13-mavzu: Xuroson va Movarounnahr qo‘lyozmalarining paleografik xususiyatlari. O‘rta Osiyoda yaratilgan turkiy qo‘lyozmalar


Download 42.49 Kb.
bet2/7
Sana24.01.2023
Hajmi42.49 Kb.
#1115555
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'ruza-13

Yozuv quroli - Yozuv quroli sifatida qadimda qushlar, asosan g‘oz patidan foydalanganlar. Qalam g‘oz pati bilan zamondosh bo‘lib, ko‘mirdan va XVI asrdan boshlab slanets, grafitdan tayyorlangan. Hozir ham qalam grafitdan tayyorlanadi. Karandash turkiy tildan olingan bo‘lib, “kara” – qora, “tash” – tosh ya’ni, ko‘mirdan tayyorlangani uchun shunday atalgan. G‘oz perosidan insoniyat uzoq davr mobaynida - er. av. VI asrdan to eramizning XIX asrlarida asosan Evropa davlatlarida foydalangan. (U bilan Bibliyaga evangliya yozilgan).
Qamishqalam – Sharqda asosiy yozuv quroli hisoblangan va VII-VIII asrdan XIX asrning oxirigacha asosiy yozuv quroli bo‘lib xizmat qilgan.
Quyuq va qora rangdagi siyoh, agar u yozilgandan keyin yaltirab tursa, eng yaxshi siyoh hisoblangan. Biri yong‘oqdan tayyorlangan siyoh bo‘lib, bunda yozilgan xat vaqt o‘tishi bilan jigarrang tus olgan va u yaltirab turgan. Bu siyohni ichish ham mumkin bo‘lgan.
Muqova - eng qadimgi muqovali kitob Misrda yaratilgan va IX-X asrlarga mansub. Bu muqova Livanda o‘sadigan kedr daraxti yog‘ochidan ishlangan, unga fil suyagidan naqshlar o‘rnatilgan, u Qur’on nushasining muqovasidir.


Xuroson va Movarounnahr qo‘lyozmalarining paleografik xususiyatlari. Qo‘lyozmalarning materiali. Qo‘lyozmaning muqovasi.
Arab tilida bitilgan va bizga yetib kelgan qo‘lyozmalarning barchasi qog‘ozga yozilgan. Qog‘oz tayyorlanadigan O‘rta Osiyodagi asosiy joy VIII asrdan boshlab, Samarqand hisoblangan. Keyinchalik qog‘oz ishlab chiqarish Buxorada ham yo‘lga qo‘yilgan. O‘rta Osiyoda mustaqil xonliklar vujudga kelgach, Qo‘qonda ham qog‘oz ishlab chiqarish vujudga kelgan. Bu ish bilan Qo‘qonning Chorsu va Qog‘ozgar deb atalgan daxalarida shug‘ullanishgan. Bu shaharlarda qog‘oz asosan qo‘lda ishlangan va bunda suv tegirmonlaridan foydalanilgan. Qog‘oz ishlash uchun qurilgan tegirmonlar Xirotda va O‘rta Osiyoning yana boshqa shaharlarida ham qurilgan.
Qo‘lyozmalar turli navdagi qog‘ozlarga yozilgan. Bu navlar ichida eng ko‘p tarqalgani «qog‘ozi nimkatoniy» deb atalgan qog‘oz navidir. Qog‘oz asosan kanop tolasidan ishlangan. Qo‘lyozma yozish uchun tanlangan qog‘oz avval har xil ranglarga bo‘yalgan. Qog‘ozni bo‘yashning texnologiyasi va rang tayyorlashning retsepti ancha murakkab bo‘lgan. Shuning uchun rangli qog‘ozlar ko‘p xollarda badiiy bezaklarga boy san’at qo‘lyozmalari uchun ishlatilgan. Oddiy qo‘lyozmalar esa, kulrang tusdagi qog‘ozga nimkatoniyga yozilgan. Bu qog‘ozlar milliy sharoitda ishlab chiqarilgan qog‘ozlar edi. Yevropada ishlab chiqalirgan qog‘ozga yozilgan O‘rta Osiyo qo‘lyozmalari ham yo‘q emas. Lekin ular birinchidan ko‘p emas, ikkinchidan ular XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi qo‘lyozmalardir.
Qo‘lyozmalar qamishqalamda yozilgan. Qamishqalam tayyorlash ma’lum tajriba va malaka talab qilgan. Qalam tayyorlash uchun tanlab olingan qamish urib olinganidan keyin u to‘q jigarrang tusga kirgunicha suvga tashlab qo‘yilgan. Ma’lum muddatdan keyin suvdan olingan qamish qayta ishlovdan o‘tkazilgan va uning bo‘g‘imlari bor joydan qalamtaroshda qirqilgan. Uning bir tomoni qiya qilib kesilgan va uchi o‘tkirlangan hamda qorni yorilgan. Qamishni qirqib, qalam shakliga keltirish uchun qamish tagiga maxsus suyakdan ishlangan taglikdan foydalanishgan va u «naykat» yoki «qalamkat» deb atalgan. Bezakli san’at qo‘lyozmalarini yozish uchun qamishning uchini to‘g‘ri chiqarish katta ahamiyat kasb etgan. Qamishqalam uchi chiqarilib, tayyor bo‘lganidan keyin uni yerga ishqashgan. Bu bilan qamish tarkibidagi yog‘ni ketkizishgan va yozib ko‘rishgan. Agar qalam bilan yozilgan nuqta qog‘ozda tarqalib ketmay, rombik xolini saqlab tursa, demak u yozish uchun tayyor hisoblangan.
O‘rta Osiyo va Xurosondagi xattotlar odatda qo‘lyozma uchun tush yoki siyox ishlatishgan. Tushni kuya va olchaning suvi aralashmasidan tayyorlashgan. Siyoh esa, achchiqtosh va mozi (chernilno‘y oreshek) eritmasidan tayyorlangan. Uzoq vaqt o‘chmay saqlanib turadigan maxsus qora va rangli siyoxlarning retsepti ancha murakkab bo‘lgan va turli moddalarni o‘z ichiga olgan. Masalan, suyuq qog‘oz yelim-sirach, mozi, kuydirilgan qorazak (kuporos), suyuq xina, suyuq o‘sma, sachratki ildizidan olingan suyuqlik va boshqalar. Mutaxassislarning aytishlaricha, bunday siyoxlar yaqin-yaqinlargacha ham hech o‘zgarishsiz tayyorlab kelingan. Xatto Buxoroda shunday siyox tayyorlaydigan ustalar bo‘lganki, ular siyoh tayyorlash texnologiyasi va tarkibini sir saqlashni va u faqat ulargagina ma’lum bo‘lgan. Badiiy san’at asarlari hisoblanadigan qo‘lyozmalar uchun tayyorlangan siyohga hushbo‘y moddalar, masalan, atirgul moyi, mushk-anbar ham qushilgan. Bunday qo‘lyozmalarni o‘qilganda undan yengil hushbo‘y hid kelib turgan.

Download 42.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling