda har bir davlatning, kichkina Vatikan yoki Lixtenshteyndan tortib Germaniyatacha, Andorra yoki Monakolan toki Fransiyagacha o’z o’rni, o’ziga xos ta’sir kuchi va doirasi bor. Shu ma’noda, ularning har biri, hududining katta-kichikligi, aholisiningsoni qanchaligidan qat’i nazar, Birlashgan Millatlar Tashkilotida teng ovozga ega. Demak, tarkiblar tizimda muayyan tarzda amal qilgani singari har bir mamlakat jahon sivilizatsiyasiga teng huquqli a’zo va muhim element sifatida kirib borgan. Jahon hamjamiyati o’zida umumiylikni, har bir mustaqil mamlakat esa ayrimlik va o’ziga xoslikni ifodalaydi. Bu holda Osiyo yoki Markaziy Osiyo mamlakatlari xususiylikni aks ettirsa, O’zbekiston alohidalikni ifodalaydi. O’zbekiston mustaqillikka erishganiga ko’p bo’lmaganiga qaramay, jahon hamjamiyatida o’z o’rniga ega. Uning Markaziy Osiyodagi mavqei esa bu mintaqaning asosiy taraqqiyot yo’nalishlarini ko’p jihatdan belgilaydi. Har bir xalq, millat o’zining betakror, noyob xususiyatlarini saklagan holda mustaqil rivojlanadi va jahon hamjamiyatiga qo’shilib boradi. Bunday qo’shilish ko’p qirrali, rang-barang bo’lib, u ijtimoiy, iqtisodiy, siyesiy, ma’naviy, huquqiy, davlatlararo munosabatlarni qamrab oladi. Jahon hamjamiyatiga qo’shilish tabiiy-qonuniyatli jarayon bo’lib, har bir mamlakatning har tomonlama taraqqiy etishi, yer yuzida umumiy xavfsizlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga, tabiiy resurslar, ilm-fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanishga, ekologik muvozanatni ta’minlashga imkon beradi. Mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tgan xalqlarning’ jahon hamjamiyatiga qo’shilishi, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini e’tirof etish, xalqaro xuquq me’yorlariga amal qilish, inson huquklarini himoya etish, demokratiya tamoyillariga amal qilishda yaqqol namoyon bo’ladi. sivilizatsiyaning mohiyatini tushunishda unga mansub bo’lgan madaniyatning rolini anglash muhimdir. Agar ishlab chiqarish kuchlari sivilizatsiyaning moddiy asosini tashkil etsa, madaniyat ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi, uning qiyofasini, o’ziga xos rangini belgilab beradi. Hatto ishlab chiqarish kuchlariga ham o’ziga xos xarakterlilik, ahamiyatlilik beradi. Bu bilan madaniyat ijtimoiy hayotning tashkillashuvini, ya’ni sivilizatsiyaning shakllanishini, mavjud bo’lishi va rivojlanishini belgilab beruvchi o’ziga xos negiz vazifasini o’taydi. Demak, sivilizatsiya madaniyatning konkret namoyon bo’lishini, uning real mavjud hayotini aks ettiradi. Tayanch tushunchalar: jamiyat, jamiyatning tuzilishi, oila, demokratik jamiyat, fuqarolik jamiyati, taraqqiyot, sivilizatsiya, jahon sivilizatsiyasi, madaniyat, qadriyatlar, qadrlash va qadrsizlanish mezonlari Takrorlash uchun savollar 1. Jamiyat deganda nimani tushunasiz? 2. Jamiyatga xos belgilarni sanang. 3. sivilizatsiya nima? 4. Madaniyat nima? 5. “Qadr” va “Qadriyat” tushunchalarining mazmunini qanday izohlaysiz? 6. Qadrsizlanishni qanday tushunasiz? 1Темур тузуклари. Т.: “Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1996. 68-б. Download 64.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling