O`zbekistondagi Katta Quyosh Pechining ekspluatatsion parametrlarini qisman quyosh tutilishi vaqtida o`rganish


Download 225.41 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi225.41 Kb.
#217272
Bog'liq
quyosh tutilishi vaqtida KQP ekspluatatsion parametrlari


O`zbekistondagi Katta Quyosh Pechining ekspluatatsion parametrlarini qisman quyosh tutilishi vaqtida o`rganish
Quyosh tutilishining quyosh energetik tizimlariga ta’siri, xuddi uning fotoelementlar va quyosh pechlariga bo`lgan ta’siri kabi muhim ahamiyatga ega bo`lib bormoqda. Chunki ba’zi qurilmalar uzluksiz rejimda ishlashi zarur, ularning ishi to`xtab qolishi ishlab chiqarish va iqtisodiyotga ma’lum miqdorda zarar keltirishi mumkin. Shu sababli bir qancha tadqiqotchi olimlar to`la quyosh tutilishi bilan birga quyoshning qisman tutilish holatlarining sistema ishlab chiqarish qobiliyatiga ta’sirini o`rganishni boshladilar.

  1. yil boshlarida O`zbekistonda Tyan-Shan tog` tizmasi etagida quvvati 1 MW ga teng bo`lgan Katta Quyosh Pechi ishga tushirilgan.

  1. yil 26-dekabrdagi maksimal fazasini Arab yarimoroli, Hindiston, janubii-sharqiy Osiyoda, shuningdek, O`zbekistonda kuzatish mumkin bo`lgan, 132-sarosdagi halqasimon quyosh tutilishi ro`y berdi.



  1. rasm. Quyosh tutilishi vaqtida quyosh diskining o`zgarishi: a) boshlanish (9:05); b) o`rtasi (9:22); v) oxiri (9:54).




  1. yil 26-dekabrdagi quyosh tutilishi vaqtida KQP ekspluatatsion parametrlarini o`rganish uchun 33ta geliostat avtomatik boshqaruv rejimiga o`tkazildi. Ular quyosh datchiklari orqali Quyosh harakatiga moslasha olar edi [2]. 1-rasmda KQP fokal zonasida quyosh tutilishining turli fazalariga mos kelgan nurlanish oqimi zichligining taqsimoti ko`rsatilgan. Parkentda quyosh diski maksimal qorong`i sohasining yuzasi 33% ni tashkil etdi.




  1. rasm. Quyosh tutilishi vaqtida kelayotgan to`g`ridan to`g`ri nurlanish oqimi zichligining o`zgarishi


Ushbu tadqiqot natijalaridan ko`rish mumkinki, agar geliostat quyosh trayektoriyasiga avtomatik ergashish rejimiga o`tkazilgan bo`lsa, quyosh tutilish vaqtida dog` markazining KQP fokal nuqtasidan siljishi deyarli sezilmaydigan darajada bo`lar ekan. Shunday qilib, KQP va shu tipdagi quyosh pechlari qisman quyosh tutilishi vaqtida, ayniqsa, peshingacha va peshindan keyin, effektiv tarzda ishlay olar ekan.
Download 225.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling