13-Mavzu. Xotiraning adreslari, doimiy xotira va uning turlari


Download 413.32 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi413.32 Kb.
#1537238
1   2   3   4
Bog'liq
13-Mavzu

4-rasm. Asosiy xotiraga murojaat qilish jarayoni.
Zamonaviy kompyuterlarda asosiy xotiraga murojaat kilishning ikki xil rejimi mavjud (5-rasm):
1. Real rejim – 1 Mbayt gacha bo‘lgan asosiy xotira uchun, bu rejim kompyuter MS DOS operatsion tizimida ishlagan paytida qo‘llanilagan. Hozirda bu, MS DOS operatsion tizimini emulyasiya qilishda ishlatiladi.
2. Himoyalangan rejim – xotira xajmi 1 Mbaytdan ko‘p bo‘lgan xolda, ya’ni bu kompyuterlar Windows operatsion tizimida ishlay boshlagandan buyon qo‘llanilgan rejim hisoblanadi.
Real rejimda xotiraga murojaat qilish segmentlarga murojaat qilish orqali, himoyalangan rejimda esa, sahifalarga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. Bitta segmentning xajmi – 64 Kbayt, sahifaning xajmi esa – 4 Kbaytga ega bo‘ladi.
5-rasm. Real va himoyalangan rejimlarda asosiy xotiraning tuzilishi
Doimiy xotira qurilmalari.
Bu turdagi saqlash qurilmasi nomidagi «doimiy» so’zi ularning elektr kuchlanishiga bog’liq bo’lmagan holda ma’lumotlarni saqlash qobiliyatini anglatadi. DSQ mikrosxemalari, shuningdek, tashuvchining matritsali prinsipi bo’yicha qurilgan, bu yerda tugunlarda o’tkazgichlar, yarim o’tkazgichli diodlar yoki tranzistorlar ko’rinishidagi ulagichlarda joylashgan, ularning bir uchi adreslar liniyasiga, ikkinchisi esa razriyadlarni o’qish liniyasiga ulangan. Bunday matritsada ulagichning borligi 1 ni, yo’qligi esa 0 ni bildirishi mumkin. DSQ larning ayrim turlarida kondensator ulagich joylashgan element rolini o’ynaydi. Bunday holda kondensatorning zariyadlanganligi 1, zaryadsiz holati 0 ma’nosini anglatadi.
DSQning asosiy ishlash tartibi ma’lumotni o’qishdir, bu TSQdagi o’xshash operatsiyadan tashkiliy jihatdan ham, davomiyligi jihatidan ham unchalik farq qilmaydi. Aynan shu holat doimiy SQ umumiy tan olingan nomi – ROM (Read-Only Memory – faqat o’qish uchun xotira) ni ta’kidlaydi. Shu bilan birga, DSQ ga yozish odatda o’qishdan ko’ra qiyinroq bo’ladi, katta vaqt va kuch sarflanishi bilan bog’liq. DSQ ga ma’lumotlarni kiritish dasturlash yoki “proshivka” deb nomlanadi.
Yarim o’tkazgichli DSQ mikrosxemalari quyidagilarga bo’linadi:
  • ishlab chiqarish jarayonida dasturlashtiriladigan;
  • ishlab chiqarilgandan keyin bir marta dasturlanadigan;
  • ko’p marta dasturlanadigan.

  • Ko’p marta dasturlanadigan DSQ lar paydo bo’lgandan keyin birinchi ikkita guruhning mashhurligi sezilarli darajada pasayib ketdi.
    Shunga qaramay, to’liqlik uchun DSQ texnologiyalari sohasidagi ushbu ikkita guruhni qisqacha qaraymiz.

Ishlab chiqarish jarayonida dasturlashtirilgan DSQ guruhi niqobli qurilma deb nomlanuvchi kabi shakllantiriladi, va aynan ularga DSQ qisqartmasini qo’llanilgan. Ba’zida bunday mikrosxemalar MROM (Mask Programmable ROM — niqob yordamida dasturlangan DSQ) deb nomlanadi.
ROM uchun niqoblarni yaratish juda ko’p nusxada chiqarilgandagina oqlanadi. Agar ushbu ma’lumotlarga nisbatan kamroq mig’doqdagi mikrosmelar kerak bo’lsa, bir martalik dasturlanadigan DSQ oqilona alternativ hisoblanadi. Bunday mikrosxemalar PROM (Programmable ROM — dasturlanadigan DSQ) qisqartmasi bilan belgilanadi. Ularga ma’lumotlar faqat bir marta yozilishi mumkin. Dasturlash jarayonida ulagichni bunday diodlardan birining elektr xalqasi yordamida olib tashlash mumkin edi. Har qanday holatda ham ma’lumotlarni yozish uchun maxsus qurilma – programmator talab etiladi.

Download 413.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling