13-mavzu: Vaqtli qatorlar va ularning tenglamalarini tuzish usullari


Download 465.13 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2023
Hajmi465.13 Kb.
#1638415
  1   2   3   4
Bog'liq
13-amaliy


13-mavzu: Vaqtli qatorlar va ularning tenglamalarini tuzish usullari


Muayyan davrdagi turli ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni ta’riflash va tahlil qilish uchun ushbu jarayonlarni vaqtga ko‘ra (dinamikada) tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va usullar qo‘llaniladi.
Adabiyotlarda dinamika qatori va vaqt qatori tushunchasidan foydalaniladi. “Dinamika qatori” tushunchasi tor ma’noda – omilning o‘sish (pasayish) ten­densiyasiga ega bo‘yicha yo‘naltirilgan o‘zgarishi sifatida talqin etiladi. Vaqt qatori deganda muayyan ten­densiyaga ega bo‘lishi shart bo‘lmagan darajalar qatori, ya’ni qandaydir ko‘rsatkich darajalarining statistik izchilligi tushuniladi. Shunday qilib, «vaqt qatori» – ancha umumiy tushuncha. Bunday qator qandaydir ko‘rsatkich darajalari ketma-ketligining ham dinamik, ham statistik tarkibiy qismini o‘z ichiga oladi. Biroq adabiyotlarda ko‘pincha “dinamika qatoriatamasi qo‘llaniladi.
Dinamika qatori – ketma-ket (solnomaviy tartibda) joylashgan statistik ko‘rsatkichlar qatori bo‘lib, ularning o‘zgarishi o‘rganilayotgan hodisaning muayyan tendensiyasiga ega. Dinamika qatori lag tarkibiy qismini o‘z ichiga oladi.
Vaqt qatori – bu vaqtga ko‘ra ketma-ket joylashgan sonli ko‘rsatkichlar qatori bo‘lib, ular hodisa yoki jarayon holati va o‘zgarishining darajasini tavsiflaydi.
Vaqt qatorining asosiy qismlari bo‘lib vaqt ko‘rsatkichi hamda qator darajasi hisoblanadi. Vaqt ko‘rsatkichiga qarab vaqt qatorlari oniy (muayyan sanada) va oraliq (muayyan davr uchun) turlarga bo‘linadi (1 va 2-jadvallar).

Download 465.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling