13-Mavzu: XVI-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda fanning ahvoli
Ahmad Donish Maxdum ibn Nosir
Download 92.77 Kb.
|
IX XI asrda Sharq olimlarining dunyo ilmiy taraqqiyotiga qo‘shgan
Ahmad Donish Maxdum ibn Nosir (taxallusi Ahmad Kalla; 1827 – Buxoro – 1897) – yozuvchi, rassom, tarixchi, xattot, olim, maʼrifatparvar.
19-asrda Buxoro taraqqiyparvar muhitining yuzaga kelishida muhim oʻrin tutgan. Tojik tilida ijod qilgan. Asli Sug'ut qishlog'idan bo'lgan. Mudarris oilasida tugʻilgan. Ahmad Donish boshlangʻich savodni onasidan olgan, soʻng maktabda, madrasada tahsil koʻrgan. Adabiyot, tarix, falsafa, tibbiyot, mat., astronomiya ilmini mustaqil oʻrgangan. Xattotlik, rassomlik va naqqoshlikni yaxshi bilgan, munajjimlikdan yaxshi xabardorligi bilan Nasrumaxon nazariga tushgan. 1857, 1869, 1873-yillarda Buxoro amiri elchilarining mirzasi boʻlib, Rossiya (Peterburg) ga borgan. Safar taassurotlari asosida "Navodir ul-vaqoyeʼ" ("Nodir voqealar") va "Tarjimai ahvoli amironi Buxoro" ("Buxoro amirlarining tarjimai hollari") kabi asarlar yozgan. Ularda amirlik tuzumini isloh qilish masalasini koʻgargan. Ahmad Donish amir Muzaffar taklifi bilan "Manozir ul-kavokib" ("Sayyoralarning joylashishlari") nomli astronomiya (ilmi nujum)ga oid kitob yozgan (1865). 1870 – 73 yillarda islohot haqida "Risolai dar nazmi tamaddun va taovun" ("Madaniyat va jamiyat tartibi haqida risola") asarini yaratgan. Biroqundagi fikrlar amirga yoqmagan va uni saroydan uzoqlashtirgan (1874). Ahmad Donish maʼlum muddat Buxoro tumanlarida qozi lavozimida ishlagan. Amir Muzaffar vafotidan soʻng Buxoroga qaytgan, madrasalardan birida mudarrislik qilgan. Ahmad Donish "Nodir voqealar" asarida fan, texnika yangiliklari, tabiat hodisalari, geogr., insonning uzoq umr koʻrishi, koinotning kelib chiqishi, Oy va Quyosh tutilishi, zilzila haqida fikr yuritgan, Yevropa ilm-fanini oʻrganishga daʼvat etgan. "Risolai tarixiy" nomi bilan mashhur boʻlgan "Taʼrixi saltanati xonadoni mangʻitiya" asarida mangʻitlar sulolasining 100 yillik hukmronligi taxlil va tadqiq qilingan. Ahmad Donish chizgan ayrim rasmlar saqlangan. "Maktab" nomli miniatyurasida xotinqizlarni oʻqitish gʻoyasi ilgari surilgan. 15-asr miniatyura sanʼati uslubida chizilgan "Shoir va darvish" miniatyurasi, "Majnun sahroda" nomli 2 miniatyurasi, bangining hajviy rasmi, oʻzi koʻchirgan va bezagan Bedil asarlari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. № 373) va Oʻzbekiston davlat sanʼat muzey ida saqlanadi. Toshkentdagi koʻchalardan biriga Ahmad Donish nomi berilgan. 11Остроумов Н.П. К истории народного образования в Туркестанском крае. К.Н.Фон Кауфман устроитель Туркестанского края. /Личные воспоминания Н.П. Остроумова (1877-1881 гг.). – Т., 1899. С. 32. 11 Дукчи Эшон. Пандлар. – Т.: Нур, 1993. Б. 75. 1 11 Остроумов Н.П. Несколько слов об образовании туземцев Сыр-Дарьинской области в русских школах 1878 году. Туркестанские Вести. ТВг., 1879. 30. 22 Туркестанский литературный сборник в пользу прокаженных. Н.П.Остроумов. Рассказ о покойном Н.К.Фон Кауфмане, Download 92.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling